Natijalarni nisbiy baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
— ekspert — mutaxassislar guruhini tanlash;
— mazkur daraja bo’yicha xodimlar guruhini shakllantirish;
— baholash muddatini belgilash;
— reyting bo’yicha joy-joyiga qo’yish tartibini aniqlash;
— natijalarni qayd etish;
— axborotlarni xodimlarga etkazish.
Rahbar tomonidan xodimlarni shaxsiy baholash amalga
oshirilgandan so’ng kelgusi yil uchun vazifalar belgilab beriladi:
— kasbiy faoliyat sohasidagi vazifalar — xodim kelgusi yil
davomida mehnat faoliyatida erishishi kerak bo’lgan asosiy
ko’rsatkichlar, bu reja nazorat qilib boriladigan muddatlar;
— yangi vazifalar va malakani egallash sohasidagi vazifalar;
— kelgusi yilda ushbu masalalar bo’yicha erishish talab qilinadigan
natijalar va bu maqsadlarga erishish vositalari.
Personal erishgan natijalar bo’yicha korxona har bir bo’linma va
xizmatining reytingi hisoblanadi. Mazkur reyting ko’rsatkichlari
xodimlar rotatsiyasini amalga oshirish yo’nalishlari bo’yicha bo’lim va
xizmatlar anikdanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |