VI. Uyga vazifa berish. “Nurxon va Burxon” she’rini yod olish.
86-d a r s
Mavzu: “Qo‘rqoq”. (Sunnatulla Anorboyev). I qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga dovyuraklik, qo‘rqoqlik haqida ma’lumot
berish, “Qo‘rqoq” hikoyasining I qismi bilan tanishtirish. O‘quvchilarda
to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
TK 5: hikoyada bo‘layotgan voqea jarayonlariga daxldorlikni his etish.
FK 1: o‘qilgan hikoyaning mazmunini tushunib olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda dovyuraklik, jasurlik, mardlik kabi tuy-
g‘ularni tarbiyalash.
TK 3: yaxshi fazilatlarga rioya qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini,
lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: hikoya mazmunini qisqa qilib aytib bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |