15
KIRISH
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy-
iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan marketing
tizimini har tomonlama,
chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. Marketing bu ishlab chiqarilgan mahsulotni
yengil sotish san’ati emas, balki u iste’molchiga qimmatli bo‘lgan narsani berib, uni
hayotini yaxshilashga yordam berishdir.
Mahalliy tadbirkorlar marketing tizimi sohasi bo‘yicha yetarli bilim va
tajribaga ega bo‘lmaganligi sababli, ular xo‘jalik, tijorat hamda boshqaruv
vazifalarini yechishda tor doiradagi yondashuvlardan foydalanmoqdalar. Bu esa
korxonalar faoliyati samaradorligi pasayishiga olib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda zamonaviy marketing ko‘p xarajatli tizimga aylandi, shu tufayli
korxonalar bozorni segmentlash masalalariga katta e’tibor
qaratishlari lozim, chunki
bozorni segmentlash marketing tadqiqotlarining muhim yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi. Raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti ham segmentlashdir. Avvalgi
davrlarda marketing asosiy e’tiborni mahsulotga qaratib, marketing strategiyasining
maqsadi iloji boricha katta miqdordagi iste’molchilarni jalb etish bo‘lgan bo‘lsa
bugungi kunda esa, asosiy faoliyat differensiatsiyalashgan ehtiyojlarni qondirishga
jalb etilishi lozim.
Bugungi kunda bozorni segmentlash vositasi orqali aniq iste’molchilar
guruhi
bo‘lgan korxona va tashkilotlar barqaror rivojlanmoqda. Ularni bozorda yetakchi
pozitsiyani egallashga, bozorni maqsadli segmentlarga ajratib, har bir mijozning
ehtiyojini har tomonlama tadqiq etib, uni maksimal darajada qondirish yo‘llarini izlab
topishlari sabab bo‘lmoqda.
Iste’molchilar ehtiyojlarini maksimal ravishda tadqiq etish va avvaldan bilib
olish uchun, marketing tadqiqotlariga ko‘p xarajat qilishga to‘g‘ri keladi.
Ideal
sharoitda iste’molchilarga aynan shu mahsulot yoki uni ishlab chiqaruvchi korxona
(kompaniya) ishqiboziga aylanishi kerak, shundagina uni mahsulotga nisbatan yuqori
darajadagi ishonchi, yondashuvi haqida so‘z yuritish mumkin: “bugungi kunda
barchaga oz bo‘lsada yoqadigan mahsulotlar uchun bozorlar mavjud emas, faqatgina
kimgadir juda yoqadigan mahsulotlar uchun bozorlar bor”.
16
Bu o‘rinda davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni
bilan
tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
ishlab chiqarishni
mahalliylashtirish bo‘yicha, “...ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish
siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar
importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish”
1
ni
ifodalovchi ustuvor yo‘nalishi korxonalarda iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda,
xizmatlar ko‘rsatishda katta ahamiyatga egadir. Endilikda korxonalar faoliyatiga
innovatsiyalarni kiritish, ular orqali bozorlarni xalq iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish,
aholi ehtiyojlarini to‘laroq qondirishda marketing tadqiqotlarining roli kattadir.
Hozirgi raqobatda yutib chiqishlarining asosiy sharti, ushbu sub’ektlar faoliyatida
marketing tadqiqotlarini olib borishdan iborat, chunki bozorda iste’molchilar
turli
tuman, ularning talab istaklari ham turlichadir.
Marketing tadqiqotlari - bu tahlil yordamida iste’molchini va xaridorni ishlab
chiqaruvchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi bilan bog‘lovchi faoliyat turidir. Mazkur
darslikning maqsadi bozorni, raqobatchilarni, xaridorlarni o‘rganishda uslubiy
yordam ko‘rsatish, ularni yangi nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar bilan
boyitish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida vujudga kelayotgan
murakkab marketing tadqiqotlari vazifalarini hal qilishga tayyorlash hisoblanadi.
Mazkur darslik avvalgi chop etilgan o‘quv qo‘llanmalardan farqli ravishda
ushbu darslik o‘n beshta bobdan tarkib topgan. Unda “Marketing tadqiqotlari”
fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, marketing tadqiqotlarini tashkil etish,
o‘tkazish
va rejalashtirish, marketing tadqiqotlarida muammoni aniqlash, ularning
klassifikatsiyasi va turlari, marketing tadqiqotlarida axborot tizimi va to‘plash
usullari, marketing tadqiqotida tahlil metodologiyasi: tamoyillar va usullar, so‘rov
usullari va so‘rovnomalar o‘tkazish, anketa tuzish va savollarini o‘tkazish, fokus-
guruh,
kuzatuv usullari, bozor segmentatsiyasi va iste’molchilar xulq-atvorini
o‘rganish, internet tarmog‘ida marketing tadqiqotlarini o‘tkazishni tashkil etish,
1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “2017-2021-yillardagi Oʻzbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasi” toʻgʻrisidagi PF-4947-sonli Farmoni. –
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y. www.lex.uz.
17
o‘lchash va shkalalashtirish, eksperiment (tajriba) va sabab-oqibat usuli,
korrelyatsiyali
va regressiya tahlillar, marketing tadqiqotlari natijalari to‘g‘risida
hisobotlar tayyorlash kabi mavzular yoritilgan. Mazkur darslikda har bir mavzudan
so‘ng nazorat va muhokama uchun savollar, test topshiriqlari hamda atamalar lug‘ati,
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
“Marketing tadqiqotlari”
fanidan tayyorlangan darslik 5230400 – “Marketing
(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi talabalari, magistrlar, qayta
tayyorlash va malakasini oshirish kursi tinglovchilari, marketing sohasi bo‘yicha
qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: