Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

Adabiyotlar: 
1.
O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
to‘g‘risida. T.: 2019 yil 16 dekabr, O‘RQ-595-son. Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 17.12.2019 y.,( 03/19/595/4160-son). 
2.
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. Maktabgacha ta’lim vazirligi MH-1-son 
buyrug‘i. T.: 2018. 18 iyun.-31b. 
3.
Korneyankov S.S. Innovatsionniye psixologo-pedagogicheskiye texnologii 
obucheniya i samorazvitie lichnosti. Vestnik ChitGU.: 2012.№5.
4.
Samorukova P.G. Metodika oznakomleniya detey s prirodoy v detskom sadu. 
Uchebnoe posobiye / L.A. Kameneva, N.N. Kondrateva, L.M. Manevsova, Ye.F. 
Terenteva. M.: Prosvesheniye, 1991.- 240 s. 


432 
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSAALARIDA ERKIN VOHIDOV 
SHE’RLARINI MULTIMEDIA VOSITALARI ORQALI O‘RGATISHNING 
AHAMIYATI
 
 
Xo‘jamberdiyeva Shaxnoza Ko‘paysinovna 
NamDU, Maktabacha ta’lim metodikasi 
kafedrasi dotsenti 
Maktabgacha ta’lim sohasi mazkur tizimning ilk bo‘g‘ini hisoblanadi va butun 
talim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi – barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Erkin Vohidovning “Olma”, “Gilos” she’rlari kichik yoshdagi tarbiyalanuvchilar 
yoshiga, qiziqishlari va tasavvurlar olamiga mos. Har ikki she’r yosh bolalarda quvnoq 
kayfiyat uyg‘otadi. Olma tilidan: “Men sizlarni olmangiz”, “Xomligimda olmangiz, 
Nortojiga o‘xshab so‘ng, voy qornim, deb qolmangiz!” – deya ogohlantiruvchi 
misralarning yumorga boyligi bolalar ruhiyatiga yaqinligi uchun ta’sirchanlik kasb 
etgan. Gilosning: “Topsang qo‘shalog‘imni, qulog‘ingga taqib ol”, - deya murojaat 
etishi ham kichik yoshidagi tinglovchilar tasavvurini boyitadi, obrazli fikrlashga 
o‘rgatadi.
She’r tahliliga yo‘naltiruvchi savollarga kichkintoylarning har qanday javobi 
qabul qilinishi, ular tarbiyachi tomonidan to‘ldirilishi lozim. Muhimi, she’rdagi poetik 
tasvirni tasavvur qilib, zavqlansinlar, uning ma’nosini idrok etsinlar, o‘z 
tasavvurlaridan tug‘ilgan fikrlarni bayon eta olsinlar.
Bahs-munozaralardan chetda turuvchi, talashib-tortishishni xushlamaydigan, 
ochiq muloqotga kirishishdan ko‘ra davraning “u tomonida” turishni ma’qul ko‘ruvchi, 
“chetdan kuzatuvchi” bolalarning ta’sirlanishi sust kechsa-da, ular o‘rtoqlarining 
fikrlarini tinglab, o‘z qarashlariga solishtirib ko‘rgach, munosabat bildirishlari 
mumkin. Bunday toifaga kiruvchi bolalar o‘z fikrini aytishga shoshilishmaydi, his-
hayajonlarini ham yaqqol sezdirmaydi. Ba’zi bolalar tarbiyachi bergan savolga o‘ylab, 
shoshilmasdan javob beradilar; o‘z fikrlarini og‘zaki nutqda ravon, mazmunli, mantiqli 
va ta’sirchan ifodalashga intiladilar. Bunday bolalar bilan ota-onalar oilada kitob bilan 
ishlashga yetarli ahamiyat berganlar. Natijada, ular badiiy asarlarni, ertaklarni yaxshi 
ko‘radilar, ayniqsa badiiy asarlarni sevib eshitadilar. Ularning bog‘lanishli nutqi 


433 
sababli ancha rivojlangan, fikrlash salohiyati yuqori, bayon tarzi izchil, og‘zaki nutqi 
rivojlangan va standart talablarga javob beradi.
Anglashiladiki, bir guruhdagi 15-20 nafar tarbiyalanuvchilar xilma-xil xarakter, 
idrok, ruhiyat va tafakkur egalaridir. Ularning og‘zaki nutq darajasi ham turli 
rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega. Ayni holatni hisobga olib, tarbiyachi har bir 
tarbiyalanuvchining nutq darajasi ko‘rsatkichlarini belgilab olishi lozim.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning 
badiiy-musiqiy faoliyatini, matnlarni o‘qish, rasmlarni ko‘rish va ajrata bilish 
tasavvurlarini kengaytirish kompyuterli o‘yin dasturlari orqali fikrlash va mustaqil 
qarorlar qabul qilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda axborot 
texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. 
Xalq shoiri Erkin Vohidovning “Olma”, “Gilos” she’rlarini kichik guruhlarida 
multimedia vositalari orqali o‘qib o‘rganishni tavsiya qilar ekanmiz, bu she’rlarning 
tarbiyalanuvchilar fantaziyasiga, 3-4yoshli bolalar ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatish 
xususiyati e’tiborga olinishi kerak. She’r sodda badiiy tilda bitilgan obrazlilik va 
jonlantirish, o‘xshatish, sifatlash kabi tasviriy vositalar qo‘llanganligi sababli olma va 
gilos kichik kitobxon bilan go‘yo so‘zlashadi, xomligida uzmaslikka, Nortojiga 
o‘xshab so‘ng “Voy, qornim deb qolmangiz!” – deya noxush holatga tushib 
qolmaslikka chaqiradi. Gilos ham o‘z sifatlarini birma-bir “so‘zlar” ekan, bolalarni u 
kabi totli, mazasi bol bo‘lishga go‘yo chorlaydi. “Topsang, qo‘shalog‘imni 
qulog‘ingga taqib ol” misrasi esa aynan bolalarga xos odatni, sho‘x-shodonlik 
qayfiyatini, bolalarcha zavq-shavqni ifoda qiladi.
Xo‘sh, nima uchun Siz qo‘shaloq gilosni qulog‘ingizga taqib olgingiz keladi? 
Gilosning da’vati qanday ma’noni anglatadi? Gilosning sifatlariga o‘zingizdagi qaysi 
odatlar yoki xususiyatlarni qiyoslay olasiz?
Mashg‘ulot davomida ekranda quyidagi tasvir paydo qilinadi: 


434 
Ushbu chizmadagi fikrlarni davom ettirish kichkintoylarga topshiriladi. Olma va 
gilos mevalari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni bolalarning o‘zlari yoritib beradilar.

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish