54
➢
doimo bozor vaziyatidan xabardor bo‘lishi;
➢
axborot to‘play olishi va u bilan ishlash usullarini bilishi;
➢
kompyuterda amaliy dasturlar paketlari bilan ishlay olishi;
➢
statistika, ekonometrika, sotsiometriya va kvalimetriya asoslarini bilishi;
➢
ma’lumotlarni tahlil qilish davomida olingan
xulosalar chiqara olishi va
asosli tavsiyalar tuza olishi.
Marketing tadqiqoti natijasi, uning mahsuli qoidaga ko‘ra
oldi-sotdi uchun
mo‘ljallanadi. Bu esa shuni anglatadiki, tadqiqotchilik
jarayonini ifodalaydigan
mazkur intellektual mulk tovarning barcha belgilariga ega hisoblanadi. U sotiladi va
sotib olinadi (to‘laligicha va ayrim qismlari). Demak, marketing tadqiqoti unga talab
va taklif kabi toifalar xos bo‘lgan intellektual tovar hisoblanadi. Marketing tadqiqoti,
har qanday tovar kabi o‘z narxiga ega bo‘ladi. Oxirgi yillarda bu intellektual tovarga
talab yil sayin o‘sib bormoqda.
Marketing tadqiqoti – intellektual tovar sifatida.
Marketing firmalari tijorat
asosida o‘z mijozlari uchun keng doiradagi ishlarni bajaradi. Masalan, xususiy
korporatsiya yoki davlat muassasasining buyurtmasi bo‘yicha, ba’zida o‘z tashabbusi
bilan marketing firmasi quyidagilarni amalga oshiradi:
➢
marketing strategiyasini ishlab chiqish;
➢
tovarlarni joylashtirish va ish faolligini tahlil qilish;
➢
bozor sig‘imini baholash va bashorat qilish;
➢
bozor segmentlari va ularning jalb etuvchanligini tahlil qilish;
➢
bozorni va uning yangilik darajasini sinab ko‘rish;
➢
muayyan bozorda vaziyatni baholash;
➢
reklama samaradorligini tahlil qilish;
➢
kontrolling;
➢
maqsadli bozorni tanlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish va boshqa ko‘plab
marketing operatsiyalarini bajarish.
Ixtisoslashgan marketing kompaniyalarida tadqiqotchilik
faoliyati natijalarini
sotishning uch xil turi ajratib ko‘rsatiladi:
55
➢
mustaqil ishlaydigan va ularning axborot mahsulotidan foydalanuvchilarga
bog‘liq bo‘lmagan firmalar; bozor xaqida, iste’molchilar, tovarlar, ishlab chiqarish va
savdo korxonalari xaqida ma’lumotlarni ularning o‘zi to‘playdi va bu ma’lumotlarni
istalgan mijozga tijoratnarxlarida sotadi;
➢
muayyan tadqiqotlar bajaruvchi yoki mijozlar buyurtmasi bo‘yicha tadqiqot
metodologiyasini ishlab chiquvchi firmalar (mijoz to‘plangan
materiallarni ishlab
chiqishda qatnashishi mumkin, tadqiqot natijalari buyurtmasining mulkiga aylanadi);
➢
tadqiqotning ma’lum bir qismini bajaradigan, masalan,
mijozlarning
topshirig‘i bilan bir maralik sinov marketingi yoki bir martalik so‘rovlar o‘tkazuvchi
tor ixtioslashgan firmalar
Do'stlaringiz bilan baham: