Avloniy, a bdulla. Turkiy guliston yoxud axloq (Matn) / A. Avloniy/ Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. 96 Abdulla Avloniy merosining shoh asari sanalgan «Tur- kiy guliston yoxud axloq»



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana13.07.2022
Hajmi1,34 Mb.
#785316
1   2   3   4
Bog'liq
xrpt 7b3jd6ldi5vh1myrxymzf5glgz3fcgi0hbil7upeocmfobxcza3650gbz9g2fp1ns92otgu0i8e

YAXSHI XULQ, YOMON XULQ
Axloq ulamosi insonlaming xulqlarini ikkiga bo‘l- 
mishlar Agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlami qilurga 
odat qilsa, yaxshilikg‘a tavsif bo‘lub, “yaxshi xulq” agar 
tarbiyatsiz o‘sub, yomon ishlaydurgan bo‘lub ketsa, yo- 
monliqg‘a tavsif bo‘lub “yomon xulq” deb atalur. Janobi 
Haq insonlaming asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yax- 
shi ila yomonni, foyda ila zarami, oq ila qorani ayiradurgan 
qilub yaratmishdur. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamo- 
lga yetkurmak tarbiya ila bo‘ladur. “Qush uyasinda ko‘rg- 
anin qiladur”. Inson javhari qobildur. Agar yaxshi tarbiya 
topib, buzuq xulqlardan saqlanub, go‘zal xulqlarga odat- 
lanub katta bo‘lsa, har kim qoshida maqbul, baxtiyor bir 
inson bo‘lub chiqar. Agar tarbiyatsiz, axloqi buzulub o‘ssa, 
Allohdan qo‘rqmaydurgan, shariatga amal qilmaydurgan, 
nasihatni qulog‘iga olmaydurgan, har xil buzuq ishlami 
qiladurgan, nodon, johil bir rasvoyi olam bo‘lub qolur.
Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: “Imoni 
komil bo‘lgan kishilar yaxshi xulqli bo‘lurlar, sizning eng 
yaxshilaringiz xotunlariga yaxshilik qilganlaringizdur”, -
demishlar.


Xudoning rahmat-u fayzi hama insonga yaksardur,
Va lekin tarbiyat birla yetushmak sharti akbardur.
Tug ‘ub tashlov-la bo ‘Imas bola, bo ‘Ig ‘ay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bo ‘lur ul rahnamo sizga.
Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo ‘lur olim,
Buzulsa xulqi, Luqmon o ‘g ‘li bo ‘Isa, bo ‘lusi zolim.
Yomonlarga qo ‘shuldi Nuhning o ‘g ‘li, o ‘Idi beimon,
Yurudi K ahfiti xublar-la bo ‘Idi oti inson.
TARBIYA
Tarbiya - “Pedagogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fani 
demakdur.
Ilmi axloqning asosi tarbiya o‘ldug‘mdan shul xususda 
bir oz so‘z so‘ylaymiz. Bolaning salomati va saodati uchun 
yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan 
maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlami o‘rgatmak, yomon 
xulqlardan saqlab o‘sdurmakdur. Tarbiya qilguvchilar tabib 
kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan 
kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga “yaxshi 
xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan 
berub, katta qilmog‘i lozimdur.
Zeroki, “Hassin-u axloqiko‘m” amri sharifi uzra xul- 
qimizni tuzatmakg‘a amr o‘linganmiz. Lekin xulqimizning 
yaxshi bo‘lishining asosiy panjasi tarbiyadur.
Axloqimizning binosining go‘zal va chiroyli bo‘lishiga 
tarbiyaning zo‘r ta’siri bordur, ba’zilar “tarbiyaning axloq- 
qa ta’siri yo‘q, insonlar asl yaratilishida qanday bo‘lsalar, 
shunday o‘sarlar, tabiat o‘zgarmas”, - demishlar.
Yomon xo ‘ tuzalmaydi darmon ila,
Ipak o ‘Imas ip, rangi alvon ila.
Boqing, bir daraxt mevasidur yomon,


Bo ‘luryaxshi payvand, parvo bilan.
Bilur har kishi aslini rangidan,
Va yokim ulangandagi zangidan ”.
Lekin bu so‘z to‘g‘ri emasdur. Chunki tarbiyaning 
axloqga, albatta, ta’siri bo‘ladur. Oramizda masal borki, “sut 
ila kirgan, jon ila chiqar”, mana bu so‘z to‘g‘ridur. Rasuli 
akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afan- 
dimiz: “Beshikdan to mozorga borguncha ilm o‘rgan”, - de- 
mishlar. Bu hadisi sharifning ma’nosi bizlarga dalildur. Hu- 
kamolardan biri: - “Har bir millatning saodati, davlatlaming 
tinch va rohati yoshlaming yaxshi tarbiyasiga bog‘lidur”, 
- demish. Shariati islomiyada o‘z bolalarini yaxshilab tar- 
biya qilmak otalarga farzi ayn, o‘z millatining yetim qolgan 
bolalarini tarbiya qihnak farzi kifoyadur. Payg‘ambarimiz: 
“Bolalaiingizni yetti yoshida namozga o‘rgatingiz. Agar o‘n 
yoshida o‘qimasa uringiz”, - demishlar.
Har kishining dunyoda oromi jo ni tarbiyat,
Balki oxirida erur dorulamoni tarbiyat.
Tarbiyat hamroh etadur hur ila ruzvonlara,
Gar desam bo ‘Imas xato jannat makoni tarbiyat.
Ey, Otalarl Jonlaringizdan suchuk farzandingiz,
G ‘ayrat aylang o ‘tmasun vaqt-zamoni tarbiyat.
Moyai zilli xumodur tarbiyatning soyasi,
Bizda anqo tuxmidekyo ‘q oshyoni tarbiyat.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish