Кино ва телевидениеда монтаж


hech qachon birinchi kadr tasvirga olingan



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

hech qachon birinchi kadr tasvirga olingan 
tasvirgat olish o‘qidan ikkinchi kadrni ham tasvirga olaverish 
mumkin emas
27

Buning uchun birinchi kadrni tasvirga olib 
bo‘linganidan keyin, ikkinchi kadrni tasvirga olishda bir-ikki 
qadam chapga yoki o‘ng tomonga surilish, bir oz pastroq yoki 
yuqoriroq rakursga tushish kerak (76-rasm).
Bu tamoyil barcha turdagi ob’ektlarni tasvirga olishda 
birday amal qiladi: inson, avtomobil va hatto xayvonlarni ham. 
27
Ken Dancyger. The Technique of Film and Video Editing: History, Theory, and 
Practice.2007, Elsevier Inc.
71-b.


127
Faqat o‘z tasvirga olish joyingizni o‘zgartirish paytingizda 
makonda mo‘ljal olish bo‘yicha montaj, planlar yirikligi bo‘yicha 
montaj va boshqa montaj tamoyillari talablarini ham bajarishni
unutmang.
 
Nazorat savollari: 
1. Montajning to‘qqizinchi tamoyili bo‘yicha montaj qanday 
qoidalar asosida bajariladi? 
2. “Rakurs” nima? 
3. “Tasvirga olish o‘qi” nima? 
1.10. O‘ninchi tamoyil:
Kadrda asosiy massa harakat yo‘nalishi bo‘yicha montaj
 
Ushbu mavzu montajning o‘ningchi tamoyili talablariga 
bag‘ishlangan bo‘lib, u kadrda harakatlanayotgan asosiy 
massaning harakat yo‘nalishini belgilash, kadrda aks etgan 
ob’ektlarning ekran maydonini egallash talablari va qoidalari 
haqida ma’lumotlar beradi. 
Birinchi qarashda montajning bu tamoyili anchagina 
murakkab va mavxumdek ko‘rinadi. Qandaydir tushunarsiz
massa allaqayoqqa nimagadir harakatlanib ketyapti. Va, umuman, 
ekranda qanaqa massa bo‘lishi mumkin, buning ustiga, ekranda 
oq-qora yoki rangli xayoliy shakl va jismlar harakatlanayotgan 
bo‘lsa? 
Grek tilidan olingan 
kinematos
– 
“harakat”
 
so‘zi 
insoniyatning buyuk ixtirosi bo‘lgan kinematografiyaning, undan 
keyin esa televideniening nomiga asos bo‘ldi. Harakatni tasvirga 
olish va ekranda namoyish etish bu san’at turlarining insonlar 
qalbidan mustahkam joy olishiga imkon yaratdi.
Kinematografiya 
va 
radioning 
davomchisi 
bo‘lgan 
televidenie ularga mansub bo‘lgan hamma asosiy elementlarni 
meros qilib oldi. 
Tasavvur qilib ko‘ring, ekranda 
«harakat» 
to‘xtab qoldi
... 
Va, hammasi tamom: hech qanday televidenie, hech qanday kino 
endi yo‘q! 
Montajning o‘ninchi tamoyili har ikki san’at turida 


128
kadrlarni o‘zaro biriktirishda – eng muhim tamoyillardan biridir. 
U eng turli vaziyatlarda, usul va variantlarda o‘z talablari va 
qoidalarining bajarilishini talab qiladi. 
Kadrda harakatlanayotgan asosiy massa – bu nima o‘zi? 
Eng sodda misolni ko‘rib chiqamiz, statik kadr tasvirga 
olingan: qalin o‘rmon fonida, umumiy planda inson tasvirga 
olingan. Kadrda aks etgan uning gavdasidan tashqari barcha 
narsalar ekranda shu insonning tezligi bilan bir xil tezlikda 
harakatlanmoqda. Bu insonning boshi, shimi, pidjagi, botinkasi va 
qo‘llari alohida-alohida emas, balki aynan hammasi bir vaqtda. 
Insonning, tomoshabinning olamni idrok etish xususiyati shunday 
tuzilganki, bizning ko‘zimiz – eng birinchi navbatda va majburiy 
ravishda – harakatlanayotgan ob’ektga moslashadi. Ko‘zlarimiz 
bu ob’ektning barcha harakatlarini ilg‘ab olishga harakat qiladi. 
Bunda bizning nigohimiz deyarli uzluksiz ravishda bu ob’ektni 
kuzatib boradi. 
Demak, – bosh, pidjak, shim, botinka va qo‘llar birgalikda, 
bu vaziyatda ekranning nisbatan kichik qismini egallab turgan 
qandaydir “harakatlanayotgan massa”ni tashkil qiladi. Hayotda 
ham, 
ekranda 
ham 
biz 
o‘z nigohimiz bilan, avvalo 
harakatlanayotgan narsalarni ko‘ramiz, keyin esa uning atrofidagi 
harakatsiz narsalarga razm solamiz. 
Ekranda harakatlanayotgan ob’ekt kadrning istalgan 
qismini, hatto butun kadr maydonini egallagan bo‘lishi mumkin. 
Ekrandan joy olgan ob’ektning atrofidagi barcha narsalar ekran 
bo‘ylab harakat qiladi va tomoshabin uchun ilk soniyalarda 
kadrda harakatlanayotgan massa vazifasini bajaradi. Shuning 
uchun, montajning o‘ninchi tamoyili rejissyor va operatorga kadr 
ichida qandaydir harakat aks etgan kadrlarni tasvirga olayotganda 
ekrandagi massa bilan qanday ishlashni aniqlab beradi. 
Navbatdagi boshqotirmani yechish bilan mavzu yuzasidan 
jiddiyroq masalalarni hal qilishni boshlaymiz. 
Qahramon poezdda ketyapti. Siz esa buni ekranda to‘g‘ri 
ko‘rsatib berishingiz kerak. Qahramonimiz bemor buvisi haqida 
o‘ylab yo‘lda bir oz g‘amga botadi. 
Siz birinchi kadrni statik holatda (kamera harakatsiz) 
tasvirga tushirasiz: kadrda uzundan-uzun poezd sostavi o‘tib 
bormoqda. Kamera oldida birma-bir vagonlar o‘tyapti. Keyin, 


129
ikkinchi kadr: qahramonimiz vagon darchasi oldida o‘tiribdi va 
(poezd ketayotgan yo‘nalish tomonga) darchadan tashqariga 
qarayapti. 
Umid 
qilamizki, 
siz 
montajning 
uchinchi 
tamoyili 
talablarini inobatga olgan holda tasvirga olish nuqtalarini to‘g‘ri 
tanlagansiz va ob’ektning birinchi kadrdagi harakat yo‘nalishi 
bilan ikkinchi kadrdagi harakat yo‘nalishi bir xilligi saqlangan. 
Bu epizod uchun tasvirga olish mizantsenasi 76, 77-rasmlarda 
tasvirlangan. 
76-rasm.
 
 
 
77-rasm. 
Xo‘sh, bu yerda xatolik nimada, deb savol berarsiz balki. 
Hammasi juda oddiy, tushunarli va to‘g‘ri! Buning ustiga, Siz 
kadrlarga yorqin ifodalangan jo‘shqinlik berishga harakat 
qildingiz. Buning uchun esa siz eng asosiy narsa – keskin 
harakatdan foydalandingiz. Uni ekranda ta’sirchan qilib yetkazib 
berish mumkin. Shuning uchun, birinchi kadrda aks etgan 
harakatlayotgan vagonlar ekran maydonining katta qismini 
egallagan. Biroq, ikkinchi kadrda siz vagon darchasida aks etib 
turgan maftunkor tabiat manzarasini deyarli to‘liq ekranda 
ko‘rsatib berishga urindingiz. 
Endi, bunday kadrlarni o‘zaro montaj qilinganda nima hosil 
bo‘lishi va bunda tomoshabin nimalarni ko‘rishi va his qilishi 
haqida fikr yuritib ko‘ramiz. Tomoshabinlar olgan taassurotni biz 


130
ham olib ko‘ramiz. 
Birinchi kadrda, chapdan o‘ng tomonga poezd vagonlari 
birin-ketin harakatlanib o‘tib bormoqda. Kadr 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish