Tadqiqotlari


 Dastlabki va haqiqiy tajriba modellari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

 
13.5. Dastlabki va haqiqiy tajriba modellari 
Eksperimentni o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonida uni o‘tkazish joyi, muddati, 
doimimy yoki o‘zgaruvchi omillar tarkibini aniqlab olish zarur.
Eksperiment usulining afzalliklari:

ob’ektiv xarakter,

omilar o‘rtasida sabab-oqibat aloqalarini o‘rnatish imkoniyati.
Eksperiment usuli kamchiliklari:

barcha omillar ustidan tabiiy sharoitlarda nazorat o‘rnatishning qiyinligi,

laboratoriya sharoitlarida ob’ektning normal xulq-atvorini takror ishlab 
chiqarishning qiyinligi,

yuqori xarajatlar.
O‘xshatish (imitatsion modellashtirish) korxonaning taktika va strategiyasini 
belgilab beruvchi nazorat ostidagi va nazorat qilinmaydigan omillarning matematik, 
grafik yoki boshqa modelini ifodalaydi.
Imitatsion modellashtirish marketing strategiyasini belgilab beruvchi ko‘plab 
omillarni har tomonlama o‘rganishga imkon beradi. Imitatsiyani o‘tkazishga 
tayyorgarlik tadbirlari ob’ektning faoliyat ko‘rsatish modelini ishlab chiqish va uning 
mos kelishini tekshirishdan iborat.
Jamiyatimiz hayotida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar uzluksiz davom etmoqda. 
Ammo ularni axborotlarda ifodalash, jamlash va tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha xulosa 
qilish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish masalasi shu axborotlarni nima uchun 
jamlanish maqsadiga bog‘liq. Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish uchun ham shunga 
dxldor axborotlar zarur bo‘ladi. Chunki, axborotlarni to‘plash va ulardan foydalanish 
bir qancha masalalarni hal qilish imkonini beradi. Jumladan: 
- korxonaning holatini bilish imkonini beradi; 
- korxonaning bozordagi mavqeiga tashxis qo‘yishga asos bo‘ladi; 
- raqobatchilar o‘rtasidagi ahvolini bilish imkonini beradi; 
- qay darajada samarali faoliyat ko‘rsatayotganliginiga baho berish mumkin 
bo‘ladi; 


287 
- korxonaning marketing strategiyasini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi; 
- korxonaning tashqi hamkorlariga tegishli qaror qabul qilishi uchun sharoit 
yaratadi; 
- korxonaning o‘z faoliyatiga tashxis qo‘yish imkonini yaratadi. 
Ko‘rinib turibdiki, axborotlar korxona faoliyatida, xususan marketing 
tadqiqotlarida ham juda katta ahamiyatga ega ekan. 
Modellashtirish xaridorlar xulq-avtorini o‘rganishda eng ko‘p qo‘llanadi. 
Xaridorlar xulq-avtorini o‘rganishning eng mashhur usullari ehtimoliy (stoxastik), 
chiziqli-eksperimental va axborotni qayta ishlash modellari hisoblanadi.
Ehtimoliy modellar bundan oldingi va ayniqsa, oxirgi xarid iste’molchining 
bozordagi keyingi xulq-atvorini belgilab berishiga asoslanadi. Bu modellar yangi 
tovarlarga talabni bashorat qilish va tovar markalariga moyillikni aniqlashda 
foydalaniladi.
Chiziqli-eksperimental modellar odatda ta’riflash xarakteriga ega bo‘lib, 
tovarlarga potensial talabni modellashtirish, muayyan tovarlarga nisbatan xaridorlar 
xulq-avtori tendensiyalarini aniqlash uchun qo‘llanadi.
Imitatsiya usulining afzalligi marketing harakatlarining ko‘plab variantlarini 
tezkorlik bilan tahlil qilish va shu asosda ularning ichidan eng yaxshisini tanlab 
olishdan iborat.
Mazkur usulning kamchiligi esa marketing omillari, uning tashqi muhiti va 
xaridorlar xulq-atvorini belgilab beruvchi omillar o‘rtasida sabab-oqibat aloqalarini 
ifodalash va chuqur o‘rganishni talab qiluvchi modelni yaratishning qiyinligi va ko‘p 
mehnat talab qilishidir.

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish