116
yotibdi. Ular yam-yashil bo‘lib o‘ziga hos yashil fon vazifasini
bajarmoqda. Butalardan chap tomonda esa qora rangga bo‘yalgan
devor bor.
Bu epizodda yigitning yirik, umumiy-o‘rta
planlari tasvirga
olinishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, barcha televizion
seriallarda bo‘lgani kabi, siz ham ishni tezlashtirish, montaj
jarayonini osonlashtirish maqsadida epizodni ikkita kameradan
foydalanib tasvirga olmoqdasiz.
71-rasm.
Ikkala operatorlar ham o‘z kameralarini o‘zlari to‘g‘ri deb
bilgan joylarga o‘rnatishdi. Ularning biri
yigitning yirik planini
tasvirga olmoqda, ikkinchisi umumiy planini. Kameralar 71-
rasmda ko‘rsatilgandek tartibda o‘rnatildi. Nima deb o‘ylaysiz,
kameralar to‘g‘ri joylashtirildimi? Ikkala kameradan olingan
kadrlar montaj jihatidan bir-biriga mos keladimi?
Kitobdan to‘g‘ri javob aks ettirilgan rasmni qidirishga
shoshilmang. Bu mavzuni, umuman montajning barcha o‘nta
tamoyilini mukammal bilib olishingiz siz uchun juda muhim.
Natijani shunchaki tasavvur qilib ko‘raylik: 1-kamera olgan
kadrda yigitning umumiy-o‘rta plani, yigit kadrda turibdi, fonda
yam-yashil butalar ko‘rinyapti; 2-kamera olgan kadr –
yigitning
yirik plani, endi kadr foniga butalar sig‘magan, faqat qop-qora
devor ko‘rinib turibdi. Bir qarashda hammasi joyida. Lekin shuni
unutmangki, yigit turgan joyning orqa tomonidan yashil butalar,
chap tomonda esa qora rangli devor borliini faqat siz bilasiz,
117
tomoshabin
esa
bilmaydi.
U
faqat
siz
ko‘rsatayotgan
narsalarnigina ko‘ra oladi. Tomoshabin uchun go‘yoki bu ikki
kadr tamomila boshqa-boshqa joyda tasvirga
olinganday tasavvur
uyg‘otadi: avval yigit yashil bog‘da edi, keyin esa qandaydir qora
narsaning oldida bo‘lib qoldi... natijada beixtiyor tomoshabinda
savol tug‘iladi: nima bo‘ldi o‘zi? Yigit qanday qilib bir zumda bir
joydan boshqa joyga borib qoldi? Balki bu fantastik filmdir va
yigit “teleport”dir degan ming turli savollar tug‘iladi? Eng
tomoshabin sizning filmingizni ko‘rish, undan ma’anaviy ozuqa,
fikr olish emas, balki siz bergan “topishmoq”ni yechish bilan
band bo‘ladi. Agar siz bir film davomida tomoshabinga ana
shunaqa “topishmoq”lardan 5-6 tasini
bersangiz filmingizning
muvaffaqiyatsizligi 200% ta’minlanadi.
Tasvirga olingan kadrlarni o‘zaro montaj qilib ko‘rsak 71-
rasmdagi kameralar joylashuvi naqadar xato ekanligi yaqqol
ko‘zga tashlanib qoladi (72-rasm).
Ha, juda g‘alati va yoqimsiz natija. Tomoshabin ham bu
kadrlarni ko‘rganda huddi shunaqa yoqimsiz holatni his qiladi.
Endi o‘ylab ko‘ring, bir epizod davomida agar bu kadrlar o‘zaro
bir necha marta o‘rin almashsa tomoshabin qay holatga
tusharkin...
72-rasm.
Albatta, bu keltirilgan misoldagi kabi fonning juda keskin
darajada farqli rangda bo‘lishi hayotda uchramaydi. Lekin xatolik
118
yaqqol ko‘rinishi, mavzu tushunarli bo‘lishi uchun atayin shu
misolni ko‘rsatdik. Biroq bunday xatoliklar
tajribasiz operator va
rejissyorlar ijodida, televidenieda ko‘p uchrab turadi.
Masalaning yechimi esa juda oddiy! Kameralarni shunday
joylashtiringki, toki birinchi kadr o‘zidan keyingi kadrda kirib
kelishi mumkin bo‘lgan yangi rang to‘g‘risida bir oz ma’lumot
bersin. Bizning misolda yigit tasvirga olingan umumiy-o‘rta
planda qora devorning bir qismi ham ko‘rinib turishi kerak edi
(73-rasm). Bu
Do'stlaringiz bilan baham: