581-modda. Sudning ajrimi ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash haqidagi ishni yuritishni to‘xtatish va tugatish,
ushbu choralarni qo‘llash, ularni bekor qilish yoki o‘zgartirish, ishni yuritishni umumiy tartibda
tiklash, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini bekor qilish yoki o‘zgartirishni rad etish
to‘g‘risidagi hamda ish yuritishni umumiy tartibda tiklashni rad etish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan
o‘ziga nisbatan sud ajrimi chiqarilgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchi va uning vakili xususiy
shikoyat berish, prokuror esa xususiy protest bildirish huquqiga ega.
Fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash
to‘g‘risidagi masala bo‘yicha sud ajrimining fuqaroviy da’voga tegishli qismi ustidan xususiy
shikoyat berishga haqli.
Ushbu moddada nazarda tutilgan ajrimlar ustidan berilgan xususiy shikoyatni, protestni
apellatsiya instansiya sudi ushbu Kodeksning
55 -bobida
belgilangan qoidalarga rioya etgan holda
ko‘rib chiqadi.
(581-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
62-bob. YaRAShUV TO‘G‘RISIDAGI IShLAR BO‘YIChA ISh YuRITISh
582-modda. Yarashilganligi munosabati bilan ko‘rib chiqiladigan jinoyat ishlari
Yarashilganligi munosabati bilan Jinoyat kodeksining
66 -moddasida
nazarda tutilgan
jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilishi mumkin.
583-modda. Yarashuv to‘g‘risidagi ariza
Yarashuv to‘g‘risidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar) yoxud uning qonuniy vakili
tomonidan surishtiruv va dastlabki tergovning, shuningdek sud muhokamasining istalgan
bosqichida, ammo sud maslahatxonaga kirishidan oldin berilishi mumkin.
Arizada yetkazilgan ziyon bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan
jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritilishini tugatish to‘g‘risidagi iltimos ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Agar yarashuv to‘g‘risidagi ariza ish birinchi instansiya sudida sud muhokamasidan
o‘tkazilayotganda berilgan bo‘lsa, sud uni darhol ko‘rib chiqishga kirishadi.
Agar ish bo‘yicha bir necha jabrlanuvchi bo‘lsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga
erishilgan taqdirda, yarashuv to‘g‘risidagi ishni yuritish mumkin.
Arizani qabul qilish paytida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jabrlanuvchiga yoki
uning qonuniy vakiliga sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish bo‘yicha ish yuritishni qayta tiklash
to‘g‘risida iltimosnoma berish huquqini yo‘qotishini tushuntirishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |