Tadqiqotlari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

 
 
1.5-rasm. Marketing tadqiqoti va marketing tizimi
1
Marketingga tizimli yondashuv bozor ishtirokchilari va ular faoliyati 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tushunishni osonlashtiradi. 
Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi 
– mavjud bozor segmentini mustahkamlash, yangi xaridorlarni jalb qilish, yangi 
bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida reklamaning asosiy xususiyati – 
uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor psixologiyasi tovar 
va firma markasiga bog‘lanib qolish xususiyati (imidj)ga ham egadir.
Marketing tadqiqoti o‘z oldiga yechilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘plamini 
qo‘yadi. Doimiy o‘zgarib turadigan vaziyatni, turli omillar to‘plamining ta’siri, turli 
firmalar salohiyatini hisobga olib, firmaning marketing xizmati oldiga qo‘yiladigan 
muayyan tadqiqot vazifalari rang-barangligiga olib keladi. 
Bu tizimning elementlariga korxona va tashkilotlar ham bozordagi 
ayirboshlash jarayonida aniq bir rol bajaradigan alohida shaxslar ham kiradi. 
Masalan, bu yuqori baholar siyosatiga amal qiluvchi raqobatchi; past narxlar 
siyosatini olib bora oladigan va, binobarin, past sifatli mahsulotga ega bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan boshqa raqobatchi bo‘lishi mumkin; ulgurji sotuvchilar hamda 
1
Ergashxodjaeva Sh.Dj.Innovatsion marketing. Darslik. -Т.: Cho’lpon, 2014. 17b. 
IJTIMOIY-IQTISODIY VA TABIIY MUHIT 
Tadqiq etiladigan loyiha 
Raqobatchilar 
BOZOR 
Maqsadli bozor uchun 
markеting majmui 
Savdo agеntlari, brokеrlar 
Savdo agеnti uchun markеting 
komplеksi 
Istе'molchilar 


31 
xaridorlarga alohida xizmatlar taklif etuvchi chakana sotuvchilar mavjud bo‘lishi 
mumkin; va, nihoyat (lekin oxirgi navbatda emas), xarid qobiliyati turlicha bo‘lgan 
iste’molchilar mavjud. 
Bozordagi ishtirokchilar o‘rtasida yuzaga keladigan va marketing tadqiqotiga 
taalluqli bo‘lgan o‘zaro munosabatlar birinchi navbatda ularning faoliyatida namoyon 
bo‘ladi. Bu faoliyatning ko‘rinishlariga tovar va xizmatlar ayirboshlash, to‘lovlar 
tizimi hamda sotuvchilar va xaridorlarning bevosita muloqoti jarayonida marketing 
vositalaridan foydalanish kiradi. Innovatsion loyihaning dastlabki bosqichida 
marketing tadqiqoti odatda bozorni tahlil qilishga (asosan talab va taklifni tahlil 
qilishga) qaratiladi. Ko‘pincha tadqiqot ishida marketing vositalariga yetarli e’tibor 
berilmaydi yoki ular umuman ko‘rib chiqilmaydi, holbuki asosiy raqobatchilarning 
marketing kompleksini baholash va ushbu kompleksni muayyan loyiha uchun 
belgilash mazkur loyihaning turi va miqyosiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu 
jihatdan qaraganda, rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda amalga 
oshirilayotgan loyihalar o‘rtasida farq yo‘q. 
Talab va bozorni tahlil qilishning uchta muhim maqsadi mavjud bo‘lib, ular 
innovatsion tadqiqot va innovatsiyalarni joriy etish bosqichlari uchun nihoyatda 
muhimdir. Birinchidan, “bozor–loyiha” o‘zaro munosabat tizimi boshqaruvchilar 
uchun ravshan bo‘lishi kerak; ikkinchidan, strategik cheklovlar va muammolar 
aniqlanishi lozim; va, nihoyat, loyihaning strategik variantlari tasvirlanishi zarur. 
Tahlilning chuqurligi yoki mufassallik darajasi har bir muammoning 
murakkabligi va loyiha yoki uni baholash uchun ahamiyati bilan bog‘liq. 


32 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish