III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz sizlar bilan “Rustam” hikoyasining 1-qismi bilan tani-
shamiz.
O‘quvchilar bilan jahon bolalar adabiyoti haqida suhbatlashiladi,
ularning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Rustam” hikoyasining 1-qismini ifodali o‘qib beradi.
Hikoya mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket matnni o‘qiydi.
Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.
Lug‘at ishi:
chuvirindi – tashlandiq
nomus – or, uyat
yollash – biror yumushga jalb qilish
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Rustam” hikoyasining I
qismi o‘quvchilarga “Zanjir” usulida o‘qitiladi. O‘quvchilar
darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
– Matndagi voqea qaysi mamlakatda sodir bo‘lgan?
– Rustam nima uchun yollanib ishlaydi?
– U otasi haqida nimalarni gapirib berdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |