O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Internet saytlari 
34.
 
 http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель 
узбекского языка. 
35.
 
 http://solver.uz/translate.php — Русско-узбекский переводчик. 


140 
36.
 
http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
22-MAVZU: ILM MASKANIMIZ HAYOTIDAN 
Reja: 
1.Sharif shaharda ilm maskanlari. 
2.Ilm-fan fidoyilari.
Tayanch tushunchalar:
tarix, Forjaq, Mir Arab, jumhuriyat, Ro'dakiy, dorilfunun, 
universitet, Buxoro, Chorjo'y, maorif, institut, Buxoro Pedagogika instituti, Fitrat, 
Fayzulla Xo'jayev. 
Buxoroi sharifda oliy darajadagi o`quv yurtining tashkil topish tarixi Masjidi Jome 
(712-713), Forjaq (VIII asr), Garbiya (1088-1677), Ulugbek (1417), Mir Arab (1535), 
Abdulazizxon (1652), Nodir devonbegi, Ko`kaldosh singari madrasalar tarixi bilan 
bog`liqdir. 1920-yilgacha Buxoroda 127 madrasa faoliyat ko`rsatgan. Bu madrasalarda 
Ismoil al-Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr Narshaxiy, Abduxoliq Gijduvoniy, 
Bahouddin Naqshband, Xoja Ismat Buxoriy, A.Donish, S.Ayniy, A.Fitrat singari buyuk 
buxoriylar qatorida Sharqning Ro`dakiy, Zamaxshariy, Umar Xayyom, Maxtumquli, 
B.Kerboboyev, Muqimiy singari fozil farzandlari ham tahsil olganlar. 1922-yilda 
Buxoro Xalq Jumhuriyati qarori bilan Buxoro va Chorjo`yda xalq maorifi instituti 
ochildi. Bu — zamonaviy oliy o`quv yurti tashkil etish yo`lidagi dastlabki harakat edi. 
F.Xo`jayev va A.Fitrat shu institut negizida dorilfunun tashkil etish g`oyasi bilan 
chiqdilar, ammo BXJning tugatilishi bilan bu g`oya amalga oshmay qoldi. 1930-yilga 
kelib esa Buxoro pedagogika instituti ochildi. Dastlab uning kimyo-biologiya va tarix-
ijtimoiyot singari ikki bo`limida 45 talaba tahsil olgan. 1935-yilda esa BuxDPI tarkibida 
2 yillik o`qituvchilar instituti hamda 5 bo`lim faoliyat ko`rsatdi, keyinchalik bu 
bo`limlar fakultetlarga aylantirildi. Institutning oyoqqa turishida A.Fitrat, Miyonbuzruk 
Solihov, Muso Saidjonov, B.Cho`ponzoda, I.Kojin, F.Trudakov, P.Korolenko, 
N.Merkulovich, V.Abdullayev, G.Yusupov kabi olimlarning xizmatlari katta bo`ldi. 
Ikkinchi jahon urushi yillarida bir qator o`qituvchilar va 47 talaba ko`ngillilar qatorida 
urushga ketdi. Bu murakkab davrda talabalarni o`qishga ko`proq jalb etish maqsadida 
Qarshi, G`ijduvon va Shofirkonda filiallar ochildi. Hozirgi paytda mustaqil 
O`zbekistonning yetakchi oliy o`quv yurtlari darajasiga ko`tarilgan Xorazm, Qarshi va 
Termiz davlat universitetlari ilk bor filial sifatida BuxDPI tarkibida ish boshlagan edi. 
BuxDPI urushdan keyingi yillarda respublikaning yetakchi ilm maskanlaridan biri 
sifatida shuhrat topdi: talabalar soni 1946—1960-yillarda 521 tadan 1575 taga, 1960—
1980-yillarda 7531 taga yetdi; oliygohda turli yillarda M.Mirzayev, Sh.Balavadze, 


141 
S.Aliyev, M.Abdullayev, V.Mo`minov, N.Jabborov, J.Namozov, H.Nematov, 
F.Qosimov, B.Ochilov, R.Vohidov, O.Safarov, A.Atoyev, O.Yoriyev, R.Rahmonov, 
K.Zaripov, S.Inoyatov, O.Roziqov kabi fan va maorif fidoyilari faoliyat ko`rsatdilar; 
fanning kimyo, fizika, geliotexnika, ixtiologiya, falsafa, tarix, adabiyotshunoslik
tilshunoslik singari yo`nalishlari rivoj topdi; 1989-yilda esa BuxDPI huzurida 
tilshunoslik va adabiyotshunoslik yo`nalishlarida aspirantura ochildi. Institut 
respublikaning zamonaviy ilm-fan markazlaridan biriga aylanib, 1981-yilda orden bilan 
mukofotlandi.Institut 1992-yilda universitetga aylantirildi. 
O`zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimоvning 1992-yil 28-fеvraldagi 
Farmоniga asоsan Buхоrо pеdagоgika institutiga Univеrsitеt maqоmi bеrilgach, 
imkоniyatlar yanada kеngaydi. Ayni paytda univеrsitеtda 8 ta fakultеt, 43 ta kafеdra va 
maхsus sirtqi bo`limi hamda malaka оshirish markazi faоliyat ko`rsatmоqda. 
Univеrsitеtda 36 talim yo`nalishi bo`yicha bakalavriat, 22 mutaхassislik bo`yicha 
magistratura, 23 mutaхassislik bo`yicha aspirantura va 4 ta yo`nalish bo`yicha 
dоktоrantura mavjud. 
Hоzirgi kunda univеrsitеtda 8778 talaba tahsil оladi. Bo`lajak mutaхassislarga 36 
nafar fan dоktоri va prоfеssоrlar, 161 nafar fan nоmzоdi va dоtsеntlar fan asоslarini 
o`rgatib kеlmоqdalar.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish