RW, Floppy)....Qani Kettik: Qachonki kompyuterni yoqganimizda Blok pitaniyadan Motherboardga
va HDD ga hamda Kuller(vintilyator)ga 12,5,3 voltli toklar keladi. Motherboardga kelgan tok
yordamida Mikroprotsessor shu Motherboardning registorida(o'zini xotirasida)
joylashgan BIOS
dasturiga boradi va uni buyruqlarini bajara boshlaydi. BIOS asosan qurilmalarni tekshirish uchun
ishlatiladi. Qurilmalar ishga soz xolatda ekanligini bilgach, Microprotsessor CMOS (Complementary
Metall-Oxide Semiconductor Shaxsiy kompyuterning ona platasidagi CMOS-xotira mikrosxemasi.
Kompyuterning tarkibiy tuzilmasini saqlash uchun xizmat qiladigan hajmi katta bo‘lmagan
energiyaga mustaqil xotira) xotiradagi Qattiq diskni Operatsion tizim yuklanuvchi fayli BOOT.exe
joylashgan sektoriga ko'rsatkich orqali qattiq diskga yetib boradi va operatsion tizimni ishga tushiradi.
Operatsion tizimni ishga tushirishda uning eng asosiy qismlarini operativ xotiraga qattiq
diskdan yuklab oladi, so'ng shu qismlaridagi buyruqlarni birma bir bajaraveradi. Qachonki siz biror
dasturni ishga tushirganingizda sichqonchani dastur ustida bosishingiz
mikroprotsessor uchun
operatsion tizimning yangi bir "Dasturni och!" buyrug'ini bajarishiga turtki bo'ladi. Dasturni ochishda
shu dastur joylashgan qattiq diskdagi sektorga mikroprotsessor yetib boradi va u yerdan ham
dasturning kerakli qismlarinigina olib chiqadi, hamda ularni ham operativ xotiraga joylab qo'yadi.
Shunda operativ xotirada ham operatsion tizimning o'zini kerakli qismlari
ham dasturni kerakli
qismlari yuklanadi. siz dasturda ishlash jarayonida yana bir boshqa buyruq bersangiz, masalan
"natijani xotirada saqla!"
- mikroprotsessor borib, dasturni saqlash uchun ishlatiladigan qismini
chaqirib keladi va uni ham operativkaga yuklaydi. so'ng uni buyrug'i bo'yicha siz hosil qilgan hujjatni
olib, qattiq diskga boradi va uni biror joyiga shu hujjjatni yozib qo'yadi. Hujjat ayni qaysi dasturga
tegishli ekanligini keyingi kelishlarda bilishlik uchun hujjat ortiga dasturning mahsus kengaytmasini
(masalan Microsoft office word 2007 dasturida bu kengaytma "docx")nuqtadan keyin yozib qo'yadi,
masalan hujjat_nomi.docx.
Mikroprotsessor tez-tez amalga oshirishi kerak bo'lgan buyruqlarini o'zini
ichidagi
kichkinagina KESH xotirasiga yozib qo'yadi, sababi hadeb operativ xotiraga borib kelaversa ko'p vaqt
ketib qolishi mumkin. Ushbu bo'layotgan jarayonlarni ichidan faqat o'zingizga ko'rsatib turiladiganini
sizga sistema bloki ichidan videokarta monitorga olib chiqib berib turadi. Klaviatura orqali esa siz
yangi yangi buyruqlarni beraverasiz....Demak operatsion tizim siz va qurilmalar o'rtasida, siz
ishlatayotgan dasturingiz va qurilmalar o'rtasida vositachilik vazifasini bajarar ekan.
Ona plata esa
mikroprotsessor uchun u yoqdan bu yoqqa yugurib yugurib yurishi uchun yo'l vazifasini bajarar ekan.
Masalan, qattiq diskdan o'zini xotirasiga , o'zini xotirasidan operativ xotiraga, undan videokarta orqali
signal uzatish uchun videokartaga va hokazo qurilmalarga borishi uchun xuddi bir yo'l vazifasini
bajarar ekan, bu yo'llarni esa biz shinalar deb ataymiz, masalan operativ xotira bilan mikroprotsessor
o'rtasidagi yo'l juda katta va tekis, tezligi ham yuqori bo'lishi kerak,
chunki operativka bilan
mikroprotsessor o'zaro ko'p bordi keldi qilishadi. Dastur
bilan
berilgan
ma’lumotlarni
o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli
moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma-protsessor deb ataladi. Protsessorda arifmetik
va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturda berilgan ko’rsatmalarning berilgan
ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish hamda asosiy xotira o’rtasida aloqa o’rnatish
amalga
oshiriladi.
Protsessor katta integral sxemalardan foydalanish asosida quriladi. Protsessor
kompyuterning asosiy qurilmalaridan, ya’ni kompyuterning “yuragi” deb hisoblanadi. Bir so’z bilan
aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarini bajaradi.
Shaxsiy kompyuterning eng muhim ko’rsatkichi uning ishlash tezligi va ma’lumotlarni saqlash
uchun xotira hajmidir. Ma’lumki, 2 sonini turli darajalari bo’lgan 4, 8, 16, 32, 64 lar bilan bog’liq
bo’lgan mikroprotsessorlar qabul qilishi mumkin bo’lgan betlar soni kompyuterlarning razryadini
belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: