49
muhim ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi. Mashg‘ulotlarga muntazam qatnashish,
usullar texnikasi va taktikasini maxorat bilan egallash, kurash harakatlarini
bajarishdagi xatolar va kamchiliklarni uslubiy ko‘rsatmalar yordamida muntazam
bartaraf etib borish, jismoniy yuklamalardan texnik va taktik maxoratni ortirib
borishda samarali foydalanish kurashchilar ta’lim
va tarbiya tamoyillarining
mazmuni bo‘lib sanaladi.
Kurashchilar hujum va himoya taktikalarga o‘rgatishda, ularda g‘alabaga
bo‘lgan ishonch va tirishqoqlikni tarbiyalashda ma’naviy ruhiy iroda
tayyorgarligining ahamiyati katta bo‘lib hisoblanadi. Ruhiy iroda tarbiya
jarayonlarida axloqiy sifatlardan mardlik, dovyuraklik, qat’iyatlilik va puxtalik
bilan bir qatorda bellashuv “sarosimasi” kabi salbiy ko‘rinishlar barham etiladi.
Bellashuv “sarosimasi” hosil bo‘lishi Kurashchining
tayanch harakat apparati,
muskul qo‘zg‘olishini tormozlaydi, markaziy nerv tizimida salbiy qo‘zg‘olish
kuchayib ketadi. YUrak urishi tezlashib, sovuq ter chiqadi, oyoqlar qaltiraydi, ko‘z
o‘ngi qorong‘ulashadi, ba’zan ovozlar eshitilishi ham pasayib ketadi. Bu holatda
bellashuvda kurashchi usullarni to‘laqonli bajara olmaydi, etarli darajada
himoyalana olmaydi, qarshi hujumlar qo‘llay olmaydi va natijada mag‘lubiyatga
uchraydi. Bunday salbiy holatlar dastlabki tayyorgarlik guruh kurashchilari
o‘rtasida ko‘p uchrashi mumkin.
SHu bilan birga bu holatga tushishda kurashchining
ruhiy xususiyatlarining
shakllanish darajasi ham sabab bo‘ladi. Guruh a’zolari o‘rtasida muntazam
bellashuvlar o‘tkazib borish, bellashuv “sarosimasi”ning yo‘qolib borishini
ta’minlaydi. SHu bilan birga kurashchining musobaqalarda ishtirok etish
malakalari ortib borishi bilan ham bellashuv “sarosimasi” barham topadi.
Kurashchilarning ruhiy iroda tayyorgarligi musobaqa natijalariga keskin o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. SHunday kurashchilar borki guruh bellashuvlarida, ichki
musobaqalarda muntazam mag‘lubiyatga
uchraydilar, lekin ular safardagi
musobaqalarda muvaffaqiyatlarga erishadilar. Buning aksi o‘laroq guruh va ichki
musobaqalarda hamma raqiblaridan ustun kelgan kurashchilar ba’zan safardagi
musobaqalarda
mag‘lubiyatga uchraydilar. SHuning uchun murabbiylar
50
kurashchilarning texnik, taktik va jismoniy tayyorgarliklarini tashkil etishda
ularning ruhiy va ma’naviy iroda tayyorgarliklariga ham katta e’tibor
qaratishlari
kerak. Kurashchilarni sport tayyorgarliklarini takomillashtirishda, musobaqalarga
tayyorgarliklarini tashkil etishda ruhshunoslardan tavsiyalar olish, ularning
ko‘rsatmasiga muvofiq mashg‘ulotlarni tashkil etish hamda kurashchilar shaxs
xususiyatlariga muvofiq individual yondoshish kurashchilarni musobaqalarda
muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini ta’minlaydi.
Kurash mashg‘ulotlarida kurashchilar texnik va taktik tayyorgarliklarini
takomillashtirish hamda jismoniy fazilatlarini rivojlantirishni ta’lim va tarbiya
usullari, ta’lim va tamoyillari asosida tashkil etilishi muhim. Ta’lim va tarbiya
tamoyillari hamda uslublari kurashchilar tayyorlashning har bir bosqichida o‘z
maqsad va vazifasiga ega bo‘ladi. Olimpiada zaxiralari tayyorlash bo‘lgan
kurashchilar dastlabki sport tayyorgarlik bosqichida ta’lim va tarbiya tamoyillari
hamda uslublarining maqsad va vazifasi yosh kurashchilarda kurash sportiga
qiziqishlarini ortirish va jismoniy qobiliyatlarini
takomillashtirishdan iborab
bo‘ladi.
Mutaxassislik sport tayyorgarlik bosqichida ta’lim va tarbiya tamoyillari
texnik va taktik tayyorgarlikni hamda ma’naviy ruhiy iroda tayyorgarlikni tashkil
etishga qaratilgan bo‘ladi. YUqori malakali sportchilar tayyorgarliklarida esa
ta’lim va tarbiya tamoyillari hamda uslublari sport maxoratini ortirishda va uslubiy
va hakamlik tayyorgarliklarida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: