III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun sizlar bilan Miraziz A’zamning “Mardlik va aql yorug‘ligi”
she’ri bilan tanishamiz.
Miraziz A’zam haqida ma’lumot beriladi.
O‘qituvchi she’rni ifodali o‘qib beradi va mazmunini tushuntiradi.
Lug‘at ishi:
qo‘r – olov yonib bo‘lgach, ostida qolgan cho‘g‘ uyumi
o‘git – nasihat tayin – aniq uvol – isrof
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi va
har bir guruh she’rning bir bandini yoddan aytib beradi.
She’r matni ustida savol-javob o‘tkaziladi.
– She’r nima haqida ekan?
– Qanday kishilarni mard deymiz?
O‘rganilganlar yuzasidan test sinovi o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |