Dars metodlari: suhbat, “Zanjir” usuli, “Qismini top” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilardan bir nechtasi o‘tilgan “Xarita” hikoyasining 1-qis-
mini ifodali o‘qiydi va qolgan o‘quvchilar “Davom ettir” usulida hikoya
qilib beradi. So‘ngra mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi.
– Samad qishlog‘ining xaritasida nimalarni tasvirladi?
– Rasul va Samad nima ustida tortishib qolishdi?
– Hikoyadan siz nimani o‘zingizga oldingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |