yuritishni shaxsning ruhiy holati buzilgan bosqichdan boshlab umumiy tartibda tiklash to‘g‘risidagi
masalani hal qilishi kerak.
(579-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
580-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini uzaytirish, o‘zgartirish yoki tugatish va
ish yuritishni umumiy tartibda tiklash
(580-modda nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini uzaytirish, o‘zgartirish yoki
tugatish va ish yuritishni
umumiy tartibda tiklash to‘g‘risidagi masalalarni sud tomonidan ko‘rib chiqishga quyidagilar sabab
bo‘ladi.
(580-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi
O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-
son)
1) majburlov chorasi tayinlangan shaxs saqlanayotgan tibbiy muassasa ma’muriyatining
shifokorlar komissiyasi bergan xulosaga asoslangan iltimosnomasi;
2) prokurorning shifokorlar komissiyasi bergan xulosaga asoslangan taqdimnomasi;
3) mazkur shaxsning himoyachisi,
yaqin qarindoshlari, qonuniy vakillari yoki boshqa
manfaatdor fuqarolarning, shuningdek jamoat birlashmalari va jamoalarning iltimosnomasi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi tayinlangan, ruhiy holati buzilgan
shaxslarni shifokorlar
komissiyalari yoki tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazish olti oyda kamida
bir marta amalga oshiriladi.
(580-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini uzaytirish, o‘zgartirish yoki tugatish,
shuningdek ish
yuritishni umumiy tartibda tiklash masalalarini tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash
to‘g‘risida ajrim chiqargan sud yoki ushbu chora qo‘llanayotgan joydagi sud ko‘rib chiqadi.
(580-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ish sudda ko‘rishga tayinlangani to‘g‘risida sud taraflarga, shuningdek iltimosnoma bilan
murojaat qilgan tibbiy muassasa ma’muriyatiga, shaxslarga, jamoat
birlashmalari va jamoalar
rahbarlariga xabar qiladi.
Sud majlisida prokuror va himoyachining ishtirok etishi shart.
Ushbu modda birinchi qismining
3-bandida
nazarda tutilgan hollarda sudya ishni sudda
ko‘rishga tayinlashdan oldin tegishli tibbiy muassasadan shu shaxsning sog‘lig‘i to‘g‘risida
shifokorlar komissiyasining xulosasini talab qilib oladi.
Shifokorlar komissiyasining iltimosnomaga qo‘shib berilgan yoki talab qilib olingan xulosasi
sudda shubha tug‘dirsa, sud sud-psixiatriya
ekspertizasini tayinlashi, qo‘shimcha hujjatlar talab
qilishi, iltimosnoma kim haqida berilgan bo‘lsa, shu shaxsni, jabrlanuvchini, guvohlarni so‘roq qilishi
va boshqa zaruriy harakatlarni o‘tkazishi mumkin.
Sud majlisida dalillarni tekshirish ushbu Kodeksning
439 — 448-moddalarida
nazarda tutilgan
qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi.
Dalillarni tekshirish nihoyasiga yetgach, sud tomonlarning
muzokarasini eshitadi, bu
muzokara prokuror va himoyachi nutqidan iborat bo‘ladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini uzaytirish, o‘zgartirish yoki tugatish haqida, shuningdek
uni uzaytirishni, o‘zgartirishni yoki tugatishni rad etish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi, bu ajrim sud
majlisida o‘qib eshittiriladi.