III. Yangi mavzu bayoni. – Bugun biz sizlar bilan “Erka cholning o‘rigi” hikoyati bilan tani-
shamiz.
Muallif Xudoyberdi To‘xtaboyev haqida o‘qituvchi tomoni-
dan qisqacha ma’lumot beriladi. “Erka cholning o‘rigi” hikoyasi-
ni o‘qituvchi ifodali o‘qib beradi. Hikoya mazmuni tushuntiriladi.
O‘quvchilardan biri hikoyani ifodali o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar ku-
zatib boradilar.
Lug‘at ishi: qoraqandak – o‘rikning navi
shu yo‘sin – shu zaylda
serzarda – jahldor
qumg‘on – chovgumning kattasi
“Bahribayt” o‘yini. O‘quvchilar yodlagan she’rlari asosida bahri-
bayt o‘yinini o‘ynaydilar. She’rning oxirigi harfi bilan boshlanuvchi
she’r davom ettirib aytilishi kerak bo‘ladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Erka cholning o‘rigi” hikoya-
sini “Ichda o‘qish” usulida o‘qiydilar va hikoya qilib beradilar.
Darslikdagi savol-javob va topishiriqlar ustida ishlanadi.