Dars metodlari: suhbat, “Do‘stingni tanla va u haqida so‘zla”,
“To‘g‘ri jumlani top” ta’limiy o‘yinlari.
Dars jihozlari: tarqatma material, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Ziyrak uch yigit” ertagini so‘zlab beradilar.
“To‘g‘ri jumlani top” o‘yini. O‘qituvchi ertak jumlalarini
noto‘g‘ri o‘qiydi. O‘quvchilar uni to‘g‘rilab o‘qiydilar.
Namuna: Hozirgi zamonda aqlsiz Ibrohim, Ismoil va Umar
ismli uch yigit sayohatga chiqishibdi. Dam olib o‘tirishganida otning izi
ularning diqqatini jalb etibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |