42
2– BOB. MARKETING TADQIQOTLARINI TASHKIL ETISH
2.1. Marketing tadqiqotlarining ikki yo‘nalishi
Marketing tadqiqotlarida turli xil hisob-kitoblar keng qo‘llanadi, rivojlanish
proporsiya va tendensiyalarini o‘lchash, miqdoriy qonuniyatlar va o‘zaro aloqalarni
aniqlashga imkon beradigan statistik formulalar foydalaniladi. Shu bilan bir paytda
miqdoriy tavsifnomalardan foydalanish, taxminiy baholash va dalillarni qayd etishga
ehtiyoj mavjud.
Marketing tadqiqotlariinng ikki xil maktabi (ikkita asosiy yo‘nalish) ma’lum:
bir tomondan, tadqiqot va uning natijalarini rasmiylashtirish, ya’ni
miqdoriy
baholardan foydalanish, statistik va ekonometrik modellar va hokazolardan
foydalanish tarafdorlarining, boshqa tomondan esa, norasmiy tahlil, miqdoriy
baholash, grafik modellar tarafdorlarining maktablaridir. Bu yo‘nalishlarning har biri
o‘z ustunlik va kamchiliklari mavjud. Xususan, rasmiylashtirish
aniq va ishonchli
baholar beradi, ko‘plab omillarni hisobga olishni ta’minlaydi, istiqbolga rivojlanishni
bashorat qilishga imkon beradi, biroq ma’lum bir bilimlarni, kompyuter
texnologiyasidan va maxsus amaliy dasturlardan foydalanishni talab qiladigan
sermehnat tadqiqotchilik jarayonini ko‘zda tutadi, statistik axborot to‘plashga ehtiyoj
sezadi. Rasmiy usullardan foydalanish ko‘rsatkichlarni aniq rasmiylashtirishni,
natijalarni talqin qilishda ikkiyoqlama sharhlashni taqiqlashni talab qiladi.
Tahlilni
rasmiylashtirish bir xil natija berishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlarni ko‘p marta takror
ishlab chiqarish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Marketing tadqiqotini rasmiylashtirish – matematik apparatdan: miqdoriy
tavsiflar, baholar va hisob-kitoblar, statistik va iqtisodiy modellash
tirish va bashorat
qilish usullaridan foydalanish.
Norasmiy yondashuv qator afzalliklarga ega, u tezkor, ko‘p hollarda ishonchli
baholar beradi, matematik apparatdan foydalanishga
muhtojlik sezmaydi, biroq u
yetarli darajada yuqori aniqlikka ega emas, doim ham ob’ektiv emas, xodimlardan
43
katta tajriba va yuqori malaka talab qiladi. O‘ylaymizki, bu yo‘nalishlarni muayyan
vaziyat va maqsadlardan kelib chiqib uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiq.
Marketing tadqiqotida norasmiy usullar – sifat baholari va tavsiflardan, grafikli
modellashtirishning taxminiy tavsiflaridan foydalanish.
Muayyan marketing tadqiqotlarida ko‘pincha tadqiqot jarayonining rasmiylik
darajasi yuqoriligi (matematik apparatdan, statistik modellashtirish usullari va h.k.dan
foydalanish) o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning norasmiy, tasviriy tavsifi, sifat
baholari, ya’ni o‘ziga xos bozor diagnostikasi bilan birlashtiriladi.
Marketing
tadqiqotlari metodologiyasi bu ikki yo‘nalishni muvaffaqiyatli birlashtirish va bir-
birini boyitish, to‘ldirishga imkon beradi.
Marketing tadqiqotlari strukturasi va tipologiyasi
.
Uslubiy asoslarni ishlab
chiqish marketing tadqiqotining eng mas’uliyatli jihati sifatida ko‘rib chiqilishi
mumkin. Marketing tadqiqoti belgilangan strukturaga ega bo‘lib, ma’lum bir ketma-
ketlikda yoyiladi. Marketing tadqiqoti strukturasi tadqiqot konsepsiyasini ilgari surish
va xulosalar chiqarishdan boshlab bozorni o‘rganish va modellashtirishning beshta
elementi yoki beshta bosqichini ajratishga imkon beradi.
Marketing tadqiqoti umumiy konsepsiyani ishlab chiqishdan (lat. conception –
asosiy g‘oya) boshlanadi, so‘ngra muayyan uslubiyatlar ishlab chiqishni qamrab oladi
(tadqiqot maqsadlariga muvofiq). Marketing tadqiqoti konsepsiyasi bozor jarayonlari
va hodisalari
qonuniyatlarini aniqlash, bozorning har tomonlama va to‘liq
tavsifnomasini olish g‘oyasini ifodalaydi.
Marketing tadqiqoti konsepsiyasi – bozor holati va rivojlanish qonuniyatlari va
tendensiyalari xaqida mukammal bilim olish asosiy g‘oyasi.
Xuddi shu bosqichda tadqiqotning u yoki bu variantlarini asoslab beradigan
g‘oyalar qatori ilgari suriladi. Ilgari surilgan g‘oya asosida muayyan marketing
tadqiqotining algoritmlari ishlab chiqiladi. Bu, o‘z navbatida, belgilangan
imkoniyatlar va voqeliklarni hisobga olgan holda yechiladigan muayyan vazifalar
qo‘yishni ta’minlashga imkon beradi. Marketing tadqiqotida algoritmlash hisob-kitob
jarayoni
mazmunining rasmiy yozuvlarini, uning strukturasi va bosqichlari ketma-
ketligni ko‘zda tutadi.