1.2. Birja funksiyalari, savdolari va turlari
Birja faoliyatining asosi birja savdosidar. Birja savdolarining vujudga kelishi
ishlab chiqarish hamda savdoning rivojlanishi asosida yuz bergan. Bu jarayonda
savdo ishlab chiqarish va tashqi muhitni o‘zaro bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida ko‘rib
chiqiladi.
Ishlab chiqarish va savdo o‘zaro uzviy bog‘liq . Shundan kelib chiqqan holda
ishlab chiqarish va savdo bir-biriga nisbatan ma’lum bir talablarni ilgari suradi.
Bunda ishlab chiqarish belgilangan tovarlarni kelishilgan miqdorda, assortimentda
va zaruriy sifat darajasida ishlab chiqarib, belgilangan muddatli yetkazib berishi
zarur bo‘ladi. O‘z navbatida savdo qanday mahsulotni qancha miqdorda va qaysi
muddatda ishlab chiqarish hamda qaysi iste’molchiga yetkazib berishni belgilab
beradi.
Tovar bozorlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda va ulgurji savdo
tizimlarining rivojlanishi asosida ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini mustaqil
tarzda ulgurji sotishlari bo‘yicha hech qanday to‘siq mavjud emas. Lekin tovar
bozoridagi murakkabliklar, tovarlar assortimentlarining ko‘pligi sharoitida ishlab
chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini mustaqil ulgurji savdo firmalari va agentlarining
vositachilik xizmatlaridan foydalangan holda ham sotishlari mumkin.
Bunda birja savdolari odatiy mahalliy bozor va yarmarkalardagi savdolarga
nisbatan bir muncha yuqori sur’atlarda o‘sib kelmoqda. Bunda bozor quyidagi
xususiyatlari bilan tavsiflanadi:
- savdolar muntazam ravishda (har kuni) o‘tkaziladi;
10
- savdo ob’ekti hisoblangan tovarlar uchun chegaraning mavjud emasligi va
o‘tkaziladigan savdolarning omma uchun ochiqligi;
- savdo jarayonida tovarlar mavjud bo‘lishi shartligi;
- savdolar kichik partiyalarda amalga oshirilishi va savdolardan so‘ng
hujjatlar rasmiylshtirilishi har doim ham talab qilinmasligi;
- tovar narxi talab va taklif asosida shakllanadi hamda xaridor tovarning
iste’molchisi hisoblanadi;
-mahalliy bozorlar asosan kichik hududlarga xizmat qiladi.
Yarmarkalarning asosiy xususiyatlari esa odatda bir yilda bir marta
o‘tkazilishi va maxsus tovarlar savdosi amalga oshirilishini keltirish mumkin.
Birja savdolari bozor va yarmarka savdolari xususiyatlarini ham o‘z ichiga
olgan holda savdo jarayonlarini soddalashtirish, ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar)
va xaridorlarni narx o‘zgarishlari bilan bog‘liq yo‘qotishlardan himoyalash kabi
afzalliklarga ham ega. Bunda birja faoliyati foyda olish maqsadida tashkil etiladigan
mustaqil tijorat faoliyati shakli sifatida ko‘zga tashlanadi. Umuman birja savdolari
xususiyatlari quyidagilar:
- ishlab chiqaruvchilarni va iste’molchilarni bir joyga jamlaydi;
- yirik partiyalarda birja tovarlari deb nomlanadigan tovarlar maxsus turlari
savdolari amalga oshiriladi;
- tovarlar mavjud bo‘lmagan holatda yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar
tuzish imkoniyati mavjud bo‘ladi;
- savdolar omborxonadan olib ketish tartiblarida ham amalga oshiriladi;
- erkin narx shakllanishi asosida savdolar amalga oshiriladi;
- birja vositachilari bevosita ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar nomidan ish
yuritadi;
- birja savdolari jarayoniga davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri mavjud
emasligi;
- aniq talablar, standartlar va belgilangan qoidalar asosida savdolar amalga
oshirilishi;
- mahsulot sifati va bahosini aniqlashni tavsiflovichi standartlar amal qilishi.
11
Birjalar o‘z faoliyati davomida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Oshkora ommaviy savdolarni o‘tkazish uchun birja yig‘ilishlarini tashkil
etish. Buning uchun birja savdolarini tashkil etish, birja savdolari qoidalarini ishlab
chiqish, savdolarni moddiy-texnik ta’minlash, birjaning malakali apparati ishlashini
yo‘lga qo‘yish talab etiladi.
2. Birja shartnomalarini ishlab chiqish. Bunda tovarlar partiyalari
o‘lchamlarini standartlashtirish, birja bitimlari bo‘yicha hisob-kitoblarga nisbatan
yagona talablarni ishlab chiqish talab etiladi.
3. Birja bitimlari bo‘yicha bahslarni hal qilish. Odatda bahsli holatlarda
arbitraj sudlari vositachilik qiladi.
4. Birja narxlarini aniqlash va tartibga solish. Bunda birja narxlarining e’lon
qilib borilishi sotuvchi va xaridorlar uchun mo‘ljal vazifasini o‘taydi hamda
navbatdagi birja savdolari strategiyasini ishlab chiqishda amaliy ahamiyat kasb
etadi.
5. Narx tebranishlari tufayli noqulay holatlardan birja savdolari
ishtirokchilarini xedjirlash. Mazkur funksiyaning ishlashi birjaga bo‘lgan ishonchni
oshiradi.
6. Birjaning kliring va hisob-kitoblari tizimlari asosida bitimlar bajarilishini
kafolatlash. Buning uchun birja savdo ishtirokchilari o‘zaro talablarni va
majburiyatlarini hisobga qo‘yish orqali hisob-kitoblar tizimidan foydalanadi, hamda
ularning bajarilishini tashkil etadi.
7. Birjaning axborot bilan ta’minlash funksiyasi birja narxlarini ro‘yxatdan
o‘tkazish, umumlashtirish, mijozlarga va manfaatdor tashkilotlarga taqdim etish va
boshqalarga xizmat qiladi.
Birjalar faoliyat xususiyatlarini anglash uchun ularni tasniflash, ya’ni ma’lum
bir belgilariga ko‘ra guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq. Birjalar quyidagi
belgilariga ko‘ra tasniflanadi:
- birja tovari turi bo‘yicha;
- tashkil etilish printsipiga ko‘ra (birjani tashkil etishda davlat ishtiroki
bo‘yicha);
12
- birja savdolariga tashrif buyuruvchilar ishtiroki shakliga ko‘ra;
- birja savdosi ob’ekti hisoblanuvchi tovarlar nomenklaturasiga ko‘ra;
- jahon savdosidagi ishtirokiga ko‘ra;
- faoliyat tavsifiga ko‘ra.
Yuqoridagi tasnifiy belgilariga ko‘ra birjalar yana turlarga ajratiladi. Ularning
har biri bo‘yicha birja turlarini keltirib o‘tamiz.
1. Jahon amaliyotida birja tovari turiga bog‘liq holatda birjalar quyidagilarga
bo‘linishi qabul qilingan:
- tovar birjalari;
- tovar-xomashyo birjalari;
- fond birjalari;
- valyuta birjalari;
- mehnat birjalari.
O‘zbekiston qonunchiligida birjalar o‘z faoliyatini tovar-xom ashyo, fond va
valyuta birjasi turida amalga oshirishi belgilangan
4
.
2. Tashkil etilish printsipiga ko‘ra, ya’ni birjani tashkil etishda davlat ishtiroki
bo‘yicha birjalarning ikkita turi ajratib ko‘rsatiladi:
- davlat ishtirokidagi birjalar;
- xususiy birjalar.
O‘zbekistonda uchta birjada ham davlat ulushi (ishtiroki) mavjud.
3. Birja savdolariga tashrif buyuruvchilar ishtiroki shakliga ko‘ra birjalar
ochiq va yopiq tipda faoliyat yuritadi. Yopiq tipdagi birjalarda savdolar faqat
professional vositachilar ishtirokida amalga oshiriladi. Ochiq tipdagi birjalardagi
savdolarda esa doimiy a’zolar va birja vositachilaridan tashqari boshqa tashrif
buyuruvchilar ham ishtirok etishi mumkin.
4. Birja savdosi ob’ekti hisoblanuvchi tovarlar nomenklaturasiga ko‘ra
birjalar universal va ixtisoslashgan birjalarga bo‘linadi. Bunda universal birjalarda
4
Ўзбекистон Республикаси “Биржалар ва биржа фаолияти тўғрисида”ги Қонуни, 3-модда.
13
keng assortimentdagi tovarlar savdolari kuzatiladi. Ixtisoslashgan birjalar esa
ma’lum bir tovar yoki tovarlar guruhi savdolari bilan shug‘ullanadi.
5. Jahon savdosidagi ishtirokiga ko‘ra birjalar xalqaro, mintaqaviy va milliy
birjalarga bo‘linadi.
6. Faoliyat tavsifiga ko‘ra birjalar real tovar, fyuchers, optsion va aralash
birjalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |