Xamul ilmi baland ovozi birla,
Bu yanglig ‘ zo ‘ri beandaza birla
0 ‘zin abjad ukur eldin tutub kam,
Dema donishki, zo ‘ri dast ila ham.
Binobarin, Navoiy milliy jismoniy mashq turlarini targ'ib etish
biian birga, shug‘ ullanuvchilarning axloqiy
tarbiyasiga ham katta
e'tibor bergan. U „Saddi Iskandariy“ dostonining bosh qahramoni
yoshligida tinmay ot ustida yurib, yayov chopib mashqlar qilganini
ta’kidlaydi:
Gahi maqrab uzra silaxshur edi,
Yayoglikda gax varzishi zo ‘r edi.
Qadim zamonlarda, jang boshlanmasdan
oldin har ikki
dushman
qo‘shinlarining
raqib
pahlavonlari
yakkama-yakka
olishardilar va aksari hollarda, jangning oqibati ana shu
olishuvlaming natijalariga bog‘liq bo‘lardi Dostonda ana shunday
ohshuvlarga ham ta'rif berilgan:
Yurub xasm xaylining o ‘trusiga,
Munung ul ham andoqki qarshusiga.
Bir-biriga maydonda chirmashtilar,
Base bir-biridan, oshtilar.
Bu yanglig‘ tukuz pahlavoni daler,
Ki har bir edi ish chog‘i narra sher.
Bori Barbariyga asir o ‘Idilar,
Sinon zaxmidin dastgir o ‘Idilar.
Navoiyning „Chobukikim, har taraf maydon aro aylar shitob...“
deb
boshlangan
g‘azaUda
xalqning
azaUy
„qovoq“
o‘yini
ta’riflangan. Osmonga otilgan yoki baland joyga osib qo‘yiigan
qovoqni kamondan mo‘ljalga oUb, o‘q uzganlar. Bu o‘yin
chamalash, masofadan turib aniq nishonga
olish kabi xislatlaming
tarbiyalanishiga yordam bergan. Kimning o‘qi qovoqqa tegib, uni
teshsa, yo unga sanchilsa, o ‘q uzgan yigit g‘oUb hisoblangan. G ‘azal
mulkining sultoni bu g‘azaUda nishonga olish mahorati o‘tkir
yigitlami maqtab, ulaming merganligiga osmondagi quyosh ham
qoyil qoUb, o ‘zini o‘sha qovoq o‘miga qo‘yishga tayyor deydi:
Nagohon otkaymu deb bir o ‘q qovoq shakli bila,
Bosh ustiga kelur maydonda har kun oftob.
Alisher Navoiy asarlarida qadimiy milUy o‘yin turlaridan biri
shatranj eng ko‘p tilga olinadl Shoir o‘zining „Lisonut-tayr“
dostonida shatranj o‘yini, uning qoidalari haqida ajoyib bir hikoya
keltirgan: „Shatranj o‘ynaguchi ikki
ustod shatranj taxtasini ochib,
ikki tomonga o'tiradi va o‘rtaga shatranji kabir — katta shatranj
35
donalarmi to‘kishdi. Har tarafdan bir shoh taxtaga terildi, ularning
rosmana shohlarga o‘xshash xizmatkorlari, lashkarlari bor edi. Har
birining to‘g‘ri yuruvchi vaziri bo‘lib, yana bittadan egri yuruvchi
farzinlari ham bor edi.
...0 ‘rtada ajoyib, qiziq o‘yinlar namoyon bo‘lmoqda,
balki
behad hiyla va tadbirlar ko'rsatilmoqda edi. Bunda pahlavonlar va
qo'mondonlar ham bir-birlariga hujum qilishardi. Bu holat go‘yo
ikki qahramon shohning qo‘shin tortib, bir-biriga qarshi urush olib
borayotganiga o‘xshash edi.
Buncha qo'shin va dabdaba, qal’a maydon va ot choptirib,
javlon urishlar,
chekinib qochishlar, ham o ‘ng qanotda, ham chap
qanotda, ham qo‘shinning ilg‘or qismida ana shu xil g‘avg‘o-
to‘polonlar bilan jang bo‘lmoqda edi.
...Shunchalik bunyodkorlik, maydon, o‘zaro dushmanlik qilish
va urush olib borishlar hamma-hammasi, agar o'yinchi donalarni
yig‘ishtirishga ahd qilsa va shatranj taxtasining bir chetini ko‘tarsa,
bulaming barchasi o'rtadan ko‘tarilib, yo‘qqa chiqadi!“
U butun
insoniyatni o‘ziga tortgan bu o‘yindan xulosa chiqarib, bu taxtadagi
dushmanlik bo‘lib, tomonlar o‘yin tamom bo‘lgandan so‘ng, o‘z
dushmanliklarini butunlay unutadilar, deydi:
Do'stlaringiz bilan baham: