Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo‘yilgan Davlat talablari. Toshkent. 2018.
2. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun Davlat o‘quv dasturi. Toshkent. 
2018.
3. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik 
texnologiyalar. Toshkent “Nihol” nashriyoti. 2016. 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AHLOQIY 
TARBIYALASHDA XALQ OG’ZAKI IJODINING ERTAK JANRIDAN 
FOYDALANISH ZARURIYATI. 
 
Xamroyeva Diyora Burxon qizi 
Buxoro Davlat Universiteti 
Maktabgacha ta’lim fakulteti 2-kurs magistratura talabasi 
 
Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-
tarixiy merosi va ma’naviy ahloqiy jihatdan tarbiyalash, bolalarda vatanparvarlik 
hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, 
o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim 
jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil 
va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini 
ta’minlash maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldiga qo’yilgan dolzarb vazifalardan biri 
hisoblanadi.Bu kabi vazifalarni amalga oshirishda tarbiyachi o’z mashg’ulotlarida xalq 
og’zaki ijodi namunalardan foydalanishi ta’lim tarbiya jarayonini yanada samarali 
kechishiga yordam beradi. Zamonaviy ta’lim jarayonida biz yangi texnologiyalardan 
foydalanishimiz bilan bir qatorda an’anaviy ta’limni ham esdan chiqarmasligimiz 


420 
zarur. 
Bolalarning 
milliy 
ruhda 
tarbiyalashimiz, 
milliy 
urf-odatlarimizni 
o’rgatishimizda ularni ma’naviy –ahloqiy jihatdan tarbiyalashimizda xalq og’zaki ijodi 
namunalardan foydalanmaslikni iloji yo’q.Sababi ,o’zbek xalqi qadimdan
mexnatkash, farzandlar tarbiyasiga juda qattiq e’tibor beradigan xalq bo’lgan. 
Bolalarga ta’lim –tarbiyada ko’proq xalq og’zaki ijodi bilan ta’sir qilish yo’lidan 
borganlar .Ta’kidlash joizki, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim tarbiya berishda 
xalq og’zaki ijodi janrlaridan bo’lgan ertaklar bizga qo’l keladi.Sababi ertaklar barcha 
yoshdagi bolalarga birdek yoqadi va ta’sir qiladi.Maktabgacha ta’lim yoshidagi 
bolalarga ertaklarning ta’limiy xamda tarbiyaviy ahamiyati katta . Xalq og’zaki ijodi –
insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at bo’lib,uning janrlari o’zning ta’sirchanligi, 
xalqchilligi, qiziqarliligi bilan ajralib turadi. Har bir xalqning og’zaki ijodi o’sha 
xalqning fe’l-atvorini, urf-odatlarini, adriyatlarini, an’analarini,orzu-intilishlari hamda 
tabiatini o’zid aks ettiradi. Xalq folklorida ta'lim va tarbiyaga oid ilg`or pedagogik 
fikrlar ilgari surilgan. Har tomonlama yetuk, yuqori ahloqli shaxsni shakllantirishning 
hamma tarkibiy qismlari, ya'ni aqliy tarbiya, ahloqiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, 
jismoniy tarbiya va nafosat tarbiyasiga xos bo`lgan va tarbiya ishida qo`llash mumkin 
bo`lgan pedagogik ma'lumotlar o`zbek folklorining sanab o`tilgan barcha janrlarida o`z 
ifodasini topgan. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolalarga ahloqiy tarbiya 
berishda har xil metod va usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga egadir. 
Sababi , ushbu metodlar bolalarning ahloqiy tasavvurlari hamda bilimlarni 
egallab olishga qaratilgan faoliyat turi hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan barcha 
metodlar orqali bolalarga ahloqiy normalar va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari
o’rgatiladi.Bolalarda ahloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bolalarga 
ahloqiy tarbiya normalarini o’rgatayotganda ularni noo‘rin tanqid qilish, uning ustidan 
kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish mumkin emas.Bu o’rinda barcha metodlardan 
o’z o’rnida izchillik bilan kompleks ravishda foydalanish maqsadga muvofiq. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ahloqiy sifatlarini shakllantirishda 
tushuntirish va namuna ko’rsatish metodidan foydalanish katta natija beradi. 


421 
 
Tushuntirish odatda bolalarga yangi ahloqiy tushunchalarni,normalarni , ahloqiy 
qonun –qoidalarni bayon qilib berilayotganda ishlatiladi. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarga tushuntirish kattalarning jonli so‘zi va namunasiga asoslanadi. Masalan, 
o’zidan kattalarga qo’lini ko’ksiga qo’yib “Assalomu alaykum” deb aytish va h. 
Tarbiyach ahloqiy mavzulardagi suhbatni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning 
hamma guruhlarida qo‘llashi mumkin. Suhbat uchun tanlanayotgan ertak yoki 
hikoyaning mazmuni yorqin,tushunarli bo‘lib, bolalaming his-hayajoniga yetarlicha 
ta’sir etishi kerak. 
Ahloqiy mavzulardagi ertaklardan namunalar ko’rsatish orqali bolalar ahloq 
normalari va qoidalarini, ijobiy hulq shakllarini egallaydilar. Maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida bolalarning ahloqiy tajribalarini kengaytirib borish, hulqning ahloqiy 
sabablarini aniqlab boorish tarbiyachidan ziyraklik talab etiladi. Ertakdagi 
qahramonlarning hatti –harakatlarini tahlil qilish jarayonida bolalar o‘z fikr-
mulohazalarini aytishlariga o’rganadilar.Ertak qahramonlarining har bir xatti-
harakatini ongli ravishda, ahloq normalari va qoidalari doirasida bajarishga urinadilar. 
Badiiy adabiyotni o‘qib berish, san’at asarlari va amaliy san’at buyumlarini tomosha 
qilish, multfilmlar tomosha qilishda,musiqa va ashula eshitish bolalarda estetik hisni 
uyg‘otardi, shu bilan bir qatorda ahloq qoidalari va normalarini singdirib 
boradi.Bolalarning ahloqiy sifatlarini shakllantirishda maktabgacha ta’lim tashkilotida 
turli xil metodlardan foydalaniladi. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish