Microsoft Word экология лотин doc


-§. «Ekologik javobgarlik» tushunchasi



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

 
2-§. «Ekologik javobgarlik» tushunchasi, 
mohiyati va turlari 
 
Atrof  tabiiy  muhitni  muhofoza  qilish  va  tabiatdan  oqilona 
foydalanishni  ta’minlash  choralari  tizimida  qonun  hujjatlariga  rioya 
qilmaganlik,  ekologik  talablarni  buzganlik  uchun  javobgarlik  choralari 
muhim o‘rinni egalaydi. 
Ekologik javobgarlik –  atrof  tabiiy  muhitga keltiriladigan  zararning 
oldini  olish  va  ularni  qoplash  yuzasidan  kelib  chiqadigan  huquqiy  nor-
malar  va  ularga  mos  keluvchi  huquqiy  munosabatlarning  iqtisodiy-
huquqiy kompleksidir.  


 
55
Ta’kidlash joizki, ekologik javobgarlik quyidagi ikki turga bo‘linadi: 
1) ekologik – iqtisodiy javobgarlik; 
2) ekologik – huquqiy (yuridik) javobgarlik. 
Ekologik-iqtisodiy  javobgarlik  –  ijtimoiy  javobgarlik  turi  bo‘lib,  u 
atrof  tabiiy  muhitga  yetkazilgan  va  qonun  bilan  belgilangan  me’yordan 
oshmagan  zarari  bilan  belgilanadi  va  keltirilgan  zararni  pul  miqdorida 
so‘zsiz qondirish bilan ifodalanadi. 
Tabiiyki,  bu  javobgarlikning  ikki  turi  mavjud  bo‘lib,  ular 
quyidagilar: 
a) foydalanganlik uchun to‘lovlar; 
b) ifloslantirganlik uchun to‘lovlar. 
Ekologik-huquqiy  javobgarlik  –  ekologik  qonun  me’yorlarini 
buzganligi oqibatidagi noqulay sharoitlarning majburiy kechinmasi yoki 
subyektlarning yuridik javobgarlikka tortilishi. 
Yuridik  javobgarlik  deganda,  huquq  normalarini  buzganlik  uchun 
jazo  choralarini  qo‘llash  oqibatida  huquqbuzarga  salbiy  oqibatlar 
tug‘dirish va davlat tomonidan huquq talablarini bajarishga majbur etish 
tushuniladi.  Yuridik  javobgarlik ijtimoiy  javobgarlikning  bir  turi bo‘lib, 
huquqiy  normalarda  belgilanadi  va  davlatning  majburlash  kuchini 
qo‘llash imkoniyatlari bilan hamisha bog‘liq bo‘ladi. 
Yuridik  javobgarlik  huquqbuzarlik  sodir  etilganda  va  uning  salbiy 
oqibati  kelib  chiqqanda  vujudga  keladi.  Yuridik  javobgarlik  davlatning 
majburlov  xarakteridagi  choralarini  huquqqa  xilof  harakat  yoki 
harakatsizlik sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanilishi bilan bog‘liq va u 
huquqbuzarlikka qarshi kurashning muhim vositasidir. 
Ekologiyaga doir qonunchilikni buzganlik uchun yuridik javobgarlik 
o‘zining  asosiy  maqsadi  va  tamoyillari  bilan  boshqa  qonunchilikni 
buzganlik uchun javobgarlikdan farq qilmaydi, ammo ma’lum bir o‘ziga 
xos  xususiyatlarga  ham  ega.  Ushbu  xususiyatlar  o‘simlik  va  hayvonot 
dunyosiga  yetkazilgan  zararni  taksa uslubi asosida undirish  va  ekologik 
qonun  hujjatlarini  buzganlik  uchun  maxsus  jazo  choralari,  ya’ni  tabiiy 
resurslardan  foydalanish  huquqini  cheklash,  to‘xtatib  turish  va  undan 
mahrum qilish choralarini qo‘llashdan iboratdir.  
Ekologik  qonunchilikni  buzganlik  uchun  javobgarlik  quyidagi 
maqsadlarga  ega:  tabiiy  obyektlardan  foydalanish  va  ularni  muhofaza 
qilish  qoidalarini  buzgan  shaxslarga  nisbatan  jazo  choralarini  qo‘llash; 
atrof  tabiiy  muhitga  va  inson  salomatsizligiga  yetkazilgan  zararni 
qoplash; yangi ekologik huquqbuzarlikni sodir etishni ogohlantirish. 


 
56
Ekologiya  sohasida  sodir  etilgan  huquqbuzarliklarga  nisbatan 
qo‘laniladigan choralarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularning eng 
og‘irlari jinoyatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga asosan qo‘llaniladi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan javobgarlik turlari yer, suv, yer osti boyliklari, 
o‘rmon,  atmosfera  havosi,  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosini  muhofaza 
qilish  va  ulardan  oqilona  foydalanish  bilan  bog‘liq  qonun  hamda  talab-
larni buzganlik uchun qo‘llaniladi. 
Ekologik  huquqiy  (yuridik)  javobgarlikning  quyidagi  to‘rt  turi 
mavjud: 
1) intizomiy javobgarlik; 
2) ma’muriy javobgarlik; 
3) fuqaroviy javobgarlik; 
4) jinoiy javobgarlik. 
Ekologiya huquqida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun intizomiy 
javobgarlik masalasi katta ahamiyatga ega. 
Ekologiya  sohasida  sodir  etilgan  huquqbuzarlik  intizomiy-huquqiy 
javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish