Ma’lumki, uzluksiz ta’limning mohiyati insonning belgilangan ta’lim salohiyatini
409
Tarbiyalanuvchi - o‘‘quvchi ta’lim - tarbiyasida, ayniqsa
unda ijtimoiy - huquqiy
ko‘nikmalarni shakllantirishda har bir usul va yo‘nalish alohida e’tiborga olinishi,
tahlil etilishi va aynan uning uzluksizligini ta’minlash muhimdir.
Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat,
ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb
bilgan. Albatta, ta’lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning
rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan
eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni
o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.
Birinchi Prezidentimiz
“Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida ta’kidlanganidek: “Ma’naviyatni
shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil - bu
ta’limtarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun ma’naviyatni
shakllantirishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va ahamiyati katta hisoblanadi”.
Kichik yoshdagi bolalarda ijtimoiy - huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishda
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim jarayoni uzviyligini ta’minlash, uni uzluksiz
davom ettirish o‘qituvchidan kuchli bilim va tafakkurni talab etadi.
Maqsadga erishish, o‘quvchilarni
ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda hayotiy
ko‘nikmalarni shakllantirishda tarbiyachi o‘qituvchilar faqat o‘rgatish va o‘qitish
bilangina cheklanmay, amalda o‘zlari o‘rnak bo‘lsagina ushbu tarbiyaning kuchi
yuqoriroq bo‘ladi. Bu borada diniy bilimlarni ham yetarli
darajada shakllantirish
muhimdir. Diniy tasavvurning sust bo‘lishi bolaning begona g‘oyalarga ishonishi va
ergashishiga asosiy omil bo‘ladi.
Huquqiy ta'lim va tarbiya o‘zaro bog‘liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dia
lektik xarakterga ega bo‘lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi his
oblanadi. Zero, huquqiy ta'lim o‘quvchilarga huquqiy me'yorlar,
qonunlar hamda
ijtimoiy - huquqiy munosabatlar mohiyati to‘g‘risida tizimlangan
bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga
keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni bo‘lib, u izchil,
uzluksiz, tizim-
li tarzda tashkil etilishi lozim.
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy - huquqiy bilim-
410
lar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni
hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy
madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi.
Bolalarda yoshlikdan shaxsiy huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy
ta'lim va tarbiya jarayoning muhim bosqichidir.
Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:
- o‘quvchilarga huquqiy me'yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy munosabatlar
mohiyati hamdaularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to‘g‘risida ma'lumotlar
berish;
- o‘quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish,
- huquqiy ongni qaror toptirishga
erishish;
- o‘quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma, malakalarni hos
il qilish;
- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, idrok, tafakkur, sav
odxonlik, mas'ullik, faollik, e'tiqod va salohiyat)ning qaror topishini ta'min
lash;
- o‘quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me'yorlar, qonunlarning ijtimoiy hayotda
giahamiyatini to‘g‘ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy bo‘lishiga e
rishish, davlat Konstitutsiyasi
va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va bur
chlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan
ehtiyojni qaror toptirish, har
qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil etish)n
i shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: