kompaniyalari borgan sari talabchan mijozlar bilan muvaffaqiyatli muloqot qilish imkonini
beradigan asosiy omil hisoblanadi. Iste'molchilar, texnologik
yangilik yaxshi tushunish , faol
xizmat va sug'urtachilar tegishli texnologik darajasini kutayotgan, kundalik hayotda ularni
foydalanish uchun kerak.
2.Sug’utra faoliyatida axborot tizimlarini shaklantirish texnologiyasi
Sug‘urta kompaniyasi axborot tizimi virtual ofis va kompaniya veb sayti orqali ishlovchi virtual
sug‘urta agentlarini o‘z ichiga olgan hamda tashqi axborot tizimlari bilan integratsiya qilish
imkoniyati mavjud avtomatlashtirilgan axborot tizimi shaklida qo’llaniladi (4.4.3-rasm). Ushbu
axborot tizimida kompaniya bo‘limlari tomonidan foydalaniluvchi barcha dasturiy ta’minotlar
yagona platformaga joylashtirildi va kompaniya veb sayti hamda mobil ilovasi bilan o‘zaro
axborot almashishni yo‘lga qo‘yish uchun optimallashtirilgan ma’lumotlar bazasi asosida virtual
ofis xizmati ishga tushiriladi.
Sug‘urta kompaniyasida axborotlarni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish
sug‘urta qildiruvchilar va sug‘urta qiluvchilar harakatlarini hujjat ko‘rinishda rasmiylashtirish
uchun qo‘llaniladigan hujjatlar shakllarining sezilarli miqdori bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmoqda. Bu
hujjatlar qo‘lda yoki texnik vositalardan foydalangan holda to‘ldiriladigan
hujjat shakllari
an’anaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, birlamchi hujjatlarning axborotlari mashina tashuvchisida
yig‘ilishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etilmoqda.
Ma’lumotlarni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish bosqichi birlamchi hujjatlarning sug‘urta
kompaniyasi bo‘linmalari va xizmatlaridagi hujjatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda mashina
tashuvchilarida birlamchi ma’lumotlarni tayyorlashni ta’minlaydi.
Axborotlarni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘p mehnat talab qiluvchi bosqich bo‘lib, MBning
sifat darajasiga ta’sir etadi va sug‘urta kompaniyasi axborot tizimining o‘tkazish qobiliyati ana shu
bosqichning mahsuldorligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda asosiy muammo mashina tashuvchilariga har
qanday ATning asosi bo‘lgan katta miqdordagi meyoriy- ma’lumotli
axborotlar, shuningdek
birlamchi hujjatlardagi ma’lumotlarning o‘tkazilishi hisoblanadi. Bu katta mehnat xarajatlarini va
axborotlarning past sifatini ta’minlaydi hamda foydalanuvchilarning qaytadan o‘qitilishini talab
etadi.
Hozirgi vaqtda axborot jommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning rivojlanishi va iqtisodiyot
tarmoqlariga jadallik bilan kirib borishi sug‘urta kompaniyalari sug‘urta
polislarini tuzishda
an’anaviy usul, ya’ni sug‘urta agentlaridan foydalanish bilan birga elektron shakldagi AKT
vositalaridan foydalanish imkoniyatini bermoqda. Sug‘urta faoliyatini yanada rivojlantirish uchun,
avvalo, innovatsion texnologiyalarga asoslangan elektron sug‘urta polislarini sug‘urta tizimiga
joriy etish yo’lga qo’yilgan. Chunki elektron sug‘urta
polisini joriy etish orqali
sug‘urtalash jarayyoni kompleks avtomatlashtiriladi, sug‘urtalanuvchining sug‘urtalash
jarayyonlariga sarflanuvchi vaqti tejaladi.
Elektron sug‘urta polisini shakllantirish jarayonlari 4-rasmda tasvirlangan. Undan ko‘rinib
turibdiki, barcha ishlar avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi va mijoz polisni olish
uchun kompaniyaga borishi yoki sug‘urta agentini chaqirishi shart emas. Mijoz sug‘urta
kompaniyasi veb saytidagi shaxsiy xona orqali sug‘urta mahsulotini
tanlaydi va elektron
sug‘urta polisi uchun buyurtma beradi. Shundan so‘ng sug‘urta kompaniyasi axborot tizimi
tomonidan barcha ma’lumotlar to‘g‘ri ekanligi tekshiriladi va mijozdan elektron to‘lov
tizimlari orqali sug‘urta
mukofotini qabul qilib olgach, sug‘urta mukofoti to‘langanligi hamda yangi elektron sug‘urta
polisi tuzilganligi haqida tegishli bo‘limlarga va mijozga SMS yoi e-pochta orqali xabar
yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: