Microsoft Word экология лотин doc



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

O‘zbekiston  Respublikasi  IIV  devoni  –  respublikamizda  IIV 
faoliyatiga oid bir qator buyruqlar, Nizom va yo‘riqnomalar qabul qilish, 
ularning joylarda amalga oshirilishini nazorat etadi va ta’minlaydi. 
Profilaktika  inspektorlari  –  mahalliy  hokimiyat  va  boshqaruv 
organlariga  ekologik-huquqiy  tartib  o‘rnatish,  tabiatni  muhofaza  qilish 
to‘g‘risidagi  qonun  talablarining  bajarilishini  ta’minlash  hamda 
ekologik-profilaktik  huquqiy  nazorat  ishlarini  amalga  oshirishga 
ko‘maklashadilar. 
Yo‘l  patrul  xizmati  xodimlari  –  avtotransportdan  foydalanganda 
atmosfera  havosi  ifloslanishining  oldini  olish,  unga  qarshi  kurashish 
hamda  avtotransport  shovqinlarining  normal  holatda  bo‘lishini 
ta’minlashga yordam beradilar. 
Yong‘in  xavfsizlik  xizmati  xodimlari  –  tabiat  va  xalq  xo‘jaligi 
obyektlarining  yong‘inga  qarshi  holatini  baholash,  tabiat  obyektlari 
muhofazasiga ko‘maklashish, yong‘inga qarshi kurashish va uning oldini 
olish, tabiat obyektlarini muhofaza qilish ishlarini amalga oshiradilar. 
Ichki  ishlar  tergov  bo‘linmalari  xodimlari  –  amaldagi  qonun-
larimizda  ekologiya  sohasida  sodir  etilgan  huquqbuzarliklarga  qarshi 
kurashadilar,  ularning  oldini  olishni  va  sodir  etilgan  ekologik-
huquqbuzarliklarni to‘la ochib berishni ta’minlaydilar. 
Ko‘riqlash xizmati – o‘zaro kelishuv yoki shartnoma asosida davlat 
ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  va  boshqa  muhim  tabiiy,  tarixiy  ekologik 
obyekt hamda komplekslarni qo‘riqlaydilar, muhofaza qiladilar. 
Ko‘rinib turibdiki, huquqni muhofaza qiluvchi organlar  ichida ichki 
ishlar  organlariga  vakolatlari  ekologik  muammolarni  o‘z  doirasida  hal 
etishda katta mas’uliyat yuklangan va ularning mazkur sohadagi faoliyati 
ko‘p qirralidir. 
Tahlillar  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  ichki  ishlar  organlari  ekologik 
muammolarni hal qilishda, yana bir qator tadbirlarni amalga oshirishlari 
zarur.  Avvalambor,  ichki  ishlar  organlari  o‘z  faoliyatini  to‘la  bajarishi 
uchun  huquqiy  asosga  yoki  huquqiy  manbaga  ega  bo‘lmog‘i  lozim. 
O‘zbekiston  Respublikasining  «Ichki  ishlar  organlari  to‘g‘risida»gi 
qonuni ana shunday huquqiy manba bo‘lishi mumkin. 
Fikrimizcha,  ichki  ishlar  organlarining  tabiatni  muhofaza  qilish 
sohasida faoliyatini yanada takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga 
oshirish  maqsadga  muvofiqdir:  birinchidan,  «Ichki  ishlar  organlari 
to‘g‘risida»gi  qonunni  qabul  qilish  va  unda  ichki  ishlar  organlarining 
ekologik-huquqiy  faoliyatiga  kengroq  e’tibor  berish;  ikkinchidan,  ichki 


 
47
ishlar  organlari  o‘z  ekologik  faoliyatlarini  yanada  yaxshilashlari  uchun 
huquqni  muhofaza  qiluvchi  boshqa  organlar,  ya’ni,  prokuratura,  adliya, 
milliy  xavfsizlik  xizmati,  soliq,  bojxona  va  boshqa  organlar  bilan 
hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda kengaytirish; uchinchidan, ichki 
ishlar  organlari  ekologiya  muammolarini  hal  qilish  sohasida  tabiatni 
muhofaza  qilish  qo‘mitasi,  «Ekosan»  xalqaro  jamg‘armasi  va  shu  kabi 
boshqa korxona, muassasa, tashkilotlar bilan yaqindan aloqa qilishi va bu 
sohadagi  muammolarni  ular  bilan  birgaliqda  hal  etishi;  to‘rtinchidan, 
O‘zbekiston  Respublikasi  IIV  huzurida  tabiatni  muhofaza  qilish  ishini 
amalga  oshiruvchi  alohida  bo‘linma  tuzish  va  uning  huquqiy  vakolatini 
kengaytirish,  ya’ni  barcha  ekologik  muammolarni  hal  etish  faoliyati 
bilan  bog‘lash;  beshinchidan, ichki  ishlar  organlari  xodimlari  aholiga, 
ayniqsa  yoshlar  o‘rtasida  ekologik-huquqiy  suhbatlar,  kechalar,  uchra-
shuvlar  o‘tkazishi,  ularning  ekologik-huquqiy  ma’naviyati  va  mada-
niyatini yanada oshirishga ko‘maklashishi; oltinchidan, ekologik qonun-
lar  va  boshqa  tabiatni  muhofaza  qilishga  oid  huquqiy  hujjatlarni  oddiy, 
ommabop  shaklda  tushuntiruvchi  sharhlar,  savolnomalar,  ommabop 
kitob  va  boshqa  ekologik-huquqiy  adabiyotlar  turkumini  chop  etishni 
kengroq yo‘lga qo‘yish. 
Xullas, ichki ishlar organlarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi 
faoliyatini  huquqiy  tartibga  solish  va  uni  takomillashtirish  katta 
ahamiyatga  ega  bo‘lib,  mamlakatimiz  ekologik  siyosatini  asoslovchi 
xususiyatlardan biridir. 
Tabiat  resurslari  bo‘lgan  yer,  yer  osti  boyliklari,  suv,  o‘simlik  va 
hayvonot  dunyosi,  o‘rmon,  atmosfera  havosi  va  boshqalarga  nisbatan 
mulkchilik eng muhim siyosiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu  masala  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  55-
moddasida  o‘z  ifodasini  topgan.  Unga  ko‘ra:  «Yer,  yer  osti  boyliklari, 
suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umum-
milliy  boylikdir,  ulardan  oqilona  foydalanish  zarur  va  ular  davlat 
muhofazasidadir». 
O‘zbekiston  Respublikasi  o‘zining  milliy-davlat  va  ma’muriy-
hududiy  tuzilishini,  hokimiyat  va  boshqaruv  idoralarining  tizimini 
belgilaydi hamda tabiat boyliklaridan mustaqil foydalanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  mustaqilligi  davrida  qabul  qilingan 
ekologik  va  agrar  qonunlarda  yuqoridagi  konstitutsiyaviy  talablar 
mustahkamlab qo‘yilgan. 
Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasining  «Tabiatni  muhofaza  qilish 
to‘g‘risida»gi  (5-m.),  «Suv  va  suvdan  foydalanish  to‘g‘risida»gi  (3-m.), 


 
48
«Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi (3-m.), «O‘simliklar dunyosini muhofaza 
qilish  va  undan  foydalanish  to‘g‘risida»gi  (3-m.),  «Hayvonot  dunyosini, 
muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  to‘g‘risida»gi  (3-m.),  «Atmosfera 
havosini  muhofaza  qilish  to‘g‘risida»gi  (1-m.),  «Yer  kodeksi»  (16-m.), 
«O‘rmon  to‘g‘risida»gi  (4-m.),  «Muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar 
to‘g‘risida»gi  (6-m.)  qonunlarda  ko‘rsatilgan  talablar  tabiat  resurslariga 
nisbatan belgilangan mulkchilikni qonun doirasida hal etishga qaratilgan. 
Shu  bilan  birga,  tabiiy  resurslarga  nisbatan  mulk  huquqining 
belgilari qonunchilik normalarida ko‘rsatib qo‘yilgan. 
1. Tabiiy 
resurslarning 
ajralmasligi 
(o‘zaro 
bir-biri 
bilan 
chambarchas  bog‘liqligi,  birligi)  –  bunda  ma’lum  bir  tabiiy  obyektni 
mulk sifatida boshqa bir obyektdan ajratib bo‘lmasligi. Masalan, yerdan 
yer  osti  boyligini,  suvdan  baliqni  ajratib  bo‘lmaydi.  Zero,  suv 
obyektlariga mulk huquqi baliqqa bo‘lgan mulk huquqidan ajralmasdir. 
2. Tabiiy  resurslarning  bebaholigi,  bahosizligi  yoki  qiymatining 
yo‘qligi – ayrim tabiiy obyektlar (tuproq, yer qa’ri, bog‘, o‘rmon, hayvo-
not  va  o‘simliklar  dunyosini  evolyutsion  rivojlanish  va  kishilarning 
zaruriy  mehnat  faoliyatining  mujassamlashgan  holdagi  natijasi  ekanligi, 
uning aniq bir qiymatini belgilab olish imkoniyatini bermasligi. Masalan, 
bir paytning o‘zida yerning ham ko‘chmas mulk, ham tabiiy obyektning 
ajralmas bir bo‘lagi ekanligi. 
3. Tabiiy  resurslarning  moddiyligi  –  o‘zining  obyektiv  ko‘rsatkich-
lariga  binoan  tabiiy  resurslarni  mulk  sifatida  o‘zlashtira  yoki  undira 
olmasligi.  Masalan,  atmosfera  havosi,  fazoviy  elementlar,  iqlim 
resurslari va hokazo. 
Tabiiy  resurslarga  nisbatan  mulk  huquqining  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini inobatga olib, ularni turlarga bo‘lish mumkin. 
1. Umumsiyosiy  tabiiy  resurslar  –  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv 
organlarining  vakolat  doirasiga  kiruvchi  mudofaa  zaruriyatlari, 
xavfsizlikni  ta’minlash,  davlat  chegaralarini  qo‘riqlash  va  shunga 
o‘xshash siyosiy vazifalarni bajaruvchi tabiat obyektlari, yer uchastkalari 
yoki suv manbalari. 
2. Umumiqtisodiy  tabiiy  resurslar  –  sanoat,  transport,  energetika, 
kosmik  tizimlar,  yadro  va  shunga  o‘xshash  boshqa  iqtisodiy  zarur 
obyektlar bilan band bo‘lgan tabiiy obyektlar va yer uchastkalari. 
3. Umumekologik  tabiiy  resurslar  –  ekologik  vazifalarni  bajaruvchi 
alohida  muhofaza  qilinadigan  tabiiy  hududlar,  yer  uchastkalari,  suv 
manbalari, akvatoriyalar va boshqa tabiiy obyektlar. 


 
49
Ushbu  kategoriyaga  tarixiy  va  tabiiy  yodgorliklar,  o‘simlik  va 
hayvonot  dunyosi,  alohida  bir  tabiiy  obyektlar  (tarixiy  ahamiyatga  ega 
bo‘lgan  yodgorliklar,  noyob  turdagi  daraxtlar,  mo‘jizaviy  sharsharalar, 
tabiiy  va  tarixiy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  cho‘qqi-tosh,  nodir  yer  osti 
boyliklari va boshqa ekologik ahamiyaga ega bo‘lgan topilmalar kiradi. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish