83
Kurashchilarni harakatlar va mashqlarni bajarishdagi kamchiliklarini bartaraf
etish va to‘g‘ri bajarish bo‘yicha murabbiy uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalar
beradi. Mashq va harakatni bir necha bor takrorlab ko‘rsatib berishlari mumkin.
SHundan so‘ng har bir kurashchini alohida holatda kurash mashq va harakatlarini
bajara olish malakasini nazorat qiladi. Kamchiliklarini tuzatadi. Kerakli
tavsiyalarni beradi.
Kurashchilar har bir mashq va harakatni ko‘p marotaba takrorlashlari kerak.
Bu jarayonda kurash mashqlar va harakatlarini avtomatik
tarzda bajara olish
maxorati shakllanadi. SHu bilan birga kurash mashq va harakatlarini bellashuv
jarayonlarida samarali bajarish malakasi shakllantiriladi. Buning uchun har bir
mashg‘ulotda aynan bir kurash mashq yoki harakatini qo‘llab kurash tushish
tavsiya etiladi. Bu uslub kurashchilarda kurash
harakatlari va mashqlarini
bellashuv jarayonlarida muvaffaqiyatli bajara olish malakasini shakllantirishga
katta yordam beradi.
Kurash turlarida mashg‘ulotlar jarayonlarida quyidagi yo‘nalishlarda olib
boriladi: jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, texnik va taktik mahoratni
shakllantirish. Jismoniy fazilatlarni rivojalantirish har bir mashg‘ulot jarayonlarida
tashkil etiladi. SHu bilan birga haftalik mashg‘ulot
jarayonlarining bir kunini
jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi ham mumkin. Bunda
chidamlilikni rivojlantirish uchun uzoq masofalarga yugurishlar va krosslar
o‘tkaziladi. Kuch fazilatini rivojlantirishda kuch trenajerlarida mashqlar bajariladi.
CHaqqonlikni rivojlantirish uchun futbol,
basketbol, gandbol yoki regbi o‘yini
o‘tkazilish mumkin. SHuningdek suzish mashqlari yordamida ham kurashchilar
organizmi jismoniy rivojlantirilishi va sog‘lomlashtirilishi mumkin.
Har bir mashg‘ulotlarda kurashchilar jismoniy fazilatlarini rivojlantirishda
xususiy yondoshishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda kurashchilar o‘zlarining
yaxshi rivojlanmayotgan jismoniy sifatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratadilar.
Jismoniy mashqlarda quyidagi mashqlarni bajarish tavsiya etiladi.
Mukul kuchini rivojlantirish uchun: og‘irliklar bilan mashqlar. Gantellar,
shtanga va polvon toshlar bilan kuch mashqlari bajarish. Kurashchilarning o‘tirib
84
turish mashqlarini bajarish: chuqur o‘tirish, o‘rta o‘tirish, bir oyoqqa o‘tirish,
o‘tirib harakatlanishlar. SHerigi qarshiliklari bilan mashqlar – surish, tortish,
qisish, bosish mashqlari.
Tezkorlikni ortirish uchun arqonda sakrash mashqlari.
SHerigi yordamida
tezkor mashqlar bajarish.
CHaqqonlik va egiluvchanlikni rivojlantirish uchun akrobatika mashqlari:
oldinga va orqa tamonga do`mbaloq oshish, balandlikka va uzunlikka do‘mbaloq
oshish mashqlari, elka bilan do`mbaloq oshish. Gilamga tushish zarbasini
pasaytirish, himoyalanish harakatlari.
Jismoniy fazilatlarni rivojalantirish mashqlar shakllari: YUrish, yugurish va
sakrashni navbatlashtirish. Yo‘nalishni o‘zgartirib sportcha yurish, chuqur odimlab
yurish.
CHo‘qqayib yurish, tizzalarni baland ko‘tarib yurish, qo‘llarni harakatlantirib
yurish,
sakrab-sakrab yurish, maksimal tezlik va turgan joyda yurish, yugurish:
tabiiy to‘siqlarni engib o‘tib yurish va yugurish, turgan joyda burilib turib oldinga,
orqaga, yon tomonlarga uzunlikka sakrash.
Buyumlarsiz bir kishi bajaradigan mashqlar. Ular asosiy muskul guruhlarini
qisqartirish, cho‘zish va bo‘shashtirishga hamda kuchlilikni, tezlikni, chaqqonlikni
va egiluvchanlikni rivojlantirish uchun harakatlar koordinasiyasiga yo‘naltirilgan
bo‘ladi. Buyumlarsiz bajariladigan mashqlar bir joyda tik turib, o‘tirib
va yotib
bajariladi. Ular katta amplituda bilan ravon, tezlikni asta-sekin oshirib va tez ijro
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: