IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar matnni bitta gapdan navbat bilan
“Zanjir” usulida o‘qiydilar.
“Topib o‘qi” mashqi.
– Ibn Sino onasidan suyunchi so‘ragan satrlarni topib o‘qing.
– Ibn Sino onasini tashlab ketishga ko‘zi qiymaganligi haqidagi
gapni topib o‘qing.
– Sitorabonuning tashqi ko‘rinishi tasvirlangan misralarni topib
o‘qing.
– Xorazmlik Abu Bakr boboning gaplarini topib o‘qing.
“Sonlar tilsimi” mashqi.
– Misollarni yechib, harflarni o‘z o‘rniga qo‘ysangiz qissada
Ibn Sinoning onasiga aytgan gaplaridan birini topasiz.
(“Menga oq fotiha bering, safar otini egarlab yo‘lga chiqay”.)
Mashq natijalari tahlil qilinadi va xulosa yasaladi.
– Bolajonlar, hammamizga ma’lumki kitob-ilm ziyosi. Shuning
uchun biz kitoblarni sevib o‘qishimiz, ularni ardoqlashimiz lozim.
Hozir kitobga oid bilimlaringizni sinab ko‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |