layoqatliligi
masalasini hal etish, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tanlash uchun
statsionar ekspertiza o‘tkazilayotgan bo‘lsa, shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilgan davrda,
basharti boshqa protsessual harakatlarni o‘tkazishga hojat bo‘lmasa, ishni yuritish to‘xtatib turilishi
mumkin.
(569-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ishni yuritishning to‘xtatib turilishi ayblanuvchini qamoqda saqlash va shaxsning tibbiy
muassasada bo‘lishiga oid qonunda belgilangan muddatlar o‘tishini to‘xtatmaydi.
570-modda. Shaxsning tergov va sud harakatlarini yuritishdagi ishtiroki
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanishi to‘g‘risida
ish yuritilayotgan
shaxs sog‘aysa yoki unda beqaror remissiya holati yuz bersa va shu tufayli so‘roqlarda to‘g‘ri
ko‘rsatuv bera olsa hamda boshqa tergov va sud harakatlarida ishtirok eta olsa, surishtiruvchi,
tergovchi va sud bu shaxsga tergov qilishda va sud muhokamasida qatnashish hamda o‘zini
himoya qilish huquqini amalga oshirish imkonini berishi lozim.
(570-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llash to‘g‘risida ish yuritilayotgan
shaxs: unga qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlik uchun ayb qo‘yilayotganini
bilishga;
ko‘rsatuv berishga; dalillar taqdim qilishga; iltimoslar qilishga; surishtiruv
yoki dastlabki tergov
tamomlanganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqishga; himoyachiga ega
bo‘lishga; sud muhokamasida qatnashishga;
rad qilishga; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va
sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat qilishga haqlidir.
(570-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Surishtiruvchi, tergovchi tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash
ishini yuritishni
boshlash va sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash to‘g‘risidagi qarorni e’lon qilganda mazkur
shaxsga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlarini tushuntirib beradi.
Huquqlar tushuntirilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
(570-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Mazkur shaxs alohida tergov va sud harakatlarini yuritish vaqtida ushbu Kodeksdagi
ayblanuvchi va sudlanuvchilar uchun belgilangan huquqlarga ham ega.
Do'stlaringiz bilan baham: