113
Quyoshning o’z o’qi atrofida aylanishi tufayli yerdagi kuzatuvchi bunday oqimni
har 27 sutkadan keyin qayd qiladi. Shuning uchun bunday oqimlarga
takrorlanuvchi oqimlar deyiladi.
Takrorlanuvchi oqim ichida magnit maydon bir necha marotiba kuchaysa,
zarralar zichligi kamayadi. Bu Samarqand neytron
supermonitorida olingan
eksperimental natija, 16 – chi rasmdan yaqqol ko’rinib turibdi.
Sayyoralararo muhitni qo’zg’atuvchi muhim mexanizmlardan biri, Quyosh
chaqnashlari natijasida hosil bo’luvchi zarbali to’lqinlardir (rasm 13g). Chaqnash
vaqtida katta miqdordagi Quyosh plazmasi koinotga otiladi, natijada yuqori tezlikli
oqimlar va zarbali to’lqinlar hosil bo’ladi. Bunday oqim va to’lqinlar
takrorlanuvchi oqimlardan farqli, uncha katta bo’lmagan vaqt davom etadi va unda
zarralar zichligi katta bo’ladi. Quyosh chaqnashlari natijasida hosil bo’luvchi
zarbali to’lqinlarni tezligi 3000 km/s – ga yetishi mumkin. Ba’zan bir nechta turli
tezlikli zarbali to’lqinlar paydo bo’lib, turli tezlik bilan bir-biriga yaqinlashadi yoki
uzoqlashadi.
Magnitlashtirilgan oqimlarning katta masshtabli birjinslimaslaridan tashqari,
uzilishlar va magnit maydon yoki muhit tebranishlarining to’lqinlarini butun
spektrlari paydo bo’lishi mumkin. Bunday to’lqinlarga Alven to’lqinlari
(Plazmaning o’zgarmas zichliklarida magnit maydonining ko’ndalang
tebranishlari) deyiladi.
Расм 13г.
Қ
уёш ча
қ
наши зарбали т
ў
л
қ
ини. 1-магнит
куч чизи
қ
лари, 2-магнит
майдонига перпендикуляр б
ў
лган зарбали т
ў
л
қ
инлар фронти, 3-майдонга
квазипаралел б
ў
лган т
ў
л
қ
ин фронти, 4-ча
қ
наш му
ҳ
итини
ташланиши, 5-си
қ
илган
магнит майдони, МВ – т
ў
л
қ
ин меридиани, E ва W – шар
қ
ий ва
ғ
арбий кузатиш
секторлари, S -
Қ
уёш
114
Magnit maydonlarning birjinslimaslari kosmik
zarralarning harakatiga
kuchli ta’sir etadi. Agar zarralarning Larmor aylanish radiusi R
l
birjinslimaslarning
o’lchami, R
b
– dan juda kichik bo’lsa, zarralar kuch chiziqlari bilan harakat etib,
birjinslimaslarni aylanib o’tadi. R
l
– ning juda katta qiymatlarida zarralar magnit
maydonlarining fluktuasiyalarini deyarli sezmaydi. R
l
R
b
bo’lganda zarralarning
harakati diffuzion xarakterga ega bo’ladi. Kuzatishlarni ko’rsatishicha,
takrorlanuvchi oqimlar va sektorli strukturalar birjinslimaslarini keng (1-0,1 a.b.)
dan, eng kichik, muhit xususiyatlarini 1s
-1
chastota bilan o’zgarishlariga olib
keluvchi spektrlari mavjud. Natijada energiyasi 100 ev dan 100 Gev gacha bo’lgan
zarralar harakatini og’ishlari hosil bo’ladi.
Harakatdagi magnit maydon birjinslimaslari nafaqat zarralarni sochadi, balki
ularni tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi. Birjinslimaslarni paydo bo’lish chastotasi
Quyosh aktivligi bilan korrelyasiyada bo’ladi. Shuning
uchun Quyosh aktivligi
katta bo’lgan yillarda Quyoshning kosmik zarralarga ta’siri oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: