8
Birja XIII-XV asrlarda Shimoliy Italiyada paydo bo‘lgan bo‘lib, uning keng
yoyilishi XVI asrga to‘g‘ri keladi. Bunda Antverpen, Lion va Tuluza shaharlarida,
so‘ngra London va Gamburgda birjalar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligini qayd etib o
o‘tish zarur. XVII asrga kelib Evropaning ko‘plab davlatlari
savdo shaharlarida
birjalar faoliyat yuritgan. Jumladan, “birinchi xalqaro tovar birjasi Belgiyaning
Antverpen shahrida 1531 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda Evropaning ko‘plab
mamlakatlaridan tovarlar keltirilib savdolar amalga oshirilgan. 1549
yilda
Fransiyaning Lion va Tuluza shaharlarida, 1556 yilda esa Londonda birjalar paydo
bo‘lgan”
1
.
Boshqa qit’alarda birjalar paydo bo‘lishiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Osiyo
qit’asi bo‘yicha birinchi birja “guruch savdosi bo‘yicha Yaponiyada 1790 yilda
tashkil etilgan. Amerika qo‘shma shtatlarida birinchi tovar birjasi 1848 yilda
Chikagoda ochilgan. Birjalar tarixida Amsterdam alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u
erda birinchi marta tovarlar sifati bo‘yicha talablar asosida tovarning o‘zini bevosita
taqdim etmasdan savdolar amalga oshirilgan”
2
.
Dastlabki birjalar naqd tovarlarning oldi-sotdisini
vositachilar yordamida
qo‘ldan-qo‘lga o‘tkazish orqali ayriboshlashga xizmat qilgan edi.
Zamonaviy tovar birjalari ulgurji savdoning turli shakllari uzoq evolyutsiyasi
natijasi va tovar bozorining tashkillashtirilgan turlaridan biridir.
“XII-XIII asrlardayoq Evropadaga yarmarkalarda naqd tovarlar bo‘yicha
bitimlar to‘lovlarni kechiktirish asosida ham tuzilgan. Ba’zi yarmarkalarda turli
mahsulotlar sifati bo‘yicha talablarni o‘zida aks ettirgan standartlar ishlab chiqilgan
va aniq tovarlar partiyalari, hattoki ma’lum tovarlar turlari bo‘yicha
ham savdo
amaliyotida qo‘llanilgan”
3
.
O‘sha davrdayoq yarmarka savdolari qat’iy qoidalarga asoslangan bo‘lib,
qoidalar asosida belgilangan maburiyatlarni bajarmagan xaridorlar savdo
1
Маскаева А.И., Туманова Н.Н. Биржа и биржевое дело. Учебное пособие. – М.: Инфра-М, 2019. – С. 5.
2
Маскаева А.И., Туманова Н.Н. Биржа и биржевое дело. Учебное пособие. – М.: Инфра-М, 2019. – С. 5.
3
Деева Е.М., Курушин Д.А. Биржевое дело. Учебное пособие. – Ульяновск: УлГТУ, 2015. – С. 7.
9
hamjamiyatidan chiqarilgan. Bundan tashqari yarmarkalarda bahsli masalalar va
nizoli vaziyatlarni hal qilish bo‘yicha yarmarka sudlari ham faoliyat ko‘rsatgan.
Amsterdam birjasi qimmatli qog‘ozlar bilan savdolar o‘tkazilgan
birinchi
birja hisoblanadi. Nyu-York fond birjasiga esa 1792 yilda asos solingan. Natijada
fond birjalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishiga zamin yaratildi.
Davlatlararo savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi o‘z navbatida valyuta
bozorlarining, valyuta birjalarining tashkil etishiga sabab bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: