Savol va topshiriqlar
1. Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida bilgan ma’lumotlaringizni adabi-
yotshunos olim 0 ‘tkir Rashid esdaliklari bilan boyitib, sinfdoshlaringizga
hikoya qilib bering.
2. Sho‘ro hukumati tomonidan Usmon Nosiming hibsga olinib, Sibirga
surgun qilinishining asosiy sababi nimada, deb o‘ylaysiz?
3. Shoir necha yil ijod qilishga ulgurdi? Shu yillar ichida qanday asarlar
yozdi?
4. «Yurak» she’ri bilan shoiming shaxsi, ijodiy uslubi o‘rtasida qanday
bog‘liqlik bor, deb hisoblaysiz?
5. Shoir Yurakka murojaat etib,
«Sen ey, sen — о ‘ynoqi dilbar, Zafardan
izla yoringni», —
deydi. Shu misralarga jo bo‘lgan m a’noni, lirik qahramon
istagini sharhlashga harakat qiling-chi.
6. She’r lirik qahramoni Yuragiga qarata
«Tilimni nayga j o ‘r etding»
demoqda. Nega shoir tili aynan nayga jo ‘r bo‘ladi? Mulohaza qilib ko‘ring.
7. Shoirdan, uning ilhomi va ijodidan Vatan rozi bo‘lishi uchun bu
ilhom va ijoddan nimalar talab qilinadi, deb o‘ylaysiz? Usmon Nosir bu
talablarga javob bera oldimi?
8. «Yurak» she’rini yod oling va sinfda ifodah o‘qib bering.
NIL
VA
RIM
(Tarix kitobidan)
I
Lampam yonur... Yaralangan qanotday og'ir
0 ‘y bosadi. Yuragimda go'yo sel yog'ir.
Qiynalaman. Tirishaman. Hushim parishon
0 ‘tmish, hozir va kelajak ko‘rinur har on.
Tirishaman, butun kuchim ko'zimga kelar,
Chirog‘imga parvonadek urinar yillar —
To‘rt atrofim to‘lib ketar kuygan qanotga...
Xayolimda: katta sahro, men minib otga —
Shamoldan tez, bulutlardan yengil chopaman;
Kuyib tushgan har qanotdan bir jon topaman.
Termilaman o‘lik ko‘zga (nega qo'rqayin?).
Barchasidan o‘yib olib ko'zining oyin —
Termilaman: qichqiradi yillar, odamlar,
Eshitilar menga ular bosgan qadamlar...
II
Sariq qumlar orasidan qon rangli quyosh —
Ko‘tarilar. Nil oqadir — qullar to'kkan yosh.
Faryodlarga chidolmaydi yer bilan osmon,
Ro qayerda? Azirisa? Qiynaydi Tifon!
Kimga yig'lab, kimdan madad kutsin bemor qul?
Erki qulfdir, hayoti qulf, bor xudolar qulf!
Kosasida suv yo‘q, qumq xaltasi: non yo‘q!
Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo‘q.
Ko‘zida ko‘z yo‘q, belida bel yo‘q, hayhot!
Fir’avn- uni chumoliday ezadi: voy dodL
Fir’avnning hukmi qattiq, fir’avn — xo'jayin,
Xudolarga u manzurdir, hayoti tayin.
Neki qilsa, o‘zi bilur, o‘zi hukmron,
Misr bo'ylab Nil oqadur — «qullar to'kkan qon!»
I II
To Minisdan Ramzesgacha, Ramzesdan nari
«Malika qiz» — Kleopatra hukmron davri.
Undan tortib... yana uzoq, yana ko‘p yillar
Xarsang bilan yotqizilgan necha ming yo'llar.
Ro, Azirisa, Tifon —
qadimgi misrliklar tushunchasidagi xudolar nomi.
'
F ir’avn —
qadimgi Misr davlatini boshqargan hukmdor.
J
Minis, Ramzes, Kleopatra —
quldorlik davri Misr hukmdorlari.
Ko'zyoshidan, dil toshidan qurilgan haykal
Mag'rnr turar, mag‘mr boqar; hech biron mahal
Na odamdan, na zamondan qo'rqmas asti u.
G ‘azabini yutib o‘lgan qullar dasti bu!
Qullar... (Menman u qullarning o‘lmas avlodi,
Mana menman, u qullarning hech so'nmas yodi,
Mana menman, falaklarga lov-lov o‘t qo‘yib,
Otalarimning boshidan poydevor uyib,
Ozodligim obidasin qurgan insonman!
0 ‘sha jonman, o‘sha qonman va o'sha shonman!)
IV
Otim uchar (xayolimda) oldinga doim,
Awal bahor osmonidek yig‘lar gado Rim.
Emchagida bir tomizim suti yo‘q ona
Go'dagini tosh ostiga bostirdi, ana!
0 ‘lim yaxshi, odam agar shunday xor bo‘Isa!
Bir parcha non nima o‘zi! Shunga zor bo‘Isa!
Nahot, chaqmoq yondirmaydi butun ochunni‘.r
Kul gardiday umr — tog‘day kulfat uchunmi?
Javob bergin menga, zakki qadimgi Homer ,
Ko‘zyoshi-yu qonga rostdan taslmami bu — yer?
Qo‘y, yaxshi chol! Ko‘nglim to ‘ldi, gaplashamiz so‘ng,
Bu nimasi? Eshitasanmi, og‘ir, hazin mung?
Hamon yig‘lar yalang‘och Rim, hamon dil ezar,
Hamon tilla qadahda qon ichar Sezar!
V
Rim ustida shamsiyadek tumanli osmon,
Katta sirkka sig‘ishmasdan qaynar olomon:
«Odam bilan hayvon o‘yin ko‘rsatar emish...»
(Bunday qiliq bizning uchun qandayin erish!..)
Tishlarini iijaytirib bo‘kirgan yo‘lbars
To‘rt tarafga tashlanadi, talpinib lars-lars.
Och ko‘zlari qonga to‘lgan, sakrab o‘ynaydi...
O, bechora, qoch! U seni tirik qo‘ymaydi!
Ana! Ana, tirnog‘ini nishlab kelar u,
Changal soldi! Xalq o‘rnidan birdan turdi duv...
Chapak chaldi. «Ey, ahmoq Rim, sevinma qonga!
Bundan boshqa xo‘rlik bormi, axir, insonga?» —
1 Avval bahor osmonidek... —
erta bahor osmonidek.
2
Ochun —
dunyo, olam.
Homer —
qadimgi yunon shoiri, ko‘zi tug‘ma ojiz bo‘lgan.
Sezar —
Rim imperiyasini boshqargan hukmdor.
210
Dedi, parcha-parcha bo'lgan gladiator.
Rim — o'yindan o‘lim kiitgan jinni teatr!
VI
Issiq izlar... hamon u isyondan is bordek,
Bulutlarning orasinda yiirar Spartak .
Osmon — qalqon, kamon yoyi — chaqmoq, yonar o‘t,
Zulm uchun yig'i, fig‘on va erksizlik sud".
Javob bersin. Aflotunmi, Vergiliymi, yo —
Boshqa biri, qani kim? Kim mard? Kim guvoh?
Ki, tun qancha qora bo‘lsa, oy shuncha yomg‘!
Spartakning lashkarlari hali ham borur.
Mana menman, u isyonning o‘lmas avlodi,
Mana menman, u qullarning hech so‘nmas yodi.
Mana menman, falaklarga lov-lov o‘t qo‘yib,
Otalarimning boshidan poydevor uyib,
Kelajagim obidasin qurgan insonman!
O'sha jonman, o‘sha qonman va o'sha shonman!!!
1935
Awalo, Usmon Nosir bu she’riga nima uchun «Nil va Rim»
deb sarlavha qo‘ygani bilan qiziqaylik.
Avvalgi sinflarda «Jahon tarixi» darslaridan quldorlik davriga
oid voqealami o‘rgangan edingiz. Yodingizda bo‘lsa, markazi hozirgi
Italiya davlatining poytaxti Rim shalirida bo‘lgan ulkan imperiya
jahonning ko‘plab mamlakatlarini bosib olib, ularning xalqini qul
qilgan edi. Misrda bo‘lsa, fir’avnlar o‘zlarini yerdagi Xudo hisoblab,
o ‘z xalqi va atrof-javonibdagi odamlarga uy hayvonlaridek
munosabatda bo‘lishni odat qilgandilar. Bu quldorlik davlatlarida
inson umrining sariq chaqalik qadri bo‘lmay, o‘n minglab, yuz
minglab kisliilar umri imperiyalaming o‘zaro besamar urushlari
oloviga tashlanardi. Bu urushlarda asir tushgan odamlar qul
bozorlarida sotilar, ularning keyingi taqdiri bilan hech kimning
ishi — tashvislii bo‘lmasdi. Qul egasi uni xohlagancha ishlatar,
xo‘rlar, ko‘ngilochdi olishuvlarga solar, yoqmay qolsa, o‘ldirib
yuborish ham uning ixtiyorida bo‘lar edi.
1
Spartak —
Rim quldorlik tuzumiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonning rahbari,
o‘zi ham qul bo‘lgan.
Sud —
ma’no, mohiyat.
J
Aflotun (Platon) —
qadimgi yunon faylasufl.
Vergiliy —
qadimgi yunon lirik shoiri.
Har qalay, ko‘pchiligingiz G ‘arb kinoijodkorlari tomonidan
yaratilgan «Spartak», «Kleopatra» (bir necha variantlari bor!),
«Gladiator» singari filmlarni tomosha qilgansiz. Ko‘rgansizki, bir
tomonda oltin va durlarga ko‘milib yotgan hukmronlar, ularning
sut va gul suviga cho‘milayotgan o‘nlab ayollari. Boshqa tomonda
bo‘lsa, janglarda olgan jarohatlari qurtlab ketgan, ochlikdan va
xorlikdan labi gezarib, «Non!» deya, «Non!» deya surinib
kechayotgan» (G ‘afur G ‘ulom), gardaniga temir zanjir quyilgan
o‘n minglab qullar...
Tarix hikoyalarini qalbdan his qilib o‘qigan va o‘z zamonasida
ham qullikning, inson xo‘rligining turli ko‘rinishlarini kuzatayotgan
23 yoshli shoir tasawurida goh qullar ko‘zyoshidan to ‘lgan Nil,
goh «o‘yindan o‘lim kutgan jinni teatr» — Rim gavdalanaveradi:
Bu tarix kitobida zarvaraq bir yoqda tursin, oq varaq ham yo‘q.
Milt etgan yorug‘likka tashna bu yillar parvonadek o‘zini chiroqqa
uradi, baribir qismati yo‘qlik — kul...
Asaming II qismidagi tasvirlarga e’tiborberaylik. Uning birinclii
misrasida
Do'stlaringiz bilan baham: |