O‘zbekiston
– quyoshli, buyuk tarixiy insonlar yashagan, Buyuk Ipak
Yo‘li o‘tgan ajoyib, betakror, ming asrlik an’analar va madaniyatiga ega o‘lka.
Betakror, so‘lim go‘shalarga ega O‘zbekistonimiz, ko‘ngli ochiq xalqimiz, o‘tib
ketgan
bobo-kalonlarimiz,
hozirda
mustaqillikka
erishgandan
keyingi
yutuqlarimiz haqida qancha gapirsak ham ozdir. Bugungi kunda bizning quyoshli
o‘lkamizga dunyo xalqlarining qiziqishi tobara oshib kelmoqda. Yurtimizdagi tarixiy
obidalar, an’analarimizga, madaniyatimizga, matolarimizga, arxitekturamizga,
hunarmandlar tomonidan qilingan ishlariga, sayyohlar e’tibori kun sayin ortib
bormoqda.
Toshkent
-
O‘zbekistonning zamonaviy poytaxti. Tyan-Shyan tog‘
yonbag‘ri Chirchiq daryosi oraisida
joylashgan. Unga asos solingan davr tahminan
e.avv. II asrlar deb hisoblanadi. Bu yerdan
Buyuk Ipak Yo‘li karvonlari o‘tgan bo‘lib, u
davrlarda shahrimiz Shosh deb nomlangan.
Saqlanib qolgan qo‘lyozmalarga ko‘ra o‘sha
davrlarda shaharda muhtasham, go‘zal qasrlar
qad rostlab turgan. Ko‘xna Samarqand shahri nafaqat O‘zbekistonning balki
dunyoning eng qadimgi shaharlaridan biri. U Rim va Vavilon shaharlarining
tengdoshidir. Temuriylar sulolasining qadimgi poytaxti va Buyuk Ipak Yo‘lining
208
asosiy boshlang‘ich nuqtalaridan biri hisoblangan. Birgina Samarqand “Buyuk Ipak
yo‘lining yuragi” deb nom olgan. Afsonaviy Registon maydoni Markaziy Osiyoning
takrorlanmas me’moriy yodgorligidir. Qadimda bu maydon Samarqandning savdo va
ijtimoiy markazi bo‘lgan. Go‘ri-Amir maqbarasi qadim Samarqandning yana bir
marvaridi. Sherdor madrasasining peshtoqi Mirzo Ulug‘bek madrasasi peshtoqi bilan
asosan bir xil, binolar bir-biriga o‘xshash bo‘lsa ham, lekin sifat va me’morchilik
jihatidan farq qiladi. Sherdor madrasasi sathi 70x57 metr, ya’ni to‘rt burchakli shaklda
bo‘lib, hovlisi ikki qavatli hujralar bilan o‘rab olingan, ularning soni 52 ta, hovlining
burchaklarida darsxonalar joylashgan. Ammo bu obidada masjid yo‘q, janubi-g‘arbiy
darsxona esa ziyoratxona hisoblangan, chunki unga tashqi tomondan bevosita Imom
Muhammad ibn Ja’fari Sodiq mozori maqbarasi tutashgan. Sherdor madrasasi
fasadidagi minora va gumbazlari Ulug‘bek madrasasiga o‘xshash, ammo orqa
tomondagi fasadlar burchagi guldasta minoralar bilan o‘ralgan. XVII asrga kelib yer
sathi madaniy qatlamlarining ko‘tarilishi tufayli XV asrdagi dastlabki yer sathidan ikki
metrga yaqin baland ko‘tarilgan. Ana shuning uchun bir muncha past ko‘ringan
Ulug‘bek madrasasining qisqargan shaklidek barpo etilgan. Sherdor madrasasi
qurilganda XVII asr me’morchiligiga xos ancha yangiliklar qo‘llanilgan, qurilish
jarayonini tezlashtiruvchi va arzonlashtiruvchi ilg‘or usullardan foydalanilgan, ammo
badiiy bezaklarning ta’sir kuchi bir muncha pasayib ketganligi sezilib turibdi. Lekin
ranglarning o‘z o‘rnida ishlatilganligi va ayrim pannolarning g‘oyat nafis bajarilganligi
bu yodgorlikni yaratgan me’mor va naqqoshlarning yuksak mahoratidan dalolat beradi.
Naqshlar butun obida yuzini qoplagan. Ularda chok, yirik xandasaviy suls, kufiy
yozuv naqshlari va gul bandlari tasvirlarda uyg‘unlashgan bo‘lib, faqatgina Samarqand
obidalariga xos tarzda ishlangan. Aynan shu usul Samarqand me’moriy bezaklar
maktabini tashkil qiladi.
209
Buxoro – yana bir qadimiy shaharlardan biri. Bu shahar Markaziy Osiyoning eng
maftunkor shaharlaridan biri hisoblanadi. Qadimiy me’moriy yodgorliklarni saqlab
qolgan Buxoro sayyohlarning eng sevimli
maskani desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ismoil
Samoniy maqbarasi, ko‘plab masjid va
madrasalar, karvon-saroylar, hammom ulkan
qo‘rg‘on va Buxoro hukmdorining mustahkam
qarorgohi Ark, Minorai Kalon kabi yodgorliklar
muqaddas
Buxoroning
tengi
yo‘q
marvaridlaridandir.
Xiva
-
1967
yilda
YuNESKO
tomonidan
Butunjahon
meroslari
ro‘yhatiga kiritilgan shahar-qo‘riqxona hisoblanadi. Bu go‘zal maskanda 100 dan ortiq
tarixiy obidalar saqlanib qolgan. Ichan Qala, Islom Xo‘ja madrasasi, Kalta
Minor shular qatoridan.
Yurtimiz tarixi, boy madaniy va ma’naviy merosidan hikoya qiluvchi ushbu
noyob obidalar bugungi avlod qalbida buyuk
o‘tmishga ega ajdodlaridan faxrlanish tuyg‘usini
jo‘sh urdiradi. Binobarin, ajdodlardan meros
osoriatiqalar bugungi va kelgusi avlodning
yurtga
munosib
insonlar
bo‘lib kamol
topishlarida muhim omil sifatida xizmat qiladi.
Tarixiy
obidalar
farzandlarimizni
ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, dunyoqarashini shakllantirish, barkamol inson bo‘lib
yetishishlarida katta ahamiyatga ega. Bolalar bilan tarixiy me’moriy obidalarga
sayohat uyushtirish, san’at asarlarining go‘zalligidan ta’sirlanish orqali milliy g‘urur
elementlarini tarkib toptirishga hamisha ham birdek e’tibor qaratilayotgani yo‘q.
Ajdodlarimizning ulkan mehnatlari evaziga qad rostlagan ushbu osori atiqalar, tarixiy
me’moriy obidalar ta’lim-tarbiyaning nihoyatda kuchli vositalaridir, ular bolaning
estetik olamiga, ruhiy dunyosiga benihoya kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sayohatga
borgan bolalar undan olgan go‘zal taassurotlarini bir umr unutmaydilar.
210
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni tarixiy obidalar vositasida milliy
g‘urur elementlarini shakllantirishni yuqori darajada ta’minlash bolalarning tarixiy
obidalarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirishga xizmat qiladi, bu esa ta’lim-tarbiya
jarayonida samarali natijalarga erishishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |