104
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
interfaol o‘quv-uslubiy majmualar yaratish jarayonida individual va differensialli yondashuvni
amalga oshirish uchun ish rejalari va nazariy materialni unga mos tuzishi va ta’lim jarayonini ham bu
yondashuvga moslashtirishi lozim
1
. Informatika bo‘yicha interfaol o‘quv-uslubiy majmualar yaratish
metodologiyasida o‘quv materialini yoritishning ikki yondashuviga
asoslanish maqsadga muvofiq
bo‘lar edi, ya’ni, o‘quv materiali iloji boricha mayda qismlarga (mayda bo‘laklar, qismlar, punktlar)
bo‘lib o‘rganish, o‘quv materiali yirik bloklarda (modul shaklida) berish. Har ikkala yondashuvning
ham yutuqlari va kamchiliklari bor. O‘quv materialini kichik bo‘laklarga bo‘lib (portsiya, qadamlar)
o‘rganish ta’limning dasturlashtirib o‘rganish metodiga xos. Bu holda o‘quv materiali o‘quvchi
tomonidan oson o‘zlashtiriladi. Chunki bunda o‘quv materiali bitta topshiriq (vazifa)gacha kichik
bo‘lakka bo‘linadi. Materialni esda saqlash osonlashadi. O‘quvchiga individual yondashish
prinsiplari amalga oshadi. Ikkinchi holda, ya’ni, o‘quv materialini katta bloklarda, ya’ni yiriklashtirib
o‘rganishda o‘rganilayotgan tushuncha boshqa tushunchalar bilan bog‘liqligi va bu tushunchaning
rivojlanish dinamikasi uchun sharoit yaratiladi. Chunki o‘rganilayotgan tushuncha tayanch ibora
(tayanch
tushunchalar, asosiy tushuncha)ga bog‘lab o‘rganiladi. O‘quvchining olgan bilimi
chuqurlashadi va sistemalashadi. O‘quv materialini kichik qismlarga bo‘lib o‘rganishda bilimlar
yetarlicha chuqurlashmaydi va olingan bilim tez esdan chiqadi. Shuning uchun o‘quv materialini
berishda ikkinchi yondashuvning samarasi ma’lum. Ikkinchi yondashuvda
modul tushunchasi
alohida ahamiyat kasb etadi va o‘quv materialini bloklar yoki modullarga ajratib o‘qitish bilan bog‘liq
bo‘ladi. Shuning uchun biz modul tushunchasini ochib beruvchi ma’lum ta’riflarni keltiraylik.
Modul – fanning fundamental tushunchasini o‘rganishga yo‘naltirilgan, ma’lum prinsiplar
asosida tuzilgan o‘quv materiali birligidir. Modulning elementi – moduldagi o‘quv axborotining
tarkibini aniqlovchi, modulning tarkibiy qismi. Modul – ma’lum hodisa, qonun, bo‘lim, yirik mavzu
yoki o‘zaro bog‘liq tushunchalar guruhini o‘z ichiga oladi. Modul – o‘quv materialining mantiqan
tugallangan birligi bo‘lib, o‘quv fanining bir yoki bir necha fundamental tushunchalarini o‘rganishga
qaratilgan. Modulni ba’zan bo‘lim yoki blok deb ham tushunishadi.
Mikromodulni o‘quv rejasidagi eng yaqin o‘zaro bog‘liq fanlar guruhi deb tushunishadi.
Shuning uchun o‘quv materiallarini modullashtirish o‘quvchilar bilan differensial (tabaqali) va
individual ishlash imkoniyatini yaratadi. Modulli o‘qitish – faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro
uzviy
bog‘langan elementlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi
2
. Modulli o‘qitishning asosiy vazifasi
tugallangan axborotlar blokidir. Modulli o‘qitishda o‘quv dasturlarini to‘la, qisqa yoki
chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali tabaqalab o‘qitish imkoniyati yaratiladi. Modulli o‘qitishda
fanlararo aloqadorlikka jiddiy e’tibor beriladi. O‘rganilayotgan materialdagi
asosiy tushuncha va
tayanch iboralarning tatbiqlari, berilish hajmi, fanlararo bog‘lanishi va muammolari ta’lim
standartlariga mos beriladi. Modulli o‘qitishda o‘quvchilar uchun o‘quv-uslubiy majmuaning
yaratilishi talab etiladi. O‘quv-uslubiy majmuaning tarkibiy qismi: nazariy materialning ma’ruza
kursi; amaliy ishlarni bajarish uchun
uslubiy tavsiyalar majmuasi; bilimlarni nazorat qilish uchun
savollar majmuasi; masala, mashq, seminar mashg‘ulotlari, muammoli savollar to‘plami va ularni
bajarish uchun uslubiy tavsiyalardir. O‘quv-uslubiy majmuaning vazifalari: o‘rganilayotgan
materialning yaxlit manzarasini tasavvur etish va tushunishda o‘quvchiga yordam berish; materialni
o‘zlashtirishni
osonlashtirish; ta’limni individuallashtirish; nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilishni
takomillashtirish. O‘quv-uslubiy majmuaning vazifalarini bajarish ta’limda innovatsion
yondashuvlarni qo‘llashga imkon yaratadi. O‘UM yordamida bilish faoliyati
va motivatsiyalarni
yaratish hamda talabalarning fundamental bilimlar va o‘z-o‘zini nazorat qilish elementlarini o‘z
1
Gvaramiya G., Margviashvili I., Mosiashvili L. Opыt razrabotki kompьyuternыx uchebnыx posobiy po fizike. Informatika i obrazovaniya,
№6, 1990
2
Yuldashev U.
Yu. Zokirova F.M. Informatika o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. 1, 2 – qismlar, Toshkent, 2004