Ommaviy tadbirlarni tashkil qilish
Jumladan, “Botanika” o’quv fani DTSda o’quvchilar tomonidan:
O’simliklarda boradigan hayotiy jarayonlarni aniqlash maqsadida
kuzatishlar o’tkazish, oddiy tajribalar qo’yish;
O’simliklarni parvarish qilish:
Qalamcha tayyorlash va qalamchadan ko’paytirish, payvandlash;
Tabiatda o’zini tutish qoidalariga rioya qilish;
Darslikdagi matn va rasmlar bilan ishlash;
Darslik mundarijasi yordamida mo’ljal olishni bilish, matn va rasmlar
bilan ishlay olish, mavzuning asosiy mazmunini farqlay olish, savollarga
javob berish, biologik atamalar lug’ati bilan ishlay olish ko’nikmasiga ega
bo’lishi qayd etilgan.
Mazkur ko’nikmalarni tarkib toptirishda darsdan tashqari ishlar muhim
rol o’ynaydi. Shu sababli, yuqoridagi ko’nikmalarni o’quvchilarda tarkib
toptirish uchun o’qituvchi uy vazifasi va darsdan tashqari ishlarni
maqsadga muvofiq tashkil etishi lozim.
Uy vazifalari darslik bilan ishlash, qo’shimcha adabiyotlarni o’qish,
mavzuga oid rasmlarni chizish, tabiiy obyektlar ustida kuzatish o’tkazish
va oddiy tajribalar qo’yish bilan ifodalanadi.
Darslik bo’yicha uy vazifalari o’quvchilarning dars mavzusi bilan bog’liq
bo’lgan o’qituvchining amaliy va darslik bo’yicha topshirig’ini uyda
mustaqil bajarishlarini tashkil etish shaklidir.
Ommaviy kechalarda maktabning ko’pchilik o’quvchilari bir necha sinf
yoki butun maktab jalb etilishi mumkin.
Odatda maktabda turli tadbirlar: qishlovchi qushlarni boqish, yovvoyi
o’simliklarni urug’lari va mevalarini terib saqlashga bag’ishlangan
kechalar o’tkazilishi mumkin. Bunday kechalarda maktabning ko’pchilik
o’quvchilari bir necha sinf yoki butun maktab jalb etilishi mumkin.
Bu esa sinfdan tashqari ishning ommaviy formasiga kiradi. Bu ish
biologiya o’qituvchisi, yosh tabiatshunos to’garagining azolarini faollari
ishtirokida, maktab ma’muriyati ishtirokida olib boriladi.
Endi biologiya bo’yicha yuqorida sanab o’tilgan ommaviy sinfdan
tashqari mashg’ulotlarning ayrim turlari xaqida fikr yuritamiz.
Mavzuiy biologik kechalar biologiya, meditsina va qishloq xo’jaligi
fanlarining turli soxalari xamda ularda erishilgan ulkan muvoffaqqiyatlar,
kashfiyotlar, atoqli biolog olimlarning xayoti va ilmiy faoliyatini
yoritishga bag’ishlanadi.
Biologik kechalar ta’lim va tarbiya jixatidan g’oyat kata amiyatga ega.
Biologik kechalarda o’quvchilarga har xil tirik mavjudotlar (o’simlik,
xayvon va mikroorganizmlar) xayotiga oid, meditsina va qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishi xamda tabiatni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan juda ko’p
qiziqarli ma’lumotlarni bayon qilish mumkin bo’ladi, shu orqali ularning
organik olam va hayot to’g’risidagi bilim doiralarini kengaytirish, fanni
o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish imkoniyati
tug’iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |