Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutq, lug‘at ustida
ishlash, asar qahramonlarini ajrata olish malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “Ortiqchasini top”
ta’limiy o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Qo‘rqoq” hikoyasining 1-qismi o‘qitiladi, mazmuni 3-4 nafar
o‘quvchiga so‘zlatiladi. O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.
– Nima uchun Bahromni qo‘rqoq deyishardi?
– Bahromning dadasiga nima qilgan edi?
O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |