Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov


YURTIM, ADO BO‘LMAS ARMONLARING BOR



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   134
YURTIM, ADO BO‘LMAS ARMONLARING BOR...
Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig'latgan dostonlaring bor,
0 ‘tmishingni o‘ylab og'riydi jonim,
Ko‘ksing to ‘la shahid o'g'lonlaring bor.
Bag‘rim o‘rtar bir o‘y bahor ayyomlar,
Oy botgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzullodek mardi maydonlaring bor...
Yurtim, ko'nglingdek keng osmonlaring bor,
Yulduzni yig‘latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringda ham diydoringga zor,
Jayrondek termulgan Cho'lponlaring bor.
Qo‘ling qadog'iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, og‘ir olma so'zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko'zini,
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.
Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo'lganlar —
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor...
Qurboning bo‘layin, ey onajonim,
Sening faryodlaring — mening fig'onim,
0 ‘tmishingni o‘ylab qiynalar jonim,
Aytsam ado bo‘lmas dostonlaring bor.
Siz tarix darslaridan yaxshi bilib boryapsizki, o‘zbek xalqi 
dunyodagi eng qadimgi xalqlardan biri sanaladi. Va bu xalq tarixda 
misli ko‘rilmagan hodisalarni boshdan kechirgan. Ikki daryo 
oralig‘ida joylashgan, zamini hosildor, xalqi mehnatkash, o‘troq 
madaniyatning noyob namunalarini yaratgan bu diyorga kimlarning


ko‘zi kuymagan deysiz. Bosqinchi ketidan bosqinchilar kelib, bu 
go‘zal yurtni g‘orat qilishga — boyliklarini talash, xalqini qullikka 
mubtalo qilishga urinardi.
Xalqimiz bamisli samandar (olovda tug‘ilib, olovdan omon 
chiqadigan afsonaviy qush)dek barcha sinovlardan omon chiqdi, 
sharaf bilan chiqdi. Biroq bu kurashlar, ozodlikka b o ‘lgan 
intilishlar, albattaki, qurbonsiz, y o ‘qotishlarsiz kechm adi. 
Millatning ne-ne bahodirlari, yurt ozodligini har narsadan ustun 
bilgan xalqning asl farzandlari shu kurash maydonlarida jon 
berdilar.
Guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, yov kelganda o‘zini chetga 
olgan, joni shirinlik qilib sha’nidan kechgan, hatto do‘stlarini 
sotgan kimsalarni ham, afsuski, tarix yoddan chiqarmaydi. 
Ularning kirdikorlari tufayli yurtning «ado bo‘lmas armonlari, 
toshlarni yig‘latgan dostonlari» paydo bo‘ldi.
M ana shu o ‘tmishni o ‘ylamaslik, bilmaslik, his qilmaslik 
mumkin emas. Xotira qachon bizga ko‘makka keladi, ertangi kun 
uchun xizmat qiladi? Qachonki, u uyg‘onsa, anglansa va his 
qilinsa!
Ayniqsa, sobiq sho‘ro davrida yurtimiz va yurtdoshlarimiz 
bosliidan kechgan musibatlami unutishga hech kimning haqi yo‘q. 
«Qora ko‘zlarini» tug‘ilmay qolgan farzandlari emas, balki olis 
Sibir o‘rmonlaridagi «qayinbarglar yopgan» Usmon Nosiming ham 
xuddi Siz-u bizdek yashashga haqi bor edi. Uning ham joni sabil 
emas edi. Afsuski...
Afsuski, o‘zimizdan chiqqan sotqinlar, mehrobga in qurgan 
chayonlar Usmon Nosirning ham, Abdulla Qodiriyning ham, 
Cho‘lpon va Fitratning ham umriga zomin bo‘ldilar.
Albatta, bugun bir mill at vakillarining bobolari hayotida yo‘l 
qo‘ygan xatolari tufayli bir-birlarini qoralab o‘tirish mavridi emas. 
Lekin bu degani, «o‘tgan o‘tdi-ketdi», qabilida ham tushunilmasligi 
lozim. Shoiming istagi — bugungi va kelgusi avlod bu o‘tmishdan 
saboq chiqarsin, ertaga bo‘ladigan ming turli hayot sinovlariga 
tayyor tursin!
Shundagina millat millat bo‘ladi, xalq chinakam xalq bo‘ladi. 
Shundagina odam lar m hiyatidan olom onlik hissi chekinib, 
chinakam shaxslar shakllanadi.


Muhammad Yusufning ikki she’ri tahlilidan kelib chiqib, quyida 
havola etilayotgan she’rni idrok eting, his qilib tahliliga kirishing.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish