255
sotuvchilar aksiyalarni ochilish narxidan pastroqqa siljitishga qodir emasliklari
sababli, ushbu sham bozor ishtirokchilari ongida
hukm surayotgan qarorsizlik
holatini aks ettiradi.
Iltimos, dojini eslab qoling. Bu juda muhim shamdir, chunki u joriy
trenddagi o‘zgarishlarini va hattoki uning orqaga burilirishini ko‘pincha bashorat
qiladi.
-
An’anaga ko‘ra, doji bir xil narxda ochiladi va yopiladi. Ammo ochilish va
yopilish narxlari o‘ndan bir darajaga farq qiladigan “deyarli doji” bo‘lsa ham, sham
baribir muhim signalni o‘zida aks ettiradi.
-
Yonlama harakat (konsolidatsiya) paytida boshqa “doji”
va kalta tanali
shamlar bilan birgalikda paydo bo‘ladigan “Doji”, katta o‘zgarishlar dalili
emasligini anglatadi. Kuchli orqaga burilish signalini berish uchun bunday sham
grafik narxlar modelining yuqori yoki pastki qismida paydo bo‘lishi kerak.
-
“Doji” tushish trendining
pastki qismiga qaraganda, aksiyalar kotirovkasi
yoki indeks qiymatining ko‘tarilish trendining yuqori qismida kuchliroq signal
sifatida qabul qilinadi. Bu, ayniqsa, “doji oqshom yulduzi” kombinatsiyasida
bo‘lgani kabi, oldindan uzun oq sham bo‘lganda to‘g‘ri bo‘ladi. Esingizda bo‘lsin:
uzun oq sham kuchli buqa kayfiyatini bildiradi. Songra,
bozor ishtirokchilarining
qat’iyatsizligi va yuqori narxni to‘lashga tayyor emasliklarini anglatuvchi “doji”
paydo bo‘ladi. Natija qanday? Ehtimol, tez orada orqaga qaytish va daromadni qayd
qilish boshlanadi.
-
“Doji” ko‘p marotaba trendning yuqori yoki pastki qismini tasdiqlovchi,
qo‘llab-quvvatlash va qarshilik ko‘rsatish sohasiga aylanadi.
256
Aksiyalar yoki boshqa aktivlar o‘sish trendi davomida qo‘llab-quvvatlash
pog‘onasiga orqaga qaytib, keyin doji hosil qilsa, bu uning orqaga burilishiga va
o‘sishda davom etishga tayyorligini bildiradi. Pastga tushish trendida ham xuddi
shunday: agar aksiyalar
qarshilik darajasiga sakrab, keyin doji paydo bo‘lsa, bu
ularning pasayishi davom etishini ko‘rsatishi mumkin. “Mumkin” degan so‘zga
e’tibor bering. Har doim narxlar harakatining yo‘nalishini tasdiqlaydigan keyingi
shamni kuting.
“Uzun oyoqli doji” shamining yuqori va pastki soyalari uzun va ularning
tashqi ko‘rinishi ehtimol e’tiboringizni jalb qiladi. Ochilish va yopilish narxi “doji”
ning o‘rtasida bo‘lsa, u “ricksha” deb ataladi.
Agar siz bunday shamlarning paydo bo‘lishi uchun nima sodir bo‘lishi
kerakligini o‘ylab ko‘rsangiz, ularning tashqi ko‘rinishi
nima uchun juda
muhimligini tushunasiz. Tasavvur qiling, aksiyalar ma’lum bir narxda ochilgan,
masalan, 50 dollar. Xaridorlarning bosimi ularni yanada yuqoriga ko‘tarib yubordi,
keyin sotuvchilar bosimi ularni ancha pasaytirdi. Shunga qaramay, sessiya ochilish
narxida, ya’ni $ 50 da yopildi. Xulosa qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: