“Zukkolar bahsi” mashqi. O‘quvchilar matndan olingan
so‘zlarga ularni ifodalash uchun zarur bo‘lgan o‘xshatish va
iboralarni topishlari kerak bo‘ladi.
So‘zlar
Ibora va o‘xshatishlar
Bahor
Firdavs yo‘lini ochdi
Olam
O‘ziga oro berib bezanmoq taraddudiga tushdi
Qishni
Bahor nafasi haydadi
Daraxtlar
Yashil to‘n kiydi
Oq, sariq, ko‘k, qizil rangli harir yopinchiqlar bilan bezandi
III. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu e’lon qilinadi. “Jala darakchisi”. (Habib Rahmat).
O‘qituvchi she’rning muallifi haqida qisqacha ma’lumot beradi.
O‘qituvchi “Jala darakchisi” she’rini ifodali o‘qib beradi.
– Bu she’r nima haqida ekan?
– Qaysi faslda momaqaldiroq gumburlaydi?
– U nimadan darak beradi?
– Shoir momaqaldiroqni nimaga o‘xshatadi?
– Yana qanday tabiat hodisalarini bilasiz?
She’r mazmuniga oid videolavha namoyish etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |