30. IMKga raislik qilayotgan shaxs fikrlar xilma-xilligini inobatga olgan
holda qo‘lyozma yoki masala muhokamasining faollik,
oshkoralik ruhida tashkil
etilishi hamda adolat, haqqoniylik mezonlariga qat’iy amal qilishi shart.
31. IMK raisi yig‘ilish kun tartibi, reglamentini aniqlaydi va tasdiqlatib
oladi. Rais yig‘ilish jarayonida adolatsizlik, o‘zboshimchalik, noo‘rin, axloq-odob
doirasidan chiqish kabi salbiy xatti-haralcatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik
choralarini ko‘radi. Muhokama jarayonida u yoki bu
masalalar yuzasidan bahs-
munozarali fikr-mulohazalar bayon etilgan taqdirda, mazkur muammolarni ijobiy
hal etish, muallif yoki e’tiroz bildirgan shaxslami murosaga keltirish yo‘lidan
borishi, bunda o‘z xulosalarini ilmiy va metodik jihatdan chuqur asoslab berishi
lozim.
32. IMK raisi yig‘ilish ish rejasini, ularda ko‘riladigan
masalalarni
tayyorlashga hamda qarorlar ijrosini ta’minlashga mas’uldir.
VII. ILMIY-METODIK KENGASH MAS’UL KOTIBI
33. Markaz bo‘limlarida shu soha bo‘yicha ishlayotgan metodistlar
IMKning o‘quv fanlari va fan yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul kotibi etib tayinlanadi.
34. Kotib IMK ishini asosiy ish faoliyatining tarkibiy qismi sifatida olib
boradi.
35. Yig‘ilishlarda ko‘rib chiqish uchun zaruriy materiallami tayyorlaydi.
IMK qarorlari, rais topshiriqlarining bajarilishini ta’minlaydi, a’zolarga kengash
haqida xabar beradi va ular
ishtirokini nazorat qiladi, hujjatlarni rasmiylashtiradi,
ularning talablar darajasida saqlanishi uchun javob beradi. Bayonnomada kun
tartibidagi masalalar mavzuni aniq ifoda etilishi, birdan ortiq masalalar muhokama
etilgan taqdirda ularning har biri
alohida raqamlanishi, mazmuni chuqur yoritilishi
hamda har biri uchun alohida qaror qabul qilinishi zarur.
36. Daftardagi yozuvlar lotin alifbosida va 0 ‘zbekiston Respublikasining
“Davlat tili haqida”gi va “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish
to‘g‘risida”gi qonunlariga, “0 ‘zbelc tilining imlo qoidalari”ga qat’iy
rioya etilgan
holda savodli, mazmunli, tushunarli va ravon uslubda yozilishi shart.
37. Bayonnomalar mazmunan to‘rtta qismdan iborat bo‘ladi:
“I. Qatnashdilar:”, “II. Kun tartibi:”, “III. Eshitildi:”, “IV. IMK qaror qiladi:”
Bayonnomalar daftaridagi sahifalar raqamlanadi va shnurlanadi, Markaz devonxona
muhri bilan tasdiqlanadi. Yozuvlarni o‘zboshimchalik bilan o ‘zgartirish,
qo‘shimcha yozuvlarni kiritish, iflos qilish, qo‘shimcha sahifalarni yopishtirish yoki
daftar betlarini yirtib olish qat’iyan man etiladi.
38. Yig‘ilish bayonnomasi IMK raisi va kotibi tomonidan imzolanishi va bir
hafta muddatda rasmiylashtirilishi talab etiladi. Bayonnoma ko‘chirmalari IMK
kotibi tomonidan tayyorlanadi.
39. IMK kotibi bayonnoma daftarining avaylab saqlanishi, undagi
yozuvlarning to ‘g‘riligi, qisqacha tayyorlangan lco‘chirmalarning asliga mosligi
uchun j avobgardir.
40. Kengash kotibi ta’lim muassasalari uchun
yaratiladigan darslikni
davriyligi asosida nashrga tayyorlash ishlarini monitoringini olib boradi va sifatli
nashrga tayyorlashni nazorat qiladi, o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, fanini
rivojlantirishga taalluqli ilmiy-metodik ishlarni belgilangan tartibda ishlab chiqilgan
va tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy
hujjatlami, IMKda yuklatilgan vazifalar
yuzasidan bajarilgan ishlaming natijalari bo‘yicha ma’lumotlar va tahliliy
materiallarni tayyorlaydi
41. IMK kotibi o‘z vazifasini bajara olmagan yoki boshqa ishga o‘tgan
taqdirda unga yuklatilgan vazifani Markaz rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan mazkur
yo‘nalishdagi bo‘lim xodimlaridan biri vaqtinchalik amalga oshiradi. IMKning
navbatdagi yig‘ilishida IMK kotibi vazifasiga yangi xodim tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: