Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

Adabiyotlar:
1.N.Qayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU 2013. 
2.Nurmatova M.SH., Xasanova SH.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy 
faoliyatga o’rgatish metodikasi. “Sho’lpon” T:.2010y. 
3.Nurmatova M.SH., Xasanova SH.T., Azimova D. Ustahonada amaliy mashg’ulot. 
“Musiqa” T:.2010y. 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA 
BERISHDA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH
Xudoyberganova Shaxodat Baxtiyor qizi
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi 
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasida zamonaviy yondashuvlardan 
eng samaralisi o’yin texnologiyalaridir. Barcha faoliyat turlarida aynan o’yin 
texnologiyasi orqali bolalarning istaklari amalga oshadi. Rivojlanayotgan bola shaxsi 
o’yin natijasida yangi qoidalar, shart-sharoitlar, komponentlar bilan tanishadi, 
murakkab vazifalarni yechish ko’nikmasi shakllanadi. O’yin bolalarning hayoti 
davomida asqotadigan muhim malaka va tajribalarni o’zlashtirishga yordam beradi.
Didaktik o’yinlar maxsus tashkil etiladi va aniq belgilangan didaktik vazifani 


219 
bajaradi. O’yinlar turli vaziyatlaridagi harakatlarni bajarishga imkon beradi.
Aksariyat didaktik o’yinlar o’z-o’zini o’qitish tamoyiliga tayanadi, o’yin bolani bilim 
va ko’nikmalarni o’zlashtirishga yo’naltiradi. Didaktik o’yinlar o’qitishni turlicha
metodik usuli hisoblanadi. U bolalarda bilimlarni shakllanishiga yordam beradi. 
O’yin- maqsadga qaratilgan o’ylangan jarayondir. O’yin faoliyati jarayonida bola 
shaxsi rivojlanadi, har bir tarbiyalanuvchini kattalar olami bilan yaqinlashishga 
yo’naltiradi, bilish, mehnat hamda jismoniy faoliyatni o’zlashtiradi. O’yin demokratik 
xususiyatga ega bo’lib, bolalar tengdoshlari bilan hamkorlik qiladi rollar taqsimotida 
tenglik amalga oshiriladi. O’yin faoliyatida maqsad natijalarni yakunlash bilan emas, 
balki jarayonni o’zida yuz beradi. O’yin bolalarni rivojlanishida, ta’lim berish va 
tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo’lib, kelajakda turli hayotiy vaziyatlarga 
psixologik tayyorlash vositasi sifatida xizmat qiladi. O’yinni tashkil etishning ta’limiy 
va tarbiyaviy jihatlari shundaki, har qanday o’yinda qoidalarga amal qilinadi, har bir 
o’yin qoidasi maqsad bilan yakunlanadi. SHuningdek, o’yin harakatlarini bajarishda 
eng optimal variantlar tanlashda improvizatsiya elementlaridan foydalaniladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari didaktik o’yinlarni tashkil etishda 
quyidagi pedagogik tamoyillarga amal qilishlari lozim:
1. Bolalarni mavjud bilimlarga tayanish, bevosita idrok qilishga yo’naltirish; 
2. Didaktik vazifalar murakkab, lekin bolalar uchun tushunarli bo’lishini nazorat 
qilish; 
3. Turli xil o’yin harakatlari va qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash;
4. Asta-sekin didaktik vazifa va o’yin harakatlarini murakkablashtirib borish; 
5. O’yin qoidasini aniq va to’g’ri tushuntirish[2]. 
Didaktik o’yinlarning tashkiliy qismlari quyidagilardan iborat: 
- tashkiliy qism o’yinni borishini tushuntirish 
- ta’limiy vazifani bajarish 
- o’yin harakatlarini bajarish 
- o’yin qoidalariga rioya qilish 
- o’yin natijalari tahlili. 


220 
O’yin harakatlarini ko’rsatish, jarayonda tarbiyachi bolalarga harakatlarni 
to’g’ri bajarishni o’rgatadi, agarda qarama-qarshi vaziyat yuz bersa kutilgan natijaga 
erishilmaydi (masalan, qaysidir bola qarash mumkin bo’lmasa ham qarashi, ko’zni 
yumish lozim bo’lsa yummasligi). O’yinda rollarni aniqlashda tarbiyachi uning 
ishtirokchilari, o’yinchilar, muxlislar va hakamlarni bolalar ixtiyoriga qarab tanlaydi.
O’yinda tarbiyachining bevosita ishtirok etishi bolalarning yosh xususiyati
tayyorgarlik darajasi, didaktik vazifalarni murakkabligi, o’yin qoidalariga alohida 
e’tibor qaratishni taqozo etadi [3]. 
O’yinda tarbiyachining ishtiroki o’yin qatnashchilarini yo’naltirib turadi 
(maslahat beradi, savollar va eslatmalar). O’yin yakuni bu eng ma’suliyatli jarayon 
bo’lib, uning natijalari tahlil qilinadi, bolalar o’yin faoliyatida mustaqil harakat 
bajaradilar. Bilimlarni chuqurlashtirish va umumlashtirish,sensor qobiliyatlarni 
rivojlantirish, bilish jarayonlarini faollashtirish (xotira, diqqat, tafakkur, nutq)ga 
qaratilgan o’yinlarga tayyorgarlik ko’riladi. O’yinlar davlat talabi va “Ilk qadam” 
davlat o’quv dasturiga hamda bolalarning yosh xususiyatiga mos bo’lishi lozim. 
Tarbiyachi o’yin o’tkazishni qulay vaqtini aniqlab olishi zarur (masalan: mashg’ulot 
yoki mustaqil faoliyat yoki kunning ixtiyoriy davrida). O’yinni o’tkazish joyini 
tanlaganda qulay va bolalar bir-birlariga xalaqit bermasliklarini ko’zda tutishi 
maqsadga muvofiq. O’yin o’tkazish joyi guruhda yoki o’yin maydonchasida o’tkazish 
mumkin. O’yin ishtirokchilarini aniqlash (butun guruh, kichik guruhlar yoki yakka 
tartibda) ham amalga oshiriladi. Didaktik materiallar tayyorlanadi (o’yinchoqlar, turli 
xil buyumlar, rasmlar, tabiiy materiallar). O’yinni o’tkazish uchun tarbiyachi o’zi xam 
puxta tayyorlanishi o’yin mazmuni va qoidasi, tartibi, borishi, o’yin joyi va o’yinga 
rahbarlik qilish usullarini aniqlab olishi lozim.

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish