XXII. SUVDAN FOYDALANISH REJALARINI AMALGA OSHIRISH VA
NAVBAT BILAN SUG’ORISHNI JORIY QILISH.
22.1.Sug’orish tizimining suvdan foydalanish yillik ko’rsatkichlari
Xo’jaliklarda suvdan foydalanish rejasini pudratchi suvchilar guruhi, dehqon
va fermerlar amalga oshiradilar. Ular sug’orish tarmog’iga berilgan suvni qabul qilib
ekin dalalarini sug’orishadi.
Sug’orish suvidan unumli foydalanish va sug’orish ishlarini uz vaqtida yuqori
saviyada amalga oshirishda xo’jalik ichi tarmoqlarini, meliorativ texnikani va
sug’orish maydonlarini suvni qabul qilib, olishga sifatli tayyorlash muhim o’rinda
turadi.
Bunda, avvalo sug’orish tarmoqlarini tozalash, ularni va ulardagi Inshootlarni
ta’mirdan chiqarish, sug’orishga oid tashqiliy masalalarni yechish (ish taqsimoti,
sug’orish texnikasini tayyorligi suvchi operatorlarni malakasini oshirish va
boshqalar) kerak bo’ladi.
1.Sug’orish tarmoqlarini, sug’orish texnikasini sug’orish maydonlarini sug’orish
mavsumiga tayyorlash.
Tayyorgarlik ishlari sug’orish, zah qochirish va tashlama tarmoqlarini va
ulardagi Inshootlarni normal texnik xolatga keltirishdan boshlanadi.
Xo’jalik ichi tarmoqlarida bajariladigan ishlar turi va hajmini aniqlash uchun
mahsus xay’at tuzilib, bu xay’at a’zolari sug’orish mavsumi tugagach kuzgi-qishgi,
keyinchalik bahorgi ishlar turkumini aniqlaydi. Kuzgi-qishgi ishlar turkumiga
asosan:
sug’orish tarmoqlaridan suvni chiqarib yuborish;
sug’orish, zah qochirish va tashlama tarmoqlarini va ulardagi Inshootlarni
ta’mirlash;
sug’orish va zah qochirish tarmoqlarini loyqa va o’tlardan tozalash;
barcha meliorativ texnikani konasos stantsiyasi yervatsiyalash (kraskalash yoki
korroziyaga karshi moylash), asbob va jihozlarni yechib olib, mahsus xonalarda
qishki davrda saqlash, yoki moylab o’rab qo’yish;
sug’orish dalalarida sho’r yuvish va ekspluatatsion (joriy) tekislash ishlarini amalga
oshirish.
Bahorgi ishlar turkimiga:
xo’jalik ichi tarmoqlarini va Inshootlarni nazorat etib, qaytadan jihozlamoq;
barcha suv o’lchash Inshootlarida tarirovka ishlarini amalga oshirish,yoki
tarirovka jadval va grafoydali ish koeffitsiyentlariga aniqliklar kiritish;
sug’orish dalalarida joriy lozim bo’lganda kapital tekislash ishlarini amalga
oshirish;
sug’orish tarmoqlaridan suv sarfini isrof bo’lishiga qarshi tadbirlarni amalga
oshirish;
sug’orish zah qochirish va tashlama tarmoqlari va ulardagi Inshootlarni suv
qabul qilishga tayyorligini tekshirish va aniqlangan kamchiliklarni tezda bartaraf
etish.
suvdan foydalanish rejasini tahlil qilish va o’zgartirishlar kiritish.
Ba’zi bir yillarda xo’jalikka beriladigan haqiqiy suv hajmi rejalashtirilgan suv
hajmidan quyidagi sabablarga ko’ra keskin farq qilishi mumkin.
Qishloq xo’jalik ekinlarining turi va maydoni rejalashtirilganidan 10% dan
ortiq hajmda o’zgarganda;
obi havoning o’zgarishi natijasida sug’orish suviga talabining keskin o’zgarishida;
sug’orish manbasining sug’oraolish qobiliyati pasayganda;
sug’orish tizimida ro’y bergan avariya natijasida suv Bilan ta’minlashning uzoq
vaqt mobaynida kamayganda.
Bu xolatlarda xo’jalik ichi suvdan foydalanish rejasiga o’zgartirishlar
kiritilishi kerak.
Agarda bunday o’zgarishlar rejalashtirilgan suv sarf qiymati bilan haqiqiy
suvsarf qiymatlari o’rtasidagi farq 10%dan oshmasa, xo’jalikga beriladigan suv sarfi
qayta hisoblanmaydi. Maboda farq 10% dan ortsa unda yuqori tashkilotlar bilan
kelishilgan xolda suvdan foydalanish rejasiga o’zgartirishlar kiritiladi va qayta
tasdiklanadi.
Suvni tanqis bo’lishi kutiladigan yillarda Qishloq xo’jalik ekinlarini
hosildorligini keskin kamayib ketishiga yo’l qo’ymaslik nuqtai nazaridan
ekspluatatsion tadbirlar yordamida ham yechish rejalashtirilishi ko’zda tutiladi,
ya’ni sug’orish normalarini gektariga 200-300 m
3
/ga kamaytirish va suv tanqisligi
boshlangunga qadar yuqori sug’orish normalari bilan Qishloq xo’jalik ekinlarini
sug’orib, tuproqda ko’prok nam to’plash ko’zda tutiladi.
Sug’orish maydonlaridan samarali foydalanish ko’p jihatdan qabul qilingan
sug’orish usuli va sug’orish texnikalariga bog’likdir. SHuning uchun ham suvdan
foydalanish rejasini tuzishda sug’orish tartibi, qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish
jarayoni texnik imkoniyatlar bilan uzviy bog’lik bo’lishi kerak.
Sug’orish usullarini tanlashda ekspluatatsion baholash quyidagi asosiy
ko’rsatgichlar bo’yicha amalga oshiriladi:
tashlama va chukur filtratsiyalarga yo’l kuymasdan sug’orish, ekin
maydonlari bo’yicha sug’orish suvini bir tekis taqsimlash va hisobiy qatlamni bir
tekis nomlantirish;
Qishloq xo’jalik ishlarini (ekish, ekinlarga ishlov berish) bajarishni
mexanizatsiyalashda qulay sharoitlar yaratilishi;
kunu-tun sug’orish imkoniyati va suvchilarni sog’ligiga aks ta’sir qilmasdan
yuqori ish unumiga erishish;
sug’orish jarayonini va sug’orish tarmoqlarida suv taqsimatini
mexanizatsiyalash, hamda avtomatlashtirish;
sug’orish jarayonini kam harajatli bo’lishligini ta’minlash;
tuproqni ortiqcha zaglanishiga, tuproq strukturasini buzulishiga yo’l kuymaslik va
tuproq erroziyasini oldini olish;
tanlangan sug’orish usulini muayyan tabiiy sharoitida qaytaash
imkoniyatlarini yaratish;
Agarda hozirgi kunda Respublikamizda qo’llanilayotgan mavjud sug’orish
usullarini karab chikadigan bo’lsak, ular: yer ustidan, yomg’irlatib, tuproq ichidan,
yoki ostidan, tomchilatib va purkab sug’orish turlariga bo’linadi. Ular asosan 2
ko’rinishda, bosimsiz va bosimli sug’orish tizimlari orqali sug’orish dalasiga
uzatiladi. Tabiiyki bosimsiz sug’orish tizimi iqtisodiy ko’rsatgichlari bo’yicha arzon
bosimli sug’orish tizimi esa ancha qimmat turadi. SHunga qaramay, ekspluatatsion
baholash ko’rsatgichlari orqali olib qaralganda bosimsiz tizimlarga asoslangan
sug’orish usullari kam unumli va katta kamchiliklarga egadir.
Kelajakda bosimli tizimlar orqali ishlaydigan sug’orish tizimlarini
(yomg’irlatib,tomchilatib, purkab tuproq ichidan) sug’orish maydonlarida keng
qo’llanilishi tabiiydir.
Hozirda xo’jaliklarda qo’llanilayotgan sug’orish usullari asosan yer ustidan
sug’orish usuli hisoblanadi.
Bu usullarga ko’ra ekin maydonlari ekinlarning turi, sug’oriladigan maydonni
rejasi boshqa tabiiy xollarda egatlab, jo’yaklab, yo’laklab va pol (chel) lab amalga
oshiriladi.
Bu usullarda suhorishni qo’llashda kam suv isrofgarchiligiga erishish va ish
unumini oshirish uchun:
sug’orish texnikasining elementlarini to’g’ri ilmiy asoslangan xolda tanlash
kerak. Bu elementlarni aniqlash uchun tuproqni suv o’tkazuvchanlik xususiyati,
sug’orish egatlari yo’nalishi bo’yicha egatning nishablik qiymati aniqlanishi kerak.
Qurilish me’yorlari va qoidalari 2.06.03 – 97 bo’yicha tuproqning suv
o’tkazuvchanlik harakteristikasi va sug’orish egatining nishabligi bo’yicha egatlab
sug’orishda sug’orish egatining uzunligi l= 40 - 400 metrgacha suv sarfi esa, Q=
0,05 – 1 l/s etib olinishi mumkin.
Jo’yaklab sug’orishda jo’yakning uzunligi l= 175 – 400 metrgacha, suvning
sarfi Q= 3,5 – 12,5 l/s gacha tavsiya qilinadi.
sug’orishda egatlarga suv tarqatuvchi moslamalarni to’g’ri tanlash.
Bunday moslamalarning turi hozirgi kunda bir talay bo’lib, suvchilarning
ishini yengillashtiradi va sug’orishni mexanizatsiyalashtiradi. Bunday turkumga
kiradigan moslamalardan ochiq sug’orish tarmoqlarida ishlaydiganlariga
quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
nishabsiz yerlarda egatlab sug’orish;
avtomatlashtirilgan novlar;
o’zi ishlaydigan naycha sifonlar;
ko’chma egiluvchan va qattiq naychalar;
yopiq sug’orish tarmoqlaridan ishlaydigan ko’chma egiluvchan va qattiq doimiy
(qo’zg’almas) naychalar kiradi.
YUqoridagilarga rioya qilib, yer ustidan sug’orishda ish unumli oshirishga va
ish sifatini yaxshilashga olib keladi. CHunki oddiy usuldagi ketmon bilan
sug’orishda bir suvchi bir quloq suvni (30l/s) boshqara oladi xolos va natijada ish
unumi 0,1 – 0,3 gektardan oshmaydi.
Sug’orishda egatlarga suv tarqatuvchi moslamalarni qaytaash bir suvchiga
150 l/s gacha sug’orish suvini boshqarish imkonini beradi, tabiiyki bunda ish unumi
ortadi va sug’orishdan keyingi tuproqqa ishlov berishda tuproq donadorligi
yaxshilanib, nam saqlash imkoni ortadi.
Xo’jalikda ekinlarni ekishdan oldin sug’orish maydonlarining yuzasi
tekislangan bo’lishi kerak.
Bu eng muhim agrotexnik omillardan biri hisoblanadi, chunki bu ishni
bajarmaslik yer ustidan sug’orishni mohiyatini yomon oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Shuning uchun yer tekislash ishlari va uning mohiyati to’g’risida batafsil
to’xtalamiz.
Erni tekislash, suvdan, o’g’itlardan va mexanizatsiya vositalaridan yuqori
unum bilan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Tekislangan dalalarda o’simlikning
usishi va rivojlanishi uchun yaxshi sharoit vujadga keladi, yaxshi tekislanmagan
dalalarda esa ekish paytida o’simliklar aniq joylashtirilmaydi, nihollarning yaxshi
va bir tekis o’nib chiqishi qiyinlashdi sug’orish va undan keyingi qator orolariga
ishlov berish sifati yomonlashadi, solingan o’g’itning samaradorligi kamayadi.
Yogin-sochin va sug’orish suvlari bunday dalalarda juda notekis
taqsimlanadi. Dung joylardagi ekinlarga nam yetishmaydi bunday yerlarga suv
chiqishi qiyinlashadi, chiqqan suv ham tuproqka yaxshi shimilmasdan, tez oqib
ketadi. Pastliklarda esa suv tuplanib qolib, namlik ortib ketadi, o’simliklarni zah
bosib ildizini chiritadi. Mikrorelefning dung va pastlik joylarida tuproq suv
tartibining turlicha bo’lishi, uning bir vaqtda yetilmasligiga olib keladi. Buning
natijasida qator oralariga ishlov berishda tuproq bir tekis ishlanmaydi, ba’zi joylarda
u yumshatilmay qoladi, boshqa joylarda esa palaxsa va yirik kesaqlar hosil bo’ladi,
buning oqibatida xaydalgan yer yuzasidan bug’lanish ko’payishi natijasida
tuproqdagi namni yuqolishi oshib boradi.
Asosan o’g’itlar dalaga suv bilan taqsimlanadi. yer notekis bo’lganda ozik
moddalar dalada notekis bo’linadi, bu esa o’simliklarning notekis rivojlanishini yana
kuchaytiradi.
Xilma-xil tabiiy va xo’jalik sharoitlarida o’tkazilgan tadqiqotlar shuni
ko’rsatdiki, tekislanmagan yerlarda bir gektar maydonga beriladigan sug’orish
normasi ilmiy asoslangan sug’orish tartibidagi miqdorga karaganda 1,5-2 marta
ortib ketar ekan. yerning pastlik joylarida suvning chukurlikka sizishi oqibitida
uning bekorga sarf bo’lishidan tashqari, egat pushtasini suv bosadi, kalin katkalok
hosil bo’ladi, tuproqning havo va issiklik tartibi bo’ziladi.
Er tekislanmasa, sug’orish tarmoqlarini uzunligini orttirishzaruriyati tug’iladi
suvchilarning ish unumi keskin kamayadi, sug’orishning tan narxi ortadi va bundan
tashqari, takomillashtirilgan sug’orish texnikasini joriy qilishga tuskinlik qiladi.
Meliorativ xolati yomon yerlarda tekislash ishlari tuproq sho’rlanishiga karshi
kurashda alohida ahamiyatga ega.
Tekislanmagan, sho’r bosgan tuproqlarda o’simlik kuchatining kalinligi bir tekis
bo’lmaydi. Eqilgan maydonning 30% gacha qismida o’simlik mutlako bo’lmasligi
mumkin. O’simlik usmagan joylarning tuprogida juda-ko’p miqdorda tuz bo’ladi.
Sho’r yuvish va sug’orish vaqtida bunday joylar yetarlicha namlanmaydi, demak,
yetarlicha sho’ri yuvilmaydi.
Mikropastliklarda tuproqni mexanik tarkibi ancha og’ir bo’ladi, chunki bu
yerga tuproqning eng mayda zarrachalarini suv oqibzib keladi. Sug’orish vaqtida
suv yaxshi shimilmaydi, tuproqning aeratsiyasi, biologik va kiyoviy jarayonlari
bo’zilib bu yerlardagi o’simliklarni kasallanishiga, xattoki qurib qolishigacha olib
keladi. Texnik ko’rsatmalarda sug’oriladigan yerlarni tekislashning quyidagi turlari
kuzda tutiladi:
Kapital tekislash – sug’oriladigan maydonlarni o’zlashtirishga yoki eskidan
sug’orilib kelayotgan maydonlardagi sug’orish tarmoqlariniqayta qurishda, ekin
dalalarining yuzasi kapital tekislanadi. Bunday yer yuzasini tekislash ishlari, loiha
asosida olib boriladi.
Joriy (ekspluatatsiya) tekislash – yerning kapital tekislashda hosil qilingan
tekisligini saqlab qolish maqsadida agrotexnika tadbiri sifatida ekinlarni ekishdan
oldin muntazam o’tkazilib turiladi, bunda tuproqka ishlov berishda hosil bo’lgan
unkir-cho’nqirlar yo’qotiladi. Joriy tekislash xo’jalik ishlab chiqarish harajatlari
hisobiga bajariladi.
Yuqorida aytganimizdek, kapital tekislash loyiha asosida, joriy tekislash esa
loyihasiz bajariladi. Egat olib, yoki jo’yaklab sug’orishda tekislik yuzasining nishab
bo’lishi, bostirib sug’orishda esa nishabsiz bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Egat olib sug’orishda yuza nishabligi bir xil bo’lishligi va egatlarning o’zani
erroziyaga uchramasligi kerak.
Sug’oriladigan maydonlarni kapital tekislashni loyihalashda quyidagi
ko’rinishdagi yuzalar bo’ladi:
nishabsiz (gorizontal) yuza;
ikki tomonlama nishabli yuza;
topografoydali ish koeffitsiyent yuza bo’yicha yer tekislashni loyihalash ishlari
amalga oshiriladi.
Er tekislash ishlarini bajarishdan oldin topografoydali ish koeffitsiyent-
geodezik ishlar bajariladi, bu ishlar loyihadagi ma’lumotlarni dalaga ko’chirish,
tuproq surish ishlarining olib borilishini nazorat qilish va bu ishlar tugagach, ularni
qabul qilib olishdan iboratdir. Bunda, loyihalash ishlari dala yuzasini 20x20 m
kvadratlari markazida (o’rtasida) ko’rsatilgan va sathining tabiiy va loyihaviy hamda
ishchi balandliklari tushirilgan 1:2000 masshtabli, 0,25 m oralatib gorizontallar
o’tkazilgan topografoydali ish koeffitsiyent planlari bo’yicha bajariladi. Loyihada
va planda quyidagi ma’lumotlar bo’ladi:
tuproqni kesib olish va uni tukish miqdori;
er surish ishlarini hajmi;
tuproqni surish marshruti va masofasi;
tekislash ishlarini bajaradigan texnika;
umumiy ishlar qiymatini aniqlash ko’rsatiladi.
Sug’oriladigan yerlarni tekislashdagi ishlar quyidagi tartibda bajariladi.
Maydon yuzasini tekislashga tayyorlash (eski sug’orish tarmoqlari zovurlar suv
tashlash tarmoqlarini ko’rinib to’rgan ayrim chukurliklarni, eski dambalarni va
boshqa baland pastliklarni ko’mib tashlash.
Tekislanadigan maydonda belgilar va boshqa nishonlarni qo’yib chiqish,
tekislanadigan maydon yuzasini yumshatish va uni kesib olingan joyidan
pastliklarga surish yoki to’kish bo’yicha skreperlar va buldozerlar tanlash.
Ularni yaxshi ishlashi uchun sharoit yaratish, tekislangan yuzani keng kamrovli
tekislagichlar yordamida bir yo’la tekislash.
Portov, bo’z yoki qo’riq yerlarni o’zlashtirishda maydonlarni yuzasi yilning har
qanday mavsumida tekislanishi mumkin. Qishloq xo’jalik ekinlari ekiladigan
maydonlarda esa tekislash ishlari faqat hosil yig’ib olinganidan, so’ng bajarilishi
mumkin. SHo’rlangan yerlarda tekislashni sho’r yuvish ishlarini bajarishga qadar
eng yaxshi vaqtlarda –sovuqlar boshlanishidan oldingi qadar bajarishga imkon
beradigan muddatlarda o’tkazish ijobiy natija beradi. yer tekislash ishlarini bahorda
tuproqning o’ta namligi davrlarida bajarish tavsiya etilmaydi, chunki bunda tuproq
zichlashib ketadi va uning strukturasiga salbiy ta’sir etadi.
Kapital tekislashdan so’ng ekin maydonlarini unumdorligini tez tiklanishi uchun
tuproq kesib olingan joylarga mineral va organiq o’g’itlarni ortiqcha norma bilan
solish tavsiya etiladi. Bunda organiq ugatlarning, jumladan, chirigan go’ngning roli
ayniqsa, kattadir, bunday xollarda ularga gektariga kamida 10 tonna chirigan go’ng
solish tavsiya etiladi.
Tekislash ishlarida tuproq unumdorligini saqlab qolish tekislash ishlarini
bajarish davrida inobatga olinib, hosildor qatlam qirqib olinib bir chetga to’planadi,
tekislash ishlari bajarilib bo’lgandan so’ng qayta to’kiladi.
YUqorida keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki yer ustidan sug’orishda
albatta yer yuzasi tekis bo’lishligi kerak ekan, aks xolda sug’orishda ish unumi,
sug’orish tarmoqlarini foydali ish koeffitsiyenti va sug’orishni sifati past
ko’rsatgichlarga ega bo’ladi.
Sug’orish suvini ortiqcha isrofgarchiligini kamaytirish sug’orish sifatini
yaxshilash, uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, mexanizmlarni, ish unumini
oshirish uchun bosimli sug’orish tizimlaridan ya’ni yomg’irlatib, tomchilatib, toprok
ichidan va purkab sug’orish usullari qo’llaniladi.
Tabiiyki bu sug’orish, usullari qo’llanilganda, qabul qilingan sug’orish
texnikalarining texnik ko’rsatgichlari va sug’orishdagi ish unumdorligini oshishi
suvdan foydalanish rejasiga o’zgartirishlar kiritishni talab qiladi.
Ma’lumki ekin maydonlarini sug’orishda har bir usulni o’zini qo’llanish
chegaralari va imkoniyatlari mavjud. Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda
iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan quyilgan vazifalardan kelib chiqib baholash
ishlari amalga oshiriladi va sug’orish usuli tanlab olinadi.
Sug’orish ishlarini amalga oshirish avvalo sug’orish dalalarini sug’orish
uchun tayyorlash va sug’orish texnikasini hozirlashdan boshlanadi.
Bu ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
-sug’orish dalalarini joriy tekislash;
-qishloq xo’jalik ekinlarini ekish, tuproqka agrotexnik talabalar bo’yicha ishlov
berish va ekinlarga o’z vaqtida o’g’itlar berish.
Qabul qilingan sug’orish texnikasini turiga karab:
suvchi-operatorlarni malakasini tekshirib qurish, va ularni qayta o’qitish, kerakli
anjomlar bilan (er ustidan sug’orishda ketmon, oyoq kiyim, fonus, sifon,
yomg’irlatib sug’orishda mahsus kiyim, tomchilatib sug’orishda kompyuter va
xokazo) ta’minlash;
muvaqqat sug’orish tarmoqlarini olish (kesish), sug’orishda qo’llaniladigan
jihozlarni muvaqqat ariq va sug’orish egatlari bo’ylab tarqatish;
sug’orish texnikalarini sug’orishga tayyorlash (sug’orishga shay qilib quyish).
Sug’orish ishlarini bajarishni ikkinchi bosqichi sug’orishni amalga oshirish.
Buning uchun sug’orish tizimlari orkali suv sug’orish texnikasi yordamida
o’simlikning ildiz qatlamiga uzatilib suv oqimi xolatidan tuproqni nam xolatiga
aylantiriladi. Bunda suvni tarqatish tartibi sug’orish usuli va texnikasiga bog’liq
bo’lib, sug’orish yer ustidan egatlab amalga oshirilganda, suv muvaqqat ariqlardan
o’q ariqlarga tushib ularni to’ldirish bilan suvni har bir sug’orish egatiga suv tarovchi
jihozlar yordamida (chim, tselofan, qog’oz, trubka sifon) beriladi.
Sug’orish texnikasi, quvurlar yoki novlar bo’lganda sug’orish suv ularga to’liq
berilib, egatlarga ularda mahsus o’rnatilgan teshiklardan avtomatik ravishda
tarqatiladi.
Sug’orish texnikasi sifatida yomg’irlatib sug’orish agregati (mashinasi,
qurilmasi) qo’llanilganda, ularni xiliga qarab suv muvaqqat ariq yoki doimiy
tarmoqdan uzatiladi. Agregatlar suvni harakatda yoki turgan joyida ekin maydoniga
yomg’ir tarzida sepadi. Bunda suvchi-operator tuproqni suv shimuvchanlik
qobiliyatidan kelib chiqqan xolda kerakli sug’orish normasini berish uchun bir necha
marta qaytadan sepishi mumkin bo’ladi.
YOmg’irlatib sug’orishda suvchi-operator sug’oriladigan maydonda suvni
ko’lmak sifatida turib qolishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Sepiladigan yomg’irni
intenasos stantsiyasi ivligi sug’oriladigan maydondagi tuproqni suvni shimish
qobiliyatiga to’g’ri kelishi kerak. Aks holda sug’orish sifatli bo’lmaydi, dalada
ko’lmak va oqava hosil bo’lishi bilan bu maydonda sug’orish to’xtatilib,
yomg’irlatib sug’orish agregati boshqa pozitsiyaga ko’chiriladi.
Tomchilatib sug’orishda suv dalaga har 2-3 kunda beriladi sug’orish dala
maydonining bu davrda parlatgan suv hajmiga teng miqdorda uzatiladi. Bu jarayonni
asosan suvchi-operator nazorat qiladi, ishni kompyuter boshqaradi.
Sug’orish jarayonida asosan quyidagi talablarga rioya qilish kerak.
1. Ekinlarni sug’organda xo’jalikni maydoni bir chetdan, xo’jalikka berilgan
suv sarfini bo’laklarga bo’lmasdan, sug’orishni amalga oshirish.
Sug’orish uchun beriladigan suv sarfi miqdori, sug’orishda qo’llanilayotgan
texnikaning suv sarfi miqdoriga mos kelishligi.
Sug’orish maydonini sug’orish 2 kundan oshmasligini ta’minlash va
sug’orishdan so’nggi tuproqqa ishlov berishni uzluksizligini ta’minlash, hamda
sug’orish texnikasining ish unumi bilan sug’orishdan keyingi tuproqqa ishlov
beruvchi mexanizmni ish unumdorligini o’zaro mos bo’lishligi.
Xo’jalikda sug’orish ishlarini boshqarishda xo’jalik agronomi masuldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |