Respublika ta’lim markazi ilmiy kengashi to‘G‘risida nizom I. Umumiy qoidalar



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/34
Sana14.07.2022
Hajmi1,01 Mb.
#798122
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Bog'liq
2 5269330796610591836

VI. ILMIY-METODIK KENGASH RAISI
28. IMK raisi fan doktori yoki fan nomzodi ilmiy darajasiga 3ga bo‘lgan, 
o‘zining ilmiy pedagogik va metodik ishlari bilan Respublikada tanilgan, biroq 
amaldagi darsliklarning muallifi boimagan IMK a’zolari orasidan tayinlanadi.
29. Kengash raisi IMKga rahbarlik qiladi.


30. IMKga raislik qilayotgan shaxs fikrlar xilma-xilligini inobatga olgan 
holda qo‘lyozma yoki masala muhokamasining faollik, oshkoralik ruhida tashkil 
etilishi hamda adolat, haqqoniylik mezonlariga qat’iy amal qilishi shart.
31. IMK raisi yig‘ilish kun tartibi, reglamentini aniqlaydi va tasdiqlatib 
oladi. Rais yig‘ilish jarayonida adolatsizlik, o‘zboshimchalik, noo‘rin, axloq-odob 
doirasidan chiqish kabi salbiy xatti-haralcatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik 
choralarini ko‘radi. Muhokama jarayonida u yoki bu masalalar yuzasidan bahs- 
munozarali fikr-mulohazalar bayon etilgan taqdirda, mazkur muammolarni ijobiy 
hal etish, muallif yoki e’tiroz bildirgan shaxslami murosaga keltirish yo‘lidan 
borishi, bunda o‘z xulosalarini ilmiy va metodik jihatdan chuqur asoslab berishi 
lozim.
32. IMK raisi yig‘ilish ish rejasini, ularda ko‘riladigan masalalarni 
tayyorlashga hamda qarorlar ijrosini ta’minlashga mas’uldir.
VII. ILMIY-METODIK KENGASH MAS’UL KOTIBI
33. Markaz bo‘limlarida shu soha bo‘yicha ishlayotgan metodistlar 
IMKning o‘quv fanlari va fan yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul kotibi etib tayinlanadi.
34. Kotib IMK ishini asosiy ish faoliyatining tarkibiy qismi sifatida olib
boradi.
35. Yig‘ilishlarda ko‘rib chiqish uchun zaruriy materiallami tayyorlaydi. 
IMK qarorlari, rais topshiriqlarining bajarilishini ta’minlaydi, a’zolarga kengash 
haqida xabar beradi va ular ishtirokini nazorat qiladi, hujjatlarni rasmiylashtiradi, 
ularning talablar darajasida saqlanishi uchun javob beradi. Bayonnomada kun 
tartibidagi masalalar mavzuni aniq ifoda etilishi, birdan ortiq masalalar muhokama 
etilgan taqdirda ularning har biri alohida raqamlanishi, mazmuni chuqur yoritilishi 
hamda har biri uchun alohida qaror qabul qilinishi zarur.
36. Daftardagi yozuvlar lotin alifbosida va 0 ‘zbekiston Respublikasining 
“Davlat tili haqida”gi va “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish 
to‘g‘risida”gi qonunlariga, “0 ‘zbelc tilining imlo qoidalari”ga qat’iy rioya etilgan 
holda savodli, mazmunli, tushunarli va ravon uslubda yozilishi shart.
37. Bayonnomalar mazmunan to‘rtta qismdan iborat bo‘ladi:
“I. Qatnashdilar:”, “II. Kun tartibi:”, “III. Eshitildi:”, “IV. IMK qaror qiladi:” 
Bayonnomalar daftaridagi sahifalar raqamlanadi va shnurlanadi, Markaz devonxona 
muhri bilan tasdiqlanadi. Yozuvlarni o‘zboshimchalik bilan o ‘zgartirish, 
qo‘shimcha yozuvlarni kiritish, iflos qilish, qo‘shimcha sahifalarni yopishtirish yoki 
daftar betlarini yirtib olish qat’iyan man etiladi.
38. Yig‘ilish bayonnomasi IMK raisi va kotibi tomonidan imzolanishi va bir 
hafta muddatda rasmiylashtirilishi talab etiladi. Bayonnoma ko‘chirmalari IMK 
kotibi tomonidan tayyorlanadi.


39. IMK kotibi bayonnoma daftarining avaylab saqlanishi, undagi 
yozuvlarning to ‘g‘riligi, qisqacha tayyorlangan lco‘chirmalarning asliga mosligi 
uchun j avobgardir.
40. Kengash kotibi ta’lim muassasalari uchun yaratiladigan darslikni 
davriyligi asosida nashrga tayyorlash ishlarini monitoringini olib boradi va sifatli 
nashrga tayyorlashni nazorat qiladi, o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, fanini 
rivojlantirishga taalluqli ilmiy-metodik ishlarni belgilangan tartibda ishlab chiqilgan 
va tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlami, IMKda yuklatilgan vazifalar 
yuzasidan bajarilgan ishlaming natijalari bo‘yicha ma’lumotlar va tahliliy 
materiallarni tayyorlaydi
41. IMK kotibi o‘z vazifasini bajara olmagan yoki boshqa ishga o‘tgan 
taqdirda unga yuklatilgan vazifani Markaz rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan mazkur 
yo‘nalishdagi bo‘lim xodimlaridan biri vaqtinchalik amalga oshiradi. IMKning 
navbatdagi yig‘ilishida IMK kotibi vazifasiga yangi xodim tasdiqlanadi.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish