Avloniy, a bdulla. Turkiy guliston yoxud axloq (Matn) / A. Avloniy/ Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. 96 Abdulla Avloniy merosining shoh asari sanalgan «Tur- kiy guliston yoxud axloq»



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana13.07.2022
Hajmi1,34 Mb.
#785316
  1   2   3   4
Bog'liq
xrpt 7b3jd6ldi5vh1myrxymzf5glgz3fcgi0hbil7upeocmfobxcza3650gbz9g2fp1ns92otgu0i8e






UO‘K 94(5) 
KBK 63.3(5) 
A 2 2
Avloniy, A bdulla.
Turkiy guliston yoxud axloq (Matn) / A. Avloniy/ - Toshkent:
Yoshlar nashriyot uyi, 2018. - 96 6.
Abdulla Avloniy merosining shoh asari sanalgan «Tur-
kiy guliston yoxud axloq» asari bolib, unda inson uchun
muhim bolgan jamiki axloq-odob meyorlari, talim-tarbiya
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu asar ikki guruhga ajratilib, «yaxshi xulqlar» deb
nomlagan qismiga 33 maqolat, «yomon xulqlar» qismiga
esa 21 ta maqolat jamlangan. Hayotiy rivoyatlar asosida
Avloniy tarbiya va ta’lim bir-biri bilan uzviy bogliqligini,
tarbiya avvalo o‘qitish bilan amalga oshirilishini asar maz-
muniga singdirib yuborgan.
UO‘K 94(5)
KBK 63.3(5)
ISBN 978-9943-5318-1-9
© Yoshlar nashriyot uyi.
2018


SO‘ZBOSHI 0 ‘RNIDA
XEX asming ikkmchi yarmi XX asming boshlarida 
Turkiston (Markaziy Osiyo) o‘lkasida pedagogik fikrlaming 
rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda ilg‘or 
ziyolilaming xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyoti- 
ning yirik vakili shoir, dramaturg, muallim Abdulla Avloniy 
(1878-1934)ning xizmatlari ko‘p. U maktablar ochib, shax- 
san o‘zi muallimlik qilish bilan birga maktablami darsliklar 
bilan ta’minlash ishiga katta hissa qo‘shdi. Uning qalamiga 
mansub “Turkiy Guliston yoxud axloq”, “Birinchi muallim”, 
“Dddnchi muallim”, “Maktab Gulistoni” asarlari bir necha 
bor nashr etildi. Bular ichida “Turkiy Guliston yoxud axloq” 
asari o‘zbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hi- 
soblanadi. Abdulla Avloniy mazkur asami fors klassik shoiri 
shayx Muslihiddin Sa’diy (1184-1310)ning “Guliston” asa- 
ridan ta’sirlanib, unga taqlid qilib yozganligi haqida shunday 
deydi: “Ban bu asari nochizonami bir necha muallim birodar- 
larimning iltijolari ila yozmoq va nashr qilmoqg‘a g‘ayrat 
va jasorat qilmish edim. Alhamdu lilloh val minna ikkinchi 
tab’ihada muvaffaq o‘ldum, chunki Turkiston maktablarida 
o‘z shevamizda (o‘zbek tilida demoqchi) yozilmish mukam- 
mal “Axloq” kitobining shunday asarga tashna va muhtoj 
ekanlig‘i o‘zum muallimlar jumlasidan o‘ldig‘imdan manga 
ham ochiq ma’lum o‘ldi. Shuning uchun ko‘p vaqtlar tajriba 
so‘ngidan adibi muhtaram shayx Sa’diy usulida yozmoqni, 
garchi og‘ir ish bol’sa ham, o‘zimga muqaddas bir vazifa 
ado qilaroq bu kamchilikni oradan ko‘tarmakni munosib 
ko‘rdim”. Demak, aytish mumkinki, “Turkiy Guliston yoxud 
axloq” Sa’diyning “Guliston” asari usulida o‘zbek tilida 
yozilgan axloq kitobidir.


Abdulla Avlomyning mazkur asari 1913-yilda Toshkent- 
da Ilin bosmaxonasida litografik (toshbosma) usulida nashr 
etildi. Asar bunday darslikka bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib 
1917-yilda ikkinchi marta chop qilindi. Har ikki nashr ham 
hajm jihatidan bir-biridan farq qilmaydi. Faqat birinchisi ko- 
tib Abdusalom Abdurahmon o‘g‘li, ikkinchisi kotib Abdul 
Mannon ibni Abdul Majid (o‘zbek milliy teatrining mashhur 
aktyori Mannon Uyg‘ur Majidov) dastxatidir.
“Turkiy Guliston yoxud axloq”ning uchinchi nashrini 
1967-yili “0 ‘qituvchi” nashriyoti amalga oshirdi. Bunda 
asarda uchragan diniy iboralar, hadisdan olingan hikmatlar 
davr talabiga ko‘ra tushirib qoldirildi. Asami “0 ‘qituvchi” 
nashriyoti 1992-yil asli nusxa yozuvida (arab yozuvi aso- 
sidagi o‘zbek yozuvida) va rus alifbosi asosidagi o‘zbek 
yozuviga o‘girilgan matni bilan birga, shuningdek, qiyin 
so‘zlar lug‘ati ilova qilingan holda bosib chiqardi.
“Turkiy Guliston yoxud axloq”ning qo‘lingizdagi 
beshinchi nashri sobiq nashrlar ichida eng mukammalidir. 
Bunda kotib Mannon Uyg‘ur dastxati matnining faksime- 
li, lotin yozuvi asosidagi yangi o‘zbek yozuviga o‘girilgan 
matni, qiyin so‘zlar lug‘ati berilgan. Bimdan tashqari Ab- 
dulla Avloniyning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” 
“Maktab Gulistoni” asarlaridan tanlangan hikoya, she’rlari 
ham ilova qilindi.
Kitobni nashrga tayyorlashda iqtidorli shogirdlarimiz 
Tavakkalova Dilnoza va Boboxonova Feruzalaming xiz- 
matlari bor. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljal- 
langan ma’rifat darsligidir. Uning yoshlaming axloqiy 
tarbiyasida katta ahamiyatga ega ekanligiga ishonchimiz 
komildir. Nashr haqida bildirilgan fikr-mulohazalar, istak- 
lar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
LatifXalilov



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish