135
So`zlashuv uslubi va uning xususiyatlari. Shevaga xos so`zlar.
Reja:
1.
O`zbekiston Respublikasida ta'lim tizimiga bo`lgan e'tibor
2.
Yurtimizda uzluksiz ta'lim tizimining yo`lga qo`yilganligi
3.
O`zbekistonda mavjud oliy ta'lim muassasalari
Tayanch tushunchalar:
Ta'lim va tarbiya, maktabgacha ta'lim, boshlang`ich
ta'lim, o`rta va o`rta maxsus ta'lim, oliy ta'lim, universitet, institut, akademiya,
konservatoriya.
O`zbekiston ta`lim tizimi O`zbekiston Respublikasi ta'limi Ta`limning o`z ichiga
maktabgacha ta'lim, umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limini qamrab oluvchi
yangi uzluksiz va izchil tizimi barpo etiladi. Oliy kasb-hunar ta`limining bakalavrlar va
magistrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi ikki bosqichli tizimi joriy etiladi. Aspirantura
va doktorantura faoliyati rivojlanib boradi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash bo`yicha raqobat bardosh ta`lim muassasalari vujudga keltiriladi. Ta`lim
muassasalarini hududiy yo`nalishga o`tkazish va tarkibiy tuzilmasini o`zgartirish ishi
amalga oshiriladi.
Uzluksiz ta`lim tizimini rivojlantirish va uning
samaradorligini baholash
monitoringi amalga oshiriladi. Uzluksiz ta`lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash
va qayta tayyorlash ustuvorligi ta`minlanadi. Maktabgacha ta`lim, 6 -7 yoshgacha
oilada, bolalar bog`chasida va boshqa ta`lim muassasalarida olib boriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasalarining asosiy maqsadlari:
* Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar
bilan tanishtirish;
* Bolalarga yuqori ma`naviy va odob-axloq asoslarini shakllantirish;
*Bolani intellektual rivojlantirish;
* Bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini mustahkamlash;
* Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish.
Boshlang`ich ta`lim (1-4 sinflar), umumiy o`rta ta`lim (1-9 sinflar). Boshlang`ich
ta`lim O`zbekistonda majburiy, bepul va barchaga taaluqli hisoblanadi. Umumiy o`rta
ta`lim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tashkiliy mahorat
va amaliy tajriba poydevorini qo`yib, boshlang`ich professional yo`nalishni va
ta`limning keyingi pog`onasini tanlashda ko`maklashadi.
O`rta maxsus kasb-hunar ta'lim. O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi kunduzgi
ko`rinishda ikki yo`nalishda akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarda amalga
oshiriladi. Kasb-hunar kollejlar va akademik litseylarda kasb-hunar o`rgatilib, malaka
136
shakllantiriladi. O`quvchilarning
bilimlari, aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan,
ularning imkoniyatlari va qiziqishlari asosida yo`naltirilgan. O`quv yili ikki semestrdan
iborat. Kasb-hunar kollejlari uchun mahalliy hokimiyatning
bajaruvchi organlari
tomonidan rivojlangan korxona yoki muassasalardan vasiylar tayinlanadi. Oliy o`quv
yurtlari qoshida ochiladi.
Oliy ta'lim universitetlar, akademiyalar, institutlar. (Bakalavriat, magistratura).
Universitet, akademiya, institut oliy va undan keyingi ta`lim uchun ta`limni bir nechta
yo`nalishda beradi. Ta`lim sohasida belgilangan oliy va oliy ta`limdan so`nggi ta`lim.
Oliy va oliy ta`limdan keyin o`quv dasturlarini bajarishni ta`lim va fanning ma`lum bir
me`yorida amalga oshiradi. Turli sohalardagi mutaxassislarning malakasini oshiradi va
qayta tayyorlaydi. Belgilangan tartibda mutaxassislarning malakasini oshiradi va qayta
tayyorlaydi. Mutaxassislarni ma`lum bir sohada qayta tayyorlash va malakasini oshirish
bilan shug`ullanadi. Fanning turli yo`nalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni
olib boradi. Fan,
madaniyat, san`at sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqot
ishlarini olib boradi. Fundamental va amaliy tadqiqot ishlarini olib boradi. Ilm sohasiga
bog`liq me'todik markaz hisoblanadi. O`z faoliyati doirasida yetakchi ilmiy, me'todik
markazi hisoblanadi.
O`zbekiston Birinchi Prezident I.A.Karimovning 1992-yil 28-fevraldagi
“Respublikada yangi oliy o`quv yurtlari tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni asosida
Andijon
davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti,
Qarshi davlat universiteti,
Namangan davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Termiz davlat universiteti,
Urganch davlat universiteti kabi bir necha universitet hamda ularning filiallari ochildi.
Respublikada bugungi kunda jami 76 oliy o`quv yurti faoliyat ko`rsatmoqda. Shulardan
3 tasi akademiya, 20 tasi universitet, 37 tasi institut, 1 tasi konservatoriya, 2 tasi oliy
maktab (texnik, milliy raqs) va 8 ta respublika, chet el oliygohlar filiallari: Toshkent
tibbiyot akademiyasining Farg`ona va Urganch, Toshkent
tibbiyot pediatriya
institutining Nukus filiallari, Rossiyaning Gubkin nomidagi Neft va gaz universiteti,
M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti hamda G.Plexanov nomidagi
Iqtisodiyot akademiyasining Toshkentdagi filiallari. Shuningdek, Singapur menejmenti
rivojlantirish instituti, Vestminster universiteti, Toshkent shahridagi INHA universiteti
hamda Turin politexnika universiteti.
Do'stlaringiz bilan baham: