Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish hamda tizimni takomillashtirish



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/153
Sana13.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#784707
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   153
Bog'liq
2 5197559303229150350

ADABIYOTLAR 
1.
Ohangaron suv omboridan foydalanish 
Boshqarmasining 
“O‘zsuv-
ta’mirfoydalanish” Respublika boshqarmasiga 2018 yil bo‘yicha topshirgan 
hisoboti.
2.
M-G. A. Kadirova. Daryo gidrouzellaridan foydalanish. TIMI. Toshkent 
2008 yil. 354 bet.
3.
Gapparov F. A., Sodiqov A., Narziev J. Suv omborlari ekspluatatsiyasi 
ishonchlilik elementlarini baholash // SANIIRI institutining 85yilligiga 
bag‘ishlangan ilmiy ishlar to‘plami. Toshkent - 2010 yil. 135 bet.
4.
Bimurzaev G. A. Ohangaron daryosining yuqori oqimidagi texnogen 
ta’sir tufayli zamonaviy ko‘chkilarning shakllanishi va rivojlanish mexanizmi // 
Geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (phd) dissertatsiyasi 
avtoreferati. Toshkent - 2020.
5.
Qodirov D.T., Matkarimov O. Ohangaron suv omboridan foydalanish 
sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari // “Suv xo‘jaligining zamonaviy 
muammolari”
 
mavzusidagi an’anaviy XVII
 
- yosh olimlar, magistrantlar va 
iqtidorli talabalarning ilmiy - amaliy anjumani maqolalar to‘plami. Toshkent.
12-13 aprel 2018 yil. B. 325-327.
* * * 


165 
YUQORI QAVATLI BINOLARNING YONG‘INGA QARSHI HIMOYASI 
 
Tulaganov Odil Abdukadirovich,
(Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi o‘qituvchisi), 
Mayusupov Yaxyo Muxammadsobirzoda, 
Parmonov Avazbek Dilshodovich 
(Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 5-kurs kursantlari)
 
er maydonlaridan oqilona foydalanish masalasini katta shaharlarning 
kapital qurilishi, obyektlarning hajmini kengaytirish va yuqori qavatli 
qurilishlarni barpo etish orqali hal etish imkonini beradi. Zamonaviy 
yuqori qavatli binolar uchun binoda insonlarning ommaviy bo‘lishi 
quyidagi yong‘in xavfi holatlarlari bilan o‘ziga xos hisoblanadi: binoning ko‘p 
tarmoqliligi (turli vazifalarni bajaruvchi xonalarning mavjudligi – do‘konlar, 
ustaxonalar, go‘zallik salonlari, atelyelar, omborxonalar va sh.k), yong‘in 
xavfining vujudga kelishi uchun qo‘shimcha manbalarning mavjudligi, binolarning 
sezilarli darajada balandligi va murakkab rejaviy tuzilishi, (ayniqsa davolash va 
o‘quv muassasalari, ma’muriy va mexmonxona uchun mo‘ljallangan binolar); 
shinamlik yaratish maqsadida qoplama materiallari, maishiy kimyoviy ashyolar, 
katta miqdordagi predmetlarning qo‘llanilishi natijasida yong‘in yuklamasining 
ortishi; maishiy elektr texnikalarning qo‘llanilishi hisobiga yong‘in manbalarining 
miqdori ortishi; bino bo‘ylab alanga va yonish mahsulotlarining tezkorlik bilan 
tarqalishi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan xavfli ta’sirlar nafaqat yong‘inlarning 
o‘chirilishini murakkablashtiradi, qolaversa yong‘in kelib chiqqan binodagi 
insonlarni evakuatsiyasini va qutqarilishini qiyinlashtiradi (ba’zi holllarda 
imkonsiz qoldiradi). Shu sababli ham ko‘rib chiqilayotgan binolarda sodir bo‘lgan 
yong‘inlar oqibatida ko‘p sonli insonlarning jarohatlanishi va o‘limiga sabab 
bo‘ladi, shuning uchun yong‘inlarni o‘z vaqtida aniqlash va insonlarning yuqori 
qavatli binolardan xavfsiz evakuatsiyasini amalga oshirish maqsadida tegishli 
hajmiy-rejaviy yechimlar bilan bir qatorda yong‘inga qarshi texnik himoya 
qurilmalarining qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki yong‘inga qarshi texnik himoya qurilmalari, 
hususan ishchan xabarlash tizimlari, avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalarining 
qo‘llanilishi yuqori qavatli binolardagi qurbonlarning sonini kamaytirishga xizmat 
qiladi. Shuningdek bino va inshootlardan foydalanish bo‘yicha tegishli xavfsizlik 
qoidalari hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi sodir bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish va sodir bo‘lganlarini tezkorlik bilan 
bartaraf etishi uchun zamin bo‘lib hisoblanadi. 
Yuqori qavatli binolardagi yong‘inga qarshi himoya tizimlarining prinsipial 
sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan. 
Yong‘inga qarshi himoya tizimlarini tashkil etuvchi qurilmalar – issiqlik 
yong‘in xabarlovchilari va tutunli yong‘in xabarlovchilari, tutunga qarshi himoya 
tizimi, Avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi, markaziy dispetcherlik punkti. 
Avtomatik yong‘in xabarlovchilari yoki qo‘lda ishga tushiriluvchi yong‘in 



166 
xabarlovchilari o‘rnatilgan hududda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inning 
u yoki bu alomatlari (yuqori harorat, tutun, yonish mahsulotlari) haqida signal 
vujudga kelganida markaziy dispetcherlik punktidagi boshqaruv qurilmasi kelib 
tushgan signallarni ishga tushiruvchi ta’sirga o‘zgartirib, tashvish signalining 
haqiqiy ekanligi tekshiriladi, yong‘in xavfsizligi xizmatiga qo‘ng‘iroq qilinadi 
Insonlrni xabardor qilish va evakuatsiyani boshqarish, tutunga qarshi himoya 
tizimi va avtomatik yong‘in o‘chirish tizimini ishga tushiriladi. [3, 106-b] 
Yuqori qavatli binolardagi, shu qatorda odamlar ommaviy yig‘iladigan 
binolardagi avtomatik yong‘indan xabarlash tizimlarining texnik vositalari 
faqatgina yong‘inni aniqlash va u haqida xabar berish vazifasini bajarishi, 
shuningdek yong‘in o‘chirish, tutunga qarshi himoya, insonlarni xabardor qilish va 
evakuatsiyani boshqarish tizimlarini ishga tushirish uchun qo‘llaniladi.
Yong‘in sodir bo‘lishi natijasida haroratning sezilarli darajada o‘sishi 
kuzatiladigan xonalar (yashash uylarining koridorlari, ustaxonalar, yechinish 
xonalari, omborxonalar va shu kabilar) uchun issiqliq yong‘in xabarlovchilari 
qo‘llaniladi. Evakuatsiya yo‘llarini himoyalash (koridorlar, lift xollari, zina 
kataklari), shuningdek ma’muriy binolar, ofislar, mexmonxona nomerlari, 
ko‘rgazma va tomosha zallari va shu kabi xonalarni tutunli yong‘in xabarlovchilari 
yordamida amalga oshiriladi.
Yong‘indan xabarlash tizimlarining apparatlari yoki himoyalanayotgan 
binoning (yirik mehmonxonalar, ma’muriy va yashash uchun mo‘ljallangan 
binolar, yirik univermaglar, muzeylar, sport komplekslari) markaziy dispetcherlik 
punktida, yoki doimiy ravishda navbatchi hodimlar bo‘ladigan xonalarga 
o‘rnatiladi. [2, 46-b.] 
Avtomatik yong‘in xabarlovchilari barcha xonalarga himoya talab 
etilmaydigan xonalardan tashqari o‘rnatilishi kerak. Avtomatik yong‘indan 
xabarlash tizimlarining elementlari avtomatik tarzda tizimning ishchanligini 
tekshirish va nosozlik haqida tasdiqlovchi ma’lumotlarni yong‘inga qarshi himoya 
tizimining markaziy boshqaruv pultiga uzatishi kerak. Nosozlik haqida ma’lumot 
olinganidan so‘ng 2 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt oralig‘ida yong‘indan xabarlash 
tizimlarining elementlari tashkiliy va texnik chora tadbirlar natijasida ishchan 
holatga keltirilishi kerak. Bir yoki bir nechta xonalarning aloqa liniyalari 


167 
shikastlangan taqdirda, boshqa xonalarning aloqa liniyalariga ta’sir ko‘rsatmasligi 
kerak. 
Yong‘in haqida insonlarni xabardor qilish va ularning evakuatsiya qilinishini 
ta’minlash tizimlari asosan insonlar ommaviy yig‘iladigan binolarda qo‘llaniladi. 
Ular binoning ichidagi odamlarga yong‘in haqida xabar berish va ularning 
evakuatsiyasini maxsus yorug‘lik, tovushli shuningdek nutqli signallar yordamida 
boshqarish uchun mo‘ljallangan. 
Tizim uzatuvchi jihozlar maxsus radiokarnayli radioeshittirish tarmog‘i va 
avvaldan yozib olingan matnlar bilan magnitofonlar, shuningdek xabarlash 
tizimlari ishga tushganida yonuvchi yorug‘lik ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. 
Xabar berish matni har bir qavat uchun ishlab chiqilgan evakuatsiya rejasiga 
muvofiq bo‘lishi lozim.
Yirik (ko‘p qavatli, ko‘pseksiyali) binolarda hududiy xabar berish va 
evakuatsiyani boshqarish tizimlarini nazarda tutish maqsadga muvofiq bo‘lib 
hisoblanadi. Bu holda birinchi navbatda – yong‘in vujudga kelgan qavatdan yuqori 
qavatdagi insonlar, keyingi navbatda – pastki qavatdagi insonlar xabardor qilinishi 
maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanadi. Tungi vaqtdagi yong‘in holatida insonlarni 
xabardor qilish va evakuatsiyani boshqarish texnik vositalarini tanlash va ulardan 
foydalanishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Shu maqsadda mehmonxonalar, kasalxonalar, sanatoriyalar va shunga 
o‘xshash binolarda birinchi navbatda insonlarni uyg‘otish maqsadida ovozli 
xabarlarning uzatilishi nazarda tutiladi. Shundan so‘ng “DIQQAT” signali radio 
yoki yorug‘lik tablolarining yoqilishi orqali uzatiladi va nutqli xabar uzatiladi.
Xabarlash tizimini boshqarish radiouzel xonasidan va obyektning 
dispetcherlik xonasidan yoki navbatchi hodimlar kunu-tun bo‘ladigan boshqa 
joydan bo‘lishi kerak. Radiouzelda avvaldan xabar matniga muvofiq ovoz yozilgan 
holda bo‘lishi kerak. Xabar matni uzluksiz 20-30 soniya oralig‘ida uzatilishi kerak. 
Xabar berish ovozining matni hotirjam, bir maromda va aniq talaffuz bilan bo‘lishi 
kerak.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, yuqori qavatli binolarning funksional 
vazifalaridan kelib chiqqan holda, yong‘inga qarshi himoya vositalari bilan 
ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Aynan yong‘inga qarshi himoya 
tizimlarining tezkor ishlashi insonlar va moddiy tovar boyliklarining xavfsizligini 
ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. 

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish