V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Bahrom qo‘rquvini jilovlay olmaganida voqealar qanday tus olar
edi?
– Hikoyadagi qaysi voqea sizda katta taassurot qoldirdi?
– Siz nimadan qo‘rqasiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Qo‘rqoq” hikoyasining 2-qismini o‘qish.
91-d a r s
Mavzu: “Yaxshi bo‘ldi”. (Nosir Fozilov).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Yaxshi bo‘ldi” hikoyasining mazmuni bi-
lan tanishtirish va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirish.
FK 1: hikoya mazmunini qisqartirib aytib bera olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilar yaxshilik qilishning ahamiyati, yaxshilik yer-
da qolmasligi haqida tushuncha berish va axloqiy sifatlarni tarbiyash.
TK 4: yurish-turishda kattalardan o‘rnak olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |