79
Lug‘at ishi:
hayratda qolib – hayron bo‘lib
o‘kindi –
afsus qildi
in’om-ehson – sovg‘a
tahsinlar – rahmatlar
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilarga “Ziyrak uch yigit” ertagining 2-qismini” “Shivirlab
o‘qish” usulida o‘qitiladi va qayta hikoya qildiriladi.
“Do‘stingni tanla va u haqda so‘zla” didaktik mashqi. Ziy-
rak uch yigit nomi ekranda namoyish qilinadi. O‘quvchilar
o‘zlariga yoqqan qahramonni tanlab, tavsiflaydi. Eng ko‘p
tanlangan qahramon haqida o‘quvchilarning fikrlari va sababi
so‘raladi. Ekranga asar qahramonlariga tegishli matn tarkibidagi gaplar
namoyish qilinadi. Bu orqali o‘quvchilar ziyrak uch yigitning ijobiy
obraz ekanligi haqida tasavvur hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: